Moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#147564
  1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladigan soliqlar ustidan (2)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
______________________________ FANIDAN



MUSTAQIL ISH
MAVZU:


___________________________________________________

Guruh: _________________
Bajardi: _________________
Qabul qildi: _________________
Toshkent – 2023

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladigan soliqlar ustidan nazoratni soliq organlari amalga oshiradi



Reja
  1. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.

  2. Jismoniy shaxslar to’laydigan to‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi ahamiyati.

  3. Jlllllismoniy shaxslar tulaydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchilar faoliyatiga oid dasturiy mahsullarni mohiyati va ahamiyati




  1. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar va ularni guruhlarga ajratilishi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda ularning tuzilish tamoyillari, usullari, soliq nazoratining yig‘indisi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar tizimini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadidan olinadi. Ular to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar asosan budjetga naqd pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol- mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar. Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burshlariga ega bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya’ni
fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
Soliq tizimining asosi bo‘lgan soliqlar o‘ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob’ektiga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo‘lishiga (sub’ektiga), byudjetga yo‘naltirilishiga va boshqa belgilariga ko‘ra ularning tasniflanishidir.
Soliqlarni bunday tartibda guruhlarga ajratishdan maqsad ularni taqsimlash tamoyillarini belgilashda, ularning soliq funktsiya va vazifalarini qay darajada bajarayotganligini baholashda, umuman olganda davlat budjetini doimiy ravishda va muntazam daromadlar bilan ta’minlashda, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo‘ymasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun soliqlarning har tomonlama ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Tarixan soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to‘g‘ri va egri soliqlar guruhlariga bo‘linadi. Soliqlarni belgilaydigan va ulardan tushgan mablag‘ni tasarruf etishiga, ya’ni byudjetga o‘tkazish nuqtai-nazaridan soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi. Shuningdek, soliqlar paydo bo‘lish manbaiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. Soliqlarning qayd etilgan guruhlarga ajartib o‘rganishni alohida savol sifatida kengroq yoritishga harakat qilamiz.
Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning ayrim turlarini ko‘rib chiqamiz. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishni o‘rganishning ilmiy va amaliy uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab uch guruhga bo‘linadi:

  1. Oborotdan olinadigan soliqlar. Bunda soliqlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bevosita oborotidan undiriladi, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari, yig‘imlari va boshqalar kiradi.

  2. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Bunday soliqlar soliq to‘lovchi sub’ektlar tasarrufida mavjud bo‘lgan mol-mulkdan, erdan va boshqalarga nisbatan belgilanadigan soliqlardan iborat.

  3. Daromaddan olinadigan soliqlar. Bunga yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, jismoniy shaxslarning daromad solig‘i va boshqalar kiradi.

Mamlakatimizda amal qilayotgan soliqlarning ayrimlari koxonalar ho‘jalik faoliyatining oxirgi moliyaviy natijasidan byudjetga to‘lanadigan aksariyat soliqlar va majburiy to‘lovlar kelgusi davr xarajatlari orqali ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga qo‘shiladi (yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqalar). Shu o‘rinda soliqlarni guruhlashning asosi hisoblangan, ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga ta’sir etishiga qarab quyidagilarga ajratishimiz mukin:

  1. Tovar (ish, xizmat) lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Bunday soliqlarga asosan egri soliqlar kiradi, ya’ni qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq, bojxona bojlari.

  2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar: pensiya fondiga ajratmalar, kasaba uyushmalari federatsiyasiga ajratmalar, bandlik fondiga ajratmalar va boshqalar.

  3. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, ekologiya solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq va boshqalar.

  4. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar: foyda solig‘i, infratuzilmani rivojlantirish uchun soliq va boshqalar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti tizimida respublika budjeti asosiy o‘rinni egallaydi. U umumdavlat resurslarining bir qismini bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvshi va farmoyish beruvshi oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvni ta‘minlaydi. Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan, umuman olganda jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (xalq xo‘jaligi ahamiyatidagi qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, tashqi iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zahiralarini) mablag‘ bilan ta‘minlashga ishlatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini mahalliy budjetlar tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi ushun uning ixtiyorida moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab ehtiyojlarni to‘laroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan muvofiqlashtirib borish imkonini beradi. Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy byudjet daromadlarining ko‘payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanish tadbirlarini amalga oshiradi. Joylarda iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish sur’atlari mahalliy xo‘jalik salohiyatini safarbar qilish, mablag‘larni tejab ishlatish bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli bajarilishini ta‘minlaydi. Mahalliy byudjetlar hisobidan uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish, maorif va sog‘liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalxonalar, maktabgasha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta‘minot sohasidagi tadbirlar mablag‘ bilan ta‘minlanadi.
Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi xususiyatidan hamda soliq tushumlarining yo‘nalishidan kelib shiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib shiqib, o‘z byudjetiga va uni ta‘minlaydigan manbalarga ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat ko‘lamida juda katta vazifalarni: mudofaa, xavfsizlikni saqlash, tartib intizom o‘rnatish, bozor infratuzilmasini yaratish, mehnatkashlarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator yumushlarni bajaradi. Shuning ushun uning byudjeti ham, soliqlari ham salmoqli bo‘lishi shart. Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yisha tegishli byudjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Mahalliy soliqlar - mahalliy hukumatlar bajaradigan vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy hukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo‘lganligidan ular ijtimoiy masalalarni: maktab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonshiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig‘imlar ularning byudjet xarajatlarining 30-40 foizini qoplaydi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko‘paytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Faqat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega bo‘lgan mahalliy hokimiyatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda har xil moliyaviy kamshiliklarga yo‘l qo‘yish ehtimoli bor.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu byudjetlarning daromad va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ansha murakkabdir.
Mulkchilik shaklidan qat‘iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yuridik va jismoniy shaxslar mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lovshilar bo‘lib hisoblanadilar.
Soliq to‘lovshi jismoniy shaxslarning byudjetda tutgan salmog‘i hozirda 25 foizni tashkil etmoqda. Jismoniy shaxslar umumdavlat va mahalliy soliqlarni to‘laydilar. Bu soliqlarni hisoblab shiqarish va to‘lash tartiblari O‘zR Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda, jismoniy shaxslar o‘z daromadlaridan, mol- mulkidan va egallab turgan yerlaridan turli xil soliqlar hamda yig‘imlar to‘laydilar. Jismoniy shaxsning huquq layoqati-bu fuqarolik huquqlari, burshlariga ega bo‘lishi tushuniladi. Yuridik me’yorlarga muvofiq bu layoqat 18 - yoshda, ya‘ni
fuqaro balog‘at yoshiga yetganda yuzaga keladi (F.K. - 22 modda).
Soliqlar va yig‘imlar yordamida davlat ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlikning ustivor turlarini rag‘batlantirish orqali eng zarur ijtimoiy muammolarni hal qilish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar ikki turga:

  • umumdavlat soliqlari;

  • mahalliy soliqlarga bo‘linadi.

Jismoniy shaxslar umumdavlat soliqlaridan quyidagilarni to‘laydilar:

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I;

  • qat’iy soliq;

  • suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq.

Jismoniy shaxslar mahalliy soliqlardan quyidagilarni to‘laydilar:

  • yer solig‘i;

  • mol-mulk solig‘i;

  • transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va suyultirilgan gaz ishlatganlik ushun soliq;

Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromad solig‘i.
Jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlari va boshqa daromadlari progressiv (tabaqalashtirilgan) stavkalarda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan daromadlar tarkibiga:
-mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar;
-mulkiy daromadlar;
-moddiy naf tarzidagi daromadlar;
-boshqa daromadlar kiradi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə