Moliya instituti sirtqi fakultet


Amaldagi soliq kodeksiga ko’ra soliq to’lovchilar ko’yidagi huquqlarga



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə6/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#147564
1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladigan soliqlar ustidan (2)

Amaldagi soliq kodeksiga ko’ra soliq to’lovchilar ko’yidagi huquqlarga egadirlar:

  • soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo’yicha axborot va maslahatlar olish.

Soliq to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar o’zlari ro’yxatdan o’tgan quyi Davlat soliq xizmati organlariga borib, byudjet oldidagi o’z majburiyatlarini xatolarsiz bajarish maqsadida tegishli axborotlarni yoki maslaxatlarni bepul olish imkoniyatlariga ega.

  • Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish.

Soliq to’lovchilar nafaqat Soliq kodeksida balki, Vazirlar Mahkamasining yoki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qaror va Farmonlarida ko’zda tutilgan imtiyozlardan ham foydalanish huquqlariga egadirlar
Budjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasini qaytarish to’g’risida yozma ariza bilan murojaat qilish.
Amaliyotda shunday holatlar uchraydiki, gohida soliq to’lovchilarning o’zlari, gohida esa soliq idoralarining ongli xarakatlari tufayli soliqlar va yig’imlardan ortiqcha to’lovlarni undirish amalga oshiriladi, ayniqsa, chorak yakuni yoki moliyaviy yil yakunlanayotgan vaqtda ayrim soliq turlaridan prognoz- rejalarni bajarish maqsadida korxonalarning bankdagi xisob raqamlaridan inkassa topshiriqnomasi orqali qonunchilikka zid ravishda majburiy undirish holatlari ko’p uchrashi mumkin. Budjetga ortiqcha undirilgan soliqlar 30 ish kun muddat ichida soliq to’lovchilarga qaytarilishi yoki boshqa soliqlar va yig’imlardan qarzi mavjud bo’lgan holda o’sha qarzni qoplash imkoniyati paydo bo’ladi.

  • Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha byudjet oldidagi o’z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishish.

Ushbu bandga muvofiq soliq to’lovchilar quyi soliq idoralariga berilgan soliq turlari bo’yicha belgilangan prognoz - reja va shu kabi xo’jalik va moliyaviy faoliyatlariga tegishli bo’lgan soliqqa tortish masalalari bo’yicha ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatlariga egadirlar.

  • Soliq organlari o’tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo’lgan taqdirda soliq organiga o’zining yozma e’tirozlarini o’n kunlik muddat ichida taqdim etish.

Soliq to’lovchilar faoliyati soliq organlari tomonidan tekshirilganda aniqlangan xato va kamchiliklar, qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar, hisoblangan moliyaviy jarimalar to’g’risida tuzilgan dalolatnoma korxona mansabdor shaxslariga (bosh hisobchisiga) tanishtirilishi shart. Tekshirish natijalarini korxona rahbariyati noxaq deb hisoblashi hamda e’tiroz bildirishi ham mumkin. Bunday holatda, soliq to’lovchi soliq idorasi rahbariyati nomiga yoxud yuqori soliq idoralariga yozma murojaat qilishlari mumkin. Soliq idoralarida ekspert komissiyasi tuzilgan bo’lib, ushbu komissiya tomonidan soliq to’lovchilarning yozma e’tirozlari bir oy muddat ichida ko’rib chiqiladi va natijasi arizachiga bildiriladi. Bunday holatda tekshirish natijasida soliq to’lovchiga nisbatan qo’shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda moliyaviy jarimalarni byudjetga undirish to’xtatilmaydi.

  • Soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining hatti- harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish.

Soliq organlari o’zlariga berilgan vakolot doiralarida qabul qilgan qarorlari ayrim hollarda soliq to’lovchilarning e’tirozlarini keltirib chiqarishi mumkin yoki ular mansabdor shaxslarining xatti-xarakatlarini soliq to’lovchi qonunga zid deb hisoblashlari va ularga barham berish maqsadida yuqori soliq organlari(Davlat soliq boshqarmasi, Davlat soliq qo’mitasi)ga yoxud sudga shikoyat bilan da’vo qilishlari mumkin. Bunday holat amaliyotda ba’zida uchrab turadi.

  • Soliq solish ob’ektini hisobga olishda, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lashda o’zlari yo’l qo’ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.

Soliq to’lovchilar soliq hisob-kitobini quyi soliq idoralariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda topshirgandan so’ng, xato va kamchiliklarni aniqlashsa uni qayta tuzatib darhol soliq idoralariga qayta soliq hisob-kitoblarini topshirishlari lozim bo’ladi. Aks holda, qonun oldida javob berishga to’g’ri keladi.
Soliq to’lovchilar Soliq kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishlari mumkin.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə