Moliya instituti sirtqi fakultet


-jadval Davlat budjeti daromadlari tarkibida yer solig‘ining dinamikasi



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə3/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#147564
1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladigan soliqlar ustidan (2)

2.2-jadval Davlat budjeti daromadlari tarkibida yer solig‘ining dinamikasi2
(mlrd. so‘mda)




Ko‘rsatkichlar



2017 yil



2018 yil



2019 yil



2020 yil

Summa

%

Summa

%

Summa

%

Summa

%

Davlat budjetining jami soliqli daromadlari (maqsadli jamg‘armalarsiz)


30160,8


100


36184,9


100


40505,8


100


44469,6


100

Yer solig‘i

665,2

2,2

929,6

2,6

873,5

2,1

1102,5

2,5

Yer ushastkasi jismoniy shaxsga ajratilgandan so‘ng yerning sifati soliq to‘lovshi jismoniy shaxsning aybi bilan yomonlashganda soliq yil boshida belgilangan (ya‘ni yer ajratilgan davrdagi) stavka bilan hisoblab shiqariladi va undiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i - jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq to‘lovshilarning hisobi davlat soliq xizmati organlari har bir yilning 1 yanvardagi holati bo‘yisha davlat kommunal xo‘jalik organlari (texnik inventarlash byurolari (BTI))da mavjud bo‘lgan imoratlar va mol-mulk egalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga binoan amalga oshiriladi.
Mulkshiligida soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lovshilar hisoblanadi.



Davlat budjeti daromadlari tarkibida mol-mulk solig‘ining dinamikasi3
2.3-jadval
(mlrd. so‘mda)





Ko‘rsatkichlar


2017-yil


2018-yil


2019- yil


2020 yil

Summa

%

Summa

%

Summa

%

Summa

%

Davlat budjetining jami soliqli daromadlari (maqsadli
jamg‘armalarsiz)


30160,8


100


36184,9


100


40505,8


100


44469,6


100

Mol-mulk solig‘i

1135

3,8

1716,7

4,7

1874

4,6

1988,8

4,5

Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, umumiy tushumga nisbatan mol-mulk solig‘ining salmog‘i 2017 yilda 3,8 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda 4,7% ni, 2019 yilda 4,6 % ni ko‘rsatib turibdi. Bu ko‘rsatkich esa 2020 yilga kelib 4,5 % ni tashkil qilgan.


Budjet daromadlarida mol-mulk solig‘ining salmog‘ini tahlil qilganimizda ushbu soliqning har yili absolyut summada o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Bu holatga mol-mulklar inventarizatsiya baholarining indeksatsiya qilinayotgani va qo‘shimsha soliqqa tortiladigan mol-mulk ob’ektlarining hisobga olinayotganligi sabab bo‘lmoqda.

  1. Jismoniy shaxslar to’laydigan to‘g‘ri va egri soliqlarning tarkibi va ularning budjet daromadlaridagi ahamiyati.

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar bevosita va bilvosita soliqlarga bo’linadi. Bevosita soliqlarni to’g’ridan-to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqni huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. To’g’ri soliq yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu erda bo’lmaydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to’lanadigan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.
Bevosita soliqlardan to’g’ridan - to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi va oxir-oqibatda mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog’liqdir.
Bilvosita soliqlarni huquqiy to’lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og’irligini haqiqatdan ham byudjetga to’lovchilari tovar (ish, xizmat)ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni bilvosita soliqlarning barchasi bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo’shimcha ravishda qo’yiladi.
Bilvosita soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo’lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi. Bilvosita soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga to’g’ridan - to’g’ri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi ilmiy asoslanmasdan oshirib yuborilsa bunday holatda korxonalar o’z tovarlarini sotish qiyinchiligiga duch kelishlari mumkin.
Jahon soliq amaliyotida Davlat byudjeti daromadlari tarkibida to’g’ri va bilvosita soliqlarning nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish mumkin. Masalan, AQShda byudjet daromadlari tarkibida bevosita soliqlar salmog’ining 90 foizga yaqin bo’lishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Quyidagi 1-jadvalda O’zbekiston Respublikasi byudjet amaliyotida bevosita soliqlarning tarkibi va undagi o’zgarishlar ko’rib chiqilgan.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə