Moliya instituti sirtqi fakultet



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#147564
1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy shaxslarning daromadlaridan undiriladigan soliqlar ustidan (2)

2.5-jadval
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari tarkibida bilvosita soliqlarning o’rni5 (foizda)




Ko’rsatkichlar

Yillar

2018 yilda
2012 yilga nisbatan o’zgarishi,
punktda

2012

2013

2017

2018

2019

2020

2018(reja)

1.

Davlat budjeti daromadlari – jami
Shu jumladan:

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

X




bilvosita soliqlar

49.5

53.1

53.5

52.9

55.1

54.6

53,7

4,2

Mazkur tendentsiyaning mavjudligi davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi holati nuqtai-nazaridan ijobiy hisoblanadi. Buning sababi shundaki, qo’shilgan qiymat solig’i va aktsiz solig’i iqtisodiy kon’yunkturaning o’zgarishlariga bevosita bog’liq bo’lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va bilvosita soliqlar bo’yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.


O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarini o’sish tendentsiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i kabi barqaror daromad manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi yuqori salmog’ini ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va bilvosita soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.
Yevropa mamlakatlarida bilvosita soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida bilvosita soliqlarning salmog’i 40 foizdan yuqori bo’lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko’rsatkich 50 foizdan yuqori bo’lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko’rsatkich 25-30 foizni tashkil qiladi. 6

  1. Jismoniy shaxslar tulaydigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hamda soliq xizmati organlarida soliq to’lovchilar faoliyatiga oid dasturiy mahsullarni mohiyati va ahamiyati.

O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetiga to’lanadigan soliqlar va yig’imlarning hal qiluvchi asosiy qismini yuridik shaxslarning soliqlari va boshqa majburiy to’lovlari tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs maqomini olmagan shaxslardir. Bunday shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo’lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari kiradi. O’zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga binoan soliqqa tortish maqsadida soliq to’lovchilar yuridik va jismoniy shaxslarga bo’lingan. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarning xususiyati shundan iboratki, soliq jismoniy shaxsning to’g’ridan - to’g’ri o’z daromadidan olinadi. Ular to’laydigan soliqlar va yig’imlar asosan byudjetga naqd pul to’lash yo’li bilan o’tkaziladi (1- chizma).

Jismoniy shaxslar davlat byudjetiga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’laydi:



  • jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq;

  • mol-mulk solig’i;

  • yer solig’i;

  • transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganligi uchun

soliq;

  • jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanganda daromadiga

o’rnatilgan qat’iy stavkadagi soliq;

  • qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliqlar va majburiy to’lovlar.

«Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni va ularning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli yaratilishining asosiy maqsadlari:


«Soliq to’lovchi jismoniy shaxslarni va ularning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy mahsuli soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning ro’yxat ma’lumotlarini yig’ish va uzatish, markazlashgan holda STIR berish va soliq to’lovchi jismoniy shaxslarning reyestrini yuritish uchun mo’ljallangan.
Dasturiy mahsul yaratilishining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • Mol-mulk, yer va yakka tartibdagi soliq to’lovchi jismoniy shaxslar to’g’risida (yashash manzili, soliq to’lov ob’ekti, davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi va hokazo) to’liq ma’lumotlar bazasini yaratish;

  • Mol-mulk va yer solig’i to’lovchi jismoniy shaxslarni to’liq hisobga olishni, soliqlarni hisoblanishi va budjetga o’z vaqtida to’liq undirilishini nazorat qilish;

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig’idan, pensiya badallaridan hisoblangan va to’langan to’lovlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish va nazoratini olib borish;

  • Uchastka soliq inspektorlarining ish samaradorligini oshirish, ro’yxatga olish bilan bog’liq bo’lgan va o’z hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlari bo’yicha dasturiy mahsulda coliq to’lovchilarning ro’yxatini olib, nazorat ishlarini amalga oshirish;

  • DSIlarda shakllantirilgan ma’lumotlar bazasini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlari, er resurslari va davlat kadastri bo’limlari, Harbiy komissariyatlar, hokimiyatlar huzuridagi ro’yxatga olish organlari, fuqarolik holatlariga dalolatnoma yozish bo’limlari (FHDYo), notarial idoralaridagi mavjud ma’lumotlar bilan doimiy bir xil bo’lishiga erishish.

O’zbekiston Respublikasida soliq tizimining huquqiy asoslari, soliq to’lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to’g’risida”gi qonuni va shu kabi bevosita soliqqa oid qonun hujjatlari orqali tartibga solib turiladi.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o’rin olgan normalari soliq kodeksiga muvofiq bo’lishi lozim. Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki nazarda tutilgan bo’lsa, unda xalqaro shartnoma qoidalarida belgilangan shartlar amalda qo’llaniladi.
Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.
Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablag’larining O’zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo’lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo’yishi yoxud soliq to’lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo’yishi yoki unga g’ov bo’lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta ijtimoiy adolat printsiplariga rioya etilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar O’zbekiston Respublikasining pul birligi-so’mda hisoblab chiqariladi.

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə