6-mavzu. Soliq idoralarida soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobining yuritilishi



Yüklə 231,54 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü231,54 Kb.
#139744
  1   2   3   4   5
6-mavzu. SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBINING YURITILISHI


6-mavzu. SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBINING YURITILISHI
6.1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
6.2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va to‘lovlar hisobini yuritish
6.3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va to‘lovlar hisobini yuritish
6.4. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va javobgarlik
6.1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi 51-moddasi va Soliq Kodeksining 8-moddalariga asosan mamlakatimizda soliqlar va qonun bilan belgilangan boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyligi qat’iy ravishda belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) soliq kodeksi 85moddasida belgilanganidek, o‘zlariga yuklatilgan soliq majburiyatlarini bajarish uchun davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatda turishlari shart. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgach, jismoniy shaxslar esa uchastka
davlat soliq inspektorlari tomonidan ro‘yxatga olingach Davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga turadi va uning zimmasiga qonun hujjatlariga binoan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq subyektlari va soliq organlari o‘rtasida huquqiy munosabatlar o‘rnatiladi.
Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo‘lishi, ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligini inobatga olib xodimlarning say-harakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy funksional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan.
Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari DSQ raisining 2012-yil 15-sentyabrdagi 350-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritish” tartibiga asosan yuritiladi.
Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Mehnat kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risidaˮgi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidaˮgi, “Byudjet tizimi to‘g‘risidaˮgi, “Fuqarolarning Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidaˮgi, “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan Pensiya ta’minoti to‘g‘risidaˮgi,
“Axborotlashtirish to‘g‘risidaˮgi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidaˮgi Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida byudjetga, byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa to‘lovlarning, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlarning tezkor hisobini yuritish, soliq organlarining funksional bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi tartibini belgilaydi.
Hududiy davlat soliq inspeksiyalarida soliq to‘lovchilarni hisobga olishni va ularning shaxsiy kartochkalarini elektron ko‘rinishda yuritish ishlari alohida bo‘lim tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarilishiga doir ayrim ma’lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida yuritiladi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasi (keyingi matnda “ShKˮ, deb yuritiladi) – Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli dasturiy mahsul orqali soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarilish hisobi yuritiladigan elektron shakldagi hujjatdir.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining 2020 yil 15-iyundagi 143-sonli buyrug’iga muvofiq, soliq to’lovchining shaxsiy kartasi «soliq to’lovchining shaxsiy hisobvarag’i » deb yuritilgan.
Unga muvofiq, soliq to’lovchining shaxsiy hisobvarag’ida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
Soliq to’lovchining idensifikatsion raqami;
Soliq to’lovchining qisqartirilgan nomi;
Soliqlar va yig’imlar turlari nomi;
Byudjet tasnifi asosida byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradigan soliqlar va yig’imlar shaxsiy g’azna hisobvaragi;
Soliq to’lovchining tashkiliy-huquqiy shakli;
Soliq to’lovchining yuqori tashkiloti;
Soliq to’lovchining yuridik manzili, holati va mavqei.

Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlar hisobi byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq tegishli
ShKlarda soliqlar va boshqa to‘lovlarning, shuningdek, penya va jarimalarning hisoblangan hamda to‘langan summalarini aks etgan holda yuritish uchun, to‘liq Davlat soliq qo‘mitasining Yuridik shaxslarga soliq solish va Jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmalari tomonidan soliqlar va boshqa to‘lovlar turi bo‘yicha amaldagi mavjud ShKlar yoki bank hisobvaraqlari ro‘yxati byudjet klassifikatsiyasi va soliq hisoboti shakllaridan kelib chiqib ochilishi yoki yopilishi bo‘yicha inventarizastiya qilib boriladi. Soliq qonunchiligiga kiritiladigan o‘zgartirishlar belgilangan tartibda qonuniy kuchga kirgandan so‘ng, 10 kun muddatda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning elementlari ko‘rsatilgan holda to‘liq DSQning Axborot - tahlil bosh boshqarmasiga rasman ma’lum qilib boriladi.
Soliqlar va boshqa to‘lovlar turi bo‘yicha ochilishi yoki yopilishi lozim bo‘lgan ShKlar yoki bank hisobvaraqlari bo‘yicha rasman berilgan ma’lumotga asosan dasturiy majmualarga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Axborot-tahlil bosh boshqarmasi tegishligicha Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markaziga buyurtma topshiriqlar beradi.
Davlat soliq xizmati organlarida ShK milliy valyuta – so‘mda yuritiladi. Qonun hujjatlariga asosan soliq hisobi chet el valyutasida yuritilishi belgilangan taqdirda, ShK chet el valyutasida hamda unga mos ravishda milliy valyutada yuritilishi mumkin.
ShKlarda quyidagi summalar aks ettiriladi:

  1. soliq to‘lovchining soliq hisobotiga, shu jumladan, aniqlashtirilgan soliq hisobotiga va tekshirishlar natijasida qo‘shimcha yoki kamaytirishga hisoblangan summalar;

  2. to‘langan (undirilgan) summalar;

  1. qaytarilgan yoki amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda soliqlar va

to‘lovlarning bir turidan boshqa turdagi soliq qarzi uchun hisobga olingan summalar;

  1. to‘lash muddati kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan)

to‘lovlar;

  1. hisobdan chiqarilgan va alohida hisobi yuritiladigan summalar;

  2. hisoblangan penya va boshqa moliyaviy sanksiyalar.

ShKni yuritish dasturiy mahsulida ma’lumotlar bazasiga belgilangan tarzda ma’lumotlar kiritiladi va to‘liqligicha saqlanishi ta’minlanib, noqonuniy foydalanishdan himoyalanadi.
ShKga ma’lumotlar asosan birlamchi hujjatlar yoki maxsus elektron raqamli imzo bilan yuborilgan elektron hisobotlar (aniqlashtirilgan hisobotlar) asosida kiritiladi.
ShKga barcha yozuvlar ketma-ket tartibda sanalari va kiritilayotgan yozuvlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi hujjatlar (soliq hisobotlari,
aniqlashtirilgan soliq hisobotlari, to‘lov hujjatlari, bank ko‘chirmalari, tekshirish natijasida rasmiylashtirilgan 10-shakl ma’lumotlari, ariza va vakolatli organlar hujjatlari, xo‘jalik va fuqarolik sudlari qarorlari, ajrimlari va boshqa qonun bilan belgilangan hujjatlar) ko‘rsatilgan holda tegishli ustunlarda aks ettiriladi.
Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarni yuritish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
ShKlarni yuritish huquqi faqat funksional vazifalardan kelib chiqqan holda davlat soliq xizmati organi rahbarining buyrug‘i bilan yuklatilgan mas’ul xodimlarga beriladi.
Davlat soliq xizmati organining buyrug‘i bilan bo‘limning mas’ul xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar hamda javobgarliklar yuklatilgan.
Xizmat vazifasidan foydalanish uchun ShKlardagi ma’lumotlarni kiritish va o‘zgartirish huquqisiz, faqatgina ko‘rish huquqi davlat soliq xizmati organi rahbarining rasmiy ko‘rsatmasi asosida tegishli mas’ul xodimlarga berilishi mumkin.
ShKlarga ma’lumotlarni kiritish va ularni o‘zgartirish huquqi berilgan xodimlarga alohida “parolˮ yoki elektron raqamli imzo (keyingi matnda “parolˮ deb yuritiladi) berilib, Soliq “parolˮ asosida ma’lumotlar bazasiga kirib ishlashga ruxsat beriladi.
ShKlarga ma’lumot kiritish va ularni o‘zgartirish huquqini beruvchi “parolˮni mas’ul xodim tomonidan boshqa shaxslarga oshkora qilinishi, shuningdek, ShKlarga boshqa xodimning paroli bilan ma’lumotlar kiritish yoki kiritilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish (o‘chirish) qat’iyan taqiqlanadi, Davlat soliq inspeksiyasi rahbariyatining ruxsatiga asosan bo‘lim boshlig‘i tomonidan noaniqliklarni to‘g‘rilash maqsadida ShKga kiritiladigan o‘zgartirishlar bundan mustasno.
Mas’ul xodimlarga alohida berilgan “parolˮlar zaruriyatdan kelib chiqib, xodimning o‘zi tomonidan o‘zgartirib turiladi va Soliq kiritilgan o‘zgartirishlar ma’lumotlar bazasida saqlanib boriladi.
Ma’lumotlar bazasida “parolˮlarni qayd qilish elektron jurnali dasturiy majmuada yuritiladi. Elektron jurnalda har bir xodim va uning amaldagi paroli avtomatik tarzda qayd qilinib boriladi. Elektron jurnaldagi ma’lumotlar shifrlanadi.
Xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilganda yoki boshqa lavozimga o‘tganda ma’lumotlar bazasiga kirib ishlash uchun unga berilgan imkoniyat (dostup) berkitiladi.
ShKlarda amalga oshirilgan har bir operatsiya va uni amalga oshirgan mas’ul xodimning ismi sharifi, sanasi va vaqti dasturiy mahsul tomonidan maxsus elektron jurnalda qayd etib boriladi. Har bir operatsiyaning eski holati keyinchalik aniqlik kiritish maqsadida va nazoratini ta’minlash uchun avtomatik tarzda saqlanib qolinadi.
Soliq organining mas’ul xodimlari (DSI boshlig‘i, mas’ul o‘rinbosari va bo‘lim boshlig‘i) lavozimga tayinlanayotganda yoki vazifasidan ozod qilinayotganda, Soliq sanaga ma’lumotlar bazasi arxivlanadi va arxiv faylining nomi, hajmi va sanasi ko‘rsatilgan holda topshirish-qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilib saqlanadi.
Byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar hisobini yuritish bo‘yicha hujjatlar soliq qonunchiligida belgilangan ish yuritish hujjatlar jildida (nomenklatura) belgilangan muddatlargacha saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagandan so‘ng, belgilangan tartibda soliq organining arxiviga topshiriladi.
Moliya yili tugashi bilan ShK bo‘yicha qoldiq summalari keyingi yilga o‘tkaziladi hamda ma’lumotlar bazasi to‘liq arxivlanib, DSQning 2007-yil 21dekabrdagi “Davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar ma’lumotlar bazasi arxivini DSQga taqdim etish va saqlash to‘g‘risidaˮgi Ichki tartibi asosida DSI, Davlat soliq boshqarmasi hamda DSQda saqlash uchun olib qo‘yiladi.
Soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha hisobga olish hujjatlari quyidagi ish yuritish jildlarida saqlanadi:

  1. soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha soliq to‘lovchining solishtirma

dalolatnomasi hamda ShKsidan ko‘chirma;

  1. moliya idorasi, bank muassasasi va boshqa vakolatli tashkilotlardan olingan, byudjet klassifikatsiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan bank operatsiyalarining to‘lov hujjatlari va bank ko‘chirmalari, to‘lov reestrlari;

  1. ortiqcha to‘langan summalarni hisobga olinganligi yoki qaytarilganligi

bo‘yicha hujjatlar;

  1. ShKlarni boshqa tuman (shahar) soliq organiga jo‘natish va qabul qilish

yuzasidan hujjatlar;

  1. soliqlar va to‘lovlarni majburiy undirish bo‘yicha hujjatlar;

  2. soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha soliq majburiyatlarini bajarishda to‘lash

muddatlarini o‘zgartirilishi yuzasidan hujjatlar;

  1. soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlari to‘xtatilganligi to‘g‘risida

hujjatlar;

  1. tugatilgan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini ijrosi to‘g‘risidagi

hujjatlar;

  1. qayta tashkil bo‘lgan soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini ijrosi

bo‘yicha hujjatlar;

  1. Davlat byudjetining kelgusi yildagi asosiy parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, shuningdek, byudjet klassifikatsiyalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Moliya vazirligining buyruqlari;

Ish yuzasidan boshqa zaruriy hujjatlar
Soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida umumiy tartibda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

  1. soliq to‘lovchining identifikastion raqami;

  2. soliq to‘lovchining to‘liq nomi;

  1. soliq to‘lovchining yuridik manzili;

  2. soliq yoki majburiy to‘lov turi nomi;

  3. byudjet klassifikastiyasi asosida byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli

jamg‘armalarga o‘tkaziladigan soliqlar va to‘lovlar hisob raqami;

  1. soliq to‘lovchining mulkchilik shakli;

  2. soliq to‘lovchining yuqori tashkiloti;

  3. soliq to‘lovchining faoliyat turi;

  4. soliq to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank nomi, bank kodi va bankdagi

asosiy (birlamchi) hisob raqami;

  1. soliq to‘lovchi yuridik shaxsning rahbari va bosh hisobchisining ismi, sharifi (F.I.Sh) hamda telefon raqamlari.


Yüklə 231,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə