6-mavzu. Soliq idoralarida soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobining yuritilishi


Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish va ularga shakllarni ochish tartibi



Yüklə 231,54 Kb.
səhifə3/5
tarix29.11.2023
ölçüsü231,54 Kb.
#139744
1   2   3   4   5
6-mavzu. SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBINING YURITILISHI

6.3. Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish va ularga shakllarni ochish tartibi
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning ShKlarini ochish uchun asos bo‘lib, vakolatli organlar tomonidan soliq obyekti (mol-mulki, yer maydoni, ishlatilgan suv hajmi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi, yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, Soliq kodeksining 393-moddasida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha daromad olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida olingan ma’lumotlar hisoblanadi.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning ShKlari O‘zbekiston Respublikasi DSQ tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dasturiy mahsulda yuritiladi.
Quyidagi soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga soliq va to‘lovlar, penya va jarimalar bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishi hisobini yuritish uchun soliq organlarida ShKlar ochiladi:
YaTT faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga; dehqon xo‘jaliklari (yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil topgan
dehqon xo‘jaliklari)ga; turar va noturar uy-joylarga, yer uchastkalariga yoki boshqa soliqqa
tortiladigan mol-mulkka egalik qiluvchi fuqarolarga.
Soliq to‘lovchi jismoniy shaxs va YaTT ShKlari byudjet klassifikatsiyasiga muvofiq har bir soliq to‘lovchi uchun alohida soliq majburiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha ochiladi:

  1. yer solig‘i;

  2. mol-mulk solig‘i;

  1. YaTTga qat’iy belgilangan soliq;

  2. ijtimoiy soliq;

  3. yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliq;

  4. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

  5. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;

  6. boshqa to‘lovlar;

  7. soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovlar.


Yüklə 231,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə