6-mavzu. Soliq idoralarida soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobining yuritilishi


Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va javobgarlik



Yüklə 231,54 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü231,54 Kb.
#139744
1   2   3   4   5
6-mavzu. SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBINING YURITILISHI

6.3. Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va javobgarlik
Davlat soliq xizmati organlarida yangi dasturiy majmua yaratilguniga qadar
ShKlarda soliq va to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri va haqqoniy yuritilishiga ham, hamda yangi dasturiy majmua ishga tushirilib, amaliyotga joriy qilingandan so‘ng, tegishli ma’lumotlar to‘liq yangi dasturiy majmuaga o‘tkazilishiga, hamda ShKlarda soliq va to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri va haqqoniy yuritilishiga ham davlat soliq xizmati organlari rahbari javobgar hisoblanadi.
ShKlarda soliq va to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri va haqqoniy yuritilishini ta’minlash uchun quyidagilar:
Soliq to‘lovchi ShKsini yuritish uchun mas’ul xodim hamda bo‘lim boshlig‘i soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan), qo‘shimcha hisoblangan, undirilgan (to‘langan, qaytarilgan), to‘lash muddati kechiktirilgan (hisobdan chiqarilgan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan), hisoblangan penya va jarima summalarini ShKlarda to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishi, shuningdek, ularni hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha;
DSIning Yuridik shaxslarga soliq solish, Jismoniy shaxslarga soliq solish va boshqa funksional bo‘linmalarining mas’ul xodimlari belgilangan shakllar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirib (yoki tayyorlab) o‘z vaqtida ta’minlanishi bo‘yicha;
Kameral tekshiruv bo‘limining mas’ul xodimlari, qabul qilingan soliq hisobotlaridagi ShKga kiritilishi lozim bo‘lgan hisoblangan soliq summalarining to‘g‘ri aks ettirilishi, soliq hisobotlari reestrini saqlanishi hamda tegishli funksional bo‘limga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilishi, soliq hisobotlaridagi soliq summasini reestrdagi soliq summalariga to‘g‘ri kelishi va ularning haqqoniyligi bo‘yicha;
Davlat soliq xizmati organining rahbarlari ShKlarda soliq va to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yuritilish bo‘limida byudjetga va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar hisobini hamda soliq to‘lovchilarning ShKlarini yuritilishini to‘g‘ri tashkil etilishi, shuningdek, nazorat qilinishi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar. ShKlarga asossiz tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi taqiqlanadi.
ShKlarni yuritish uchun asos bo‘ladigan boshqa ma’lumotlarni noqonuniy ko‘rsatganlik va ShKlarga noqonuniy ma’lumotlar kiritganlik uchun mas’ul xodimlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

Yüklə 231,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə