Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]


Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy



Yüklə 149 Kb.
səhifə8/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
404 15.05.2019

Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy
boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
13. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining hududiy organlari rahbarlari rahbarlik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
3) o‘ziga berilgan vakolat doirasida davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
4) davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
5) tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
6) bankrotlik ishlari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.
14. Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida o‘z hududidagi davlat ishtirokidagi korxonalarning hisobini yuritadi;
2) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
3) o‘z vakolati doirasida xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga va o‘zining vakillariga ko‘rsatmalar beradi;
4) o‘z vakolati doirasida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun o‘zining vakillariga ishonchnomalar beradi;
5) xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarida o‘ziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) bo‘yicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
6) zarurat bo‘lganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida, shu jumladan Agentlik markaziy apparati tomonidan boshqarilayotgan aktivlar bo‘yicha, davlat manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
7) soliqlar va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa to‘lovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlik hosil bo‘lganda, shuningdek, ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda, o‘z vakolati doirasida xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani jamiyatning kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga kiritadi;
8) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilishini ta’minlaydi;
9) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
10) o‘z vakolati doirasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aktivlarini xatlovdan o‘tkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi;
11) mahalliy va xorijiy investorlarni xususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
12) davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yo‘li bilan xususiylashtirish jarayoniga ko‘maklashadi;
13) davlat aktivlarini boshqarish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
14) xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi va xususiylashtirishning, shu jumladan iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilashda ishtirok etadi;
15) hududiy tanlov komissiyasining ishchi organi vazifasi bajaradi;
16) xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;
17) manfaatdor mahaliy davlat idoralari bilan birgalikda davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadigan xususiylashtirish qaror loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
19) o‘z vakolatlari doirasida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari, xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;
20) o‘z vakolatlari doirasida ustav kapitaliga berilgan obyektlardan va (yoki) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar joylashgan obyektlardan tashqari, yangi mulkdorga xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, xaridorning xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni o‘tkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshirig‘ini taqdim etadi;
21) davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‘ladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;
22) davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;
23) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy ahvoliga oid hududiy ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosida faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qiladi;
24) “yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
25) “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
26) “yo‘l xaritalari”ning bajarilishida yuzaga kelgan muammolar yuzasidan Agentlik markaziy apparatiga ularni bartaraf etish taklifi bilan birgalikda ma’lumotlar kiritadi;
27) to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan o‘rnatilgan tartibda jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash bo‘yicha taklifini Agentlik markaziy apparatiga taqdim etadi;
28) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida Agentlik markaziy apparati bilan kelishilgan holda ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
29) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarining bajarilishini monitoringini yuritadi;
30) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida Agentlik markaziy apparatiga taklif kiritadi.
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari qonun hujjatlariga hamda Agentlik rahbariyatining qonun hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradilar.

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə