Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə7/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
404 15.05.2019

Oldingi tahrirga qarang.
30) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va ularning tarkibidagi korxonalar to‘g‘risidagi hisobotlar va axborot, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vaziriligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil qiladi va monitoring qiladi;
31) davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beradi;
32) davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida ommaviy joylashtirish (IPO/SPO) tashabusi bilan chiqadi;
33) mahalliy va xorijiy investorlarni xususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;
34) davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yo‘li bilan xususiylashtirish jarayoniga ko‘maklashadi;
35) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xo‘jalik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqadi;
36) Agentlik markaziy apparati tomonidan xususiylashtiriladigan obyektlarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshiradi, xususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilaydi;
37) xususiylashtirish obyektlarining oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha Agentlik tomonidan tuziladigan bitimlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini olib boradi;
38) manfaatdor davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarini jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish bo‘yicha davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi hamda ularning hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishini nazorat qiladi;
39) vakolatli mahalliy davlat hokimiyati organlarining xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlarining hududiy boshqarmalar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
40) erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari, berilgan vakolat doirasida xususiylashtirish obyektlarining sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi;
41) ustav kapitaliga berilgan obyektlardan va/yoki erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalar joylashgan obyektlardan tashqari, yangi mulkdorga o‘zi xususiylashtirilgan obyektga mulk huquqini tasdiqlovchi order (sertifikat) beradi, shuningdek, xaridorning xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga uning tomonidan sotib olingan aksiyalarni o‘tkazishga (razblokirovka qilishga) depo topshirig‘ini taqdim etadi;
42) xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qiladi hamda xususiy mulkdorlar tomonidan xususiylashtirish obyektlari sotilishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etish, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni shakllantiradi;
43) davlat korxonalari va muassasalarining, shuningdek, davlat korxonalari va muassasalarini xususiylashtirish jarayonida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining O‘zbekiston Respublikasi nomidan muassisi bo‘ladi;
44) davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha berish yuzasidan hududiy organlar tomonidan o‘tkaziladigan xatlovlarni nazorat qiladi;
45) davlat korxonalari va muassasalarini, ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini, shu jumladan chet eldagi va davlat nomidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari ish ko‘radigan xo‘jalik jamiyatlarini hisobga oladi (xatlovdan o‘tkazish va hisobga olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno);
46) chet elda joylashgan davlat ko‘chmas mulklarining belgilangan tartibda hisobini yuritadi;
47) davlat aksiya paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;
48) davlat mulki bo‘lgan mol-mulkning ijaraga beruvchisi bo‘ladi, ushbu vakolatlarni amalga oshirish huquqi boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berilgan hollar bundan mustasno;
49) davlat korxonalariga davlat mulkini berish bo‘yicha davlat korxonalari tashkil etilishining kelishilishini amalga oshiradi;
50) Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining ishchi organi vazifasini bajaradi;
51) belgilangan tartibda davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy ahvoliga oid ma’lumotlar elektron bazasini shakllantiradi va shu asosda faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini hududiy organlar tomonidan tahlil qilinishini monitoring qiladi;
52) tahlil natijalari yuzasidan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlariga kiritadi;
53) “yo‘l xaritalari” loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
54) “yo‘l xaritalari”ning bajarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish orqali ularning amalga oshirilishini monitoring qiladi va “yo‘l xaritalari”ning bajarilishida korxonalarga ko‘maklashadi;
55) “yo‘l xaritalari”ni bajarilishida davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni hal qilishga ko‘maklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi, shuningdek, iltimosnoma bajarilmagan taqdirda bajarilishi majburiy bo‘lgan talabnoma yuboradi;
56) to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lmagan iqtisodiy nochor davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga nisbatan jamiyatlar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini sotish yoki bankrotlik taomillarini qo‘llash bo‘yicha belgilangan tartibda taklif ishlab chiqadi;
57) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
58) sud boshqaruvchilari attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
59) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
60) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish jarayoni qanday borayotganligi, shuningdek, bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayonini nazorat qiladi;
61) sud boshqaruvchilari faoliyati yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalarning taklifiga asosan uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;
62) baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi;
65) baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reyestrini yuritadi;
66) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarning hal etilishi bo‘yicha sansalorlik, byurokratizm, muddatlar cho‘zilishi holatlarini aniqlaydi va ularning bartaraf etilishini ta’minlaydi.
Agentlik markaziy apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
67) davlat ishtirokidagi korxonalarning korporativ boshqaruv tizimini baholash uchun savolnomani ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, tijorat banklari bundan mustasno.



Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə