Iqtisodiyot / Davlat moddiy zaxirasi]



Yüklə 149 Kb.
səhifə3/21
tarix12.06.2023
ölçüsü149 Kb.
#116805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
404 15.05.2019

Agentlik tuzilmasi
8. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlik markaziy apparati;
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi;
Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini o‘rganish markazi;
Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi;
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari huzuridagi Davlat mulkini ijaraga berish markazlari;
Agentlikning Binolardan foydalanish direksiyasi.


Agentlikning vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;
o‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish;
davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatining samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;
davlat manfaatlarini ta’minlagan holda, shu jumladan davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga berish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarning obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilish;
davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish), ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini ta’minlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;
tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish;
baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash, shuningdek, rieltorlarni sertifikatlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
10. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida davlat ishtirokidagi korxonalarning hisobini yuritadi;
davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish, shuningdek, xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashlaridagi davlat nomidan saylangan a’zolari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
davlat aktivlarini boshqarish masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
ishonchli boshqaruvchilar xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq to‘lashni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi sudlarining qarorlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasi mulki etib topshirilgan xorijda joylashgan mulk egaligi huquqini O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiradi;
o‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish sohasida:

Yüklə 149 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə