1-mavzu. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifalari va halq xo‘jaligidagi ahamiyati Reja



Yüklə 25,94 Kb.
səhifə1/4
tarix12.05.2023
ölçüsü25,94 Kb.
#109807
  1   2   3   4
1-МАЪРУЗА


1-mavzu. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifalari va halq xo‘jaligidagi ahamiyati
Reja:
1.Kirish. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi.
2. lalmikor va sug‘oriladigan dehqonchilik bo‘yicha Davlat qonunlari, farmonlari, qarorlari.
3. O‘zbekistonning lalmikor va sug‘oriladigan yer maydonlari, ularning xolati oziqa ekinlarning hosildorligi, lalmikor va sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish istiqbollar va halq xo‘jaligidagi ahamiyati.


Tayanch iboralar: Oziqabop ekinlar, lalmi dehqonchilik, sug‘orma dehqonchilik, qonun, qaror, farmon, rivojlanish istiqbollari, yer maydonlari.
Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4; A5; A6; X1; X2; X3; Q1; Q2; Q3; Q4; Internet saytlari: 1; 2; 3; 4; 5.


1.Kirish. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi.

Bozor iqtisodiyoti sharotida mustaqil Respublikamizning qishloq xujaligi, xususan dehqonchilik bilan chorvachilikni uzviy rivojlantirishda, chorva mollarini mahsuldorligini oshirishda, ular ratsionini shirali, yuqori oqsilli oziqa bilan ta‟minlash uchun lalmikor va sug‘oriladigan yer maydonlari, ularda yetishtiriladigan oziqabop ekin turlari ularni mintaqalarga joylashtirish, oziqabop ekinlarni yetishtirish jumladan yerni ekishga tayyorlash, ekish, tabiiy namlikni saqlash tadbirlari, begona o‘tlar, almashlab ekish tizimini, eng yaxshi agrotexnik usullar va boshqa tadbirlar bilan tanishtirish fanning asosiy maqsadini tashkil etadi.


Corva mollari uchun em xashak ekinlari yetishtirish texnologiyasining asosiy dala va tabiiy yaylov yoki pichanzor o’simliklar tashkil etadi.
Ayni paytda chorvachilik ozuqa bazasining mustaxkamlash va chorva mollarining omuxta embop hamda boshqa ozuqalar bilan ta‟minlash maqsadida nafaqat ozuqa o’simliklari, xilma – xil dala ekinlari, utloq ozuqabop o’simliklari botanik ta‟rifi va biologik xususiyatlarini, ulardan oqilona foydalanish, almashlab ekish tizimida ustirish texnalogiyalarini urganish, ushbu ekin va o’simliklardan yuqori va sifatli ozuqa mahsulotlari tayyorlash yetishtirish yullari tadbirlarini urganishni uz olidiga maqsad qilib olgan. Ushbu maqsadga erishish uchun fan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va lalmi va sug‘orma dehqonchilik sharoitida oziqabop ekinlar yetishtirishni bilish va ularni aniqlashga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyo qarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.
Barcha dehqonchilik tizimlarining asosiy tamoyillari yerdan foydalanish xususiyati, ya’ni tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hisoblanadi. Dehqonchilik tizimining rivojlanish tarixi dehqonchilikning turli jadallashtirish fazalarida o’z aksini topadi, bu yerdan foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish usullarida namoyon bo’ladi. Dehqonchilik rivojlangani sari tuproq unumdorligini tiklash va oshirish xususiyatlari ham o’zgarib boradi. Dehqonchilik jadallashuvi o’sib borishi bilan tuproq unumdorligining tabiiy tiklanish jarayonlari tuproqqa insoniyatning faol ta’siri bilan almashinadi. Dehqonchilik tizimi uzoq rivojlanish, ya’ni ibtidoiy jamoa, feodalizm, kapitalistik va boshqa davrlarini bosib o’tdi. Hayot sharoiti o’zgarishi bilan u yoki bu sosial-iqtisodiy vaziyatga bog’liq ravishda ishlab-chiqarish va dehqonchilik tizimi ham o’zgarishi kuzatilgan.
Dehqonchilik inson sivilizasiyasi davomida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, kiyim-kechak, boshpana, tibbiyot va dam olish kabi ehtiyojlari qondirish uchun yordam berib kelgan.
Shunday qilib, dehqonchilik dunyodagi eng yirik korxona hisoblanadi. Bu ishlab chiqarish agregati, tabiat in’omi bo’lib, inson zoti uchun zarur bo’lgan birlamchi mahsulotlar ya’ni yer, havo, yorug’lik, harorat, atmosfera yog’inlari va h. k bilan ta’minlaydi.
Ikkilamchi ishlab chiqarishda asosan hayvonlar ya’ni uy hayvonlari, qushlar, va hashoratlar, bular orqali asosiy, go’sht, sut, tuxum, ipak, asal va h. k. kabi oziq ovqat mahsulotlarini birlamchi mahsulotlardan foydalangan holda yetishtiriladi.
Dehqonchilik - oziq-ovqat mahsulotlari, oziqa, tabiiy tola, yoqilg’i, mebel, xom ashyo materiallari yetkazib beradi va atrof muhit musaffoligini ta’minlaydi, ochlikni bartaraf etish uchun mo’l oziqa beradi.
Qoniqarli qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi dunyoda insoniyatga tinchlik, farvonlik, totuvlik olib keladi, madaniy, siyosiy va iqtisodiy hayotga ta’siri orqali jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga yordam beradi.
Dehqonchilikning rivojlanish turli xil yunalishlarda vaqt va makonga bog’liq holda ro’y beradi.
Yashil inqilob davridan so’ng fermerlar o’simliklarni yetishtirish amaliyotini rivojlantirish va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida intensiv dehqonchilik tizimlarini qullash orqali yerdan, vaqtdan samarali foydalanishga katta e’tibor qaratishdilar. Bu esa maqbul sharoitlarga mos keladigan navlarni aniqlash, maqbul sharoilarda ularning hosildorligini fasllarda, yangi joylarga mos keladigan o’simliklarni tanlashni ta’minlaydi.
Dehqonchilik hosil yetishtirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan o’simliklarni yetishtishirish va hayvonlarni parvarishlashdan iborat bo’lib, tabiatda biologik muvozanatni saqlab qolish uchun yordam beradi.
Dehqonchilik (Agriculture- qishloq xo’jaligi) – lotincha ager va culture so’zlaridan olingan bo’lib, Ager- yer yoki dala va culture- yetishtirish (kultivirovaniye) degan ma’noni anglatadi.
Shuning uchun bu termin yerda yetishtirish, ya’ni ekinlarni yetishtirish va chorvachilikni ilmiy, madaniy asosda va iqtisodiy maqsadlarda yetishtirish degan ma’noni anglatadi.
U shuningdek fan sifatida qishloq xujalik ekinlari va chorvani yetishtirishda tabiy resurslardan foydalanishni anglatadi.
Dehqonchilikning asosiy maqsadi-yerlardan ishlab chikarishda samarali foydalanish va shu bilan bir vaqtda ularni noto’g’ri foydalanish va yomonlashishidan himoya qilishdan iborat.
Bu dehqonchilik – oziq-ovqat mahsulotlar va yem-xashak hamda boshqa sanoat materiallari yetishtirish bilan sinonimdir.
Dehqonchilik 1947 yildagi qishloq xo’jaligi qonunida quyidagicha ta’riflanadi «shu jumladan bog’dorchilik, polizchilik, urug’chilikni, chorvachilik va sutchilik xo’jaliklarini rivojlantirish, yerlarni saqlash va ulardan o’tloq va yaylovlar, yer uchastkalari (maydoni), bozor, bog’ va bolalar maydonchasi, o’rmon sifatida foydalanishdir»
Bundan tashqari, u tabiat elementlarini o’simlik va chorvachilik mahsulotlarini olish uchun inson ehtiyojlarini qondirish maqsadga yo’naltirilgan mehnat mahsuli sifatida ham ta’riflanadi.
Bu mahalliy atrof-muhit sharoitida har bir o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishiga bog’liq bo’lgan biologik ishlab chiqarishi jarayonidir.

Yüklə 25,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə