1-mavzu. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifalari va halq xo‘jaligidagi ahamiyati Reja


lalmikor va sug‘oriladigan dehqonchilik bo‘yicha Davlat qonunlari, farmonlari, qarorlari



Yüklə 25,94 Kb.
səhifə4/4
tarix12.05.2023
ölçüsü25,94 Kb.
#109807
1   2   3   4
1-МАЪРУЗА

2. lalmikor va sug‘oriladigan dehqonchilik bo‘yicha Davlat qonunlari, farmonlari, qarorlari.
Ma’lumki, har qanday tabiiy resursni saqlash va undan oqilona foydalanish barcha davrlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda dunyo miqyosida ro’y berayotgan global o’zgarishlar o’zining yuksak taraqqiyotga olib kelayotgan ijobiy natijalari bilan birga tabiiy jarayon va hodisalarda ham salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, suv tanqisligi muammosi, biosenozlar tarkibining o’zgarishi, ekosistemalardagi muvozanatning buzilishi yildan yilga soni ortib borayotgan insoniyat ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlarning yetishmovchiligiga olib kela boshladi. Bu esa, o’z navbatida yana tabiatga murojaat qilishni, undan oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini asrab-avaylash va o’rganishni talab qiladi.
Manbalarda keltirilishicha, oxirgi yuz yil davomida Xitoy dalalarida bug’doy navlarining 90 foizi yo’qolib ketgan. Olimlarning baholashicha, o’tgan asr davomida dunyo oziq-ovqat ekinlari xilma-xilligining yarmidan ko’pi qo’ldan boy berildi. Yovvoyi tabiatni saqlash Butunjahon fondi (WWF) ma’lumotiga ko’ra, turlar xilma-xilligi sayyoramiz miqyosida 1970-2007 yillar davomida 30% ga, tropik mintaqalarda esa 60% ga kamaygan.
So’nggi yillarda insonlarning tabiatga befarq munosabati, yer atmosferasi haroratining ko’tarilishi natijasida doimiy muzliklarning erishi, chuchuk suv zahiralarining kamayishi, dengiz va okeanlarning plastik idish orollariga aylanib borayotganligi, yaqindagina Yaponiyada sodir bo’lgan “Fukusimo” stansiyasi halokatiga o’xshash radioaktiv texnohalokatlar tufayli ko’plab o’simlik va hayvon turlarining xilma-xilligi kamayib bormoqda.
O’simliklar dunyosi har qanday taraqqiyot davrida ham insoniyatning asosiy ehtiyojlarini qondirib kelgan. Buning uchun esa o’zida turli xususiyatlarni, noyob belgilarni saqlagan o’simlik shakllarini izlab topish va saqlash, ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish borasida xalqaro dasturlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin yer va suvga bo’lgan munosabat tubdan isloh qilina boshlandi. Yer va suv manbalaridan oqilana, samarali foydalanish uchun mamlakatimizda qator qonunlar va qarorlar qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining "1993-1994 yillarda yangi yerlarni o’zlashtirish va qadimdan sug’oriladigan yerlarni ta’mirlashga doir shoshilinch choralar to’g’risida" gi qarori.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "Suvdan foydalanish to’g’risida (1993y),"Yer solig’i to’g’risida" (1993yil 6 may), "O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi" (1998 yil 30 aprel), "Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida, (1998y.) "Fermer xo’jaligi to’g’risida", "Dehqon xo’jaligi to’g’risida" (1998y.) qonunlari shular jumlasidandir.
Ushbu qonun va qarorlar asosida qishloq xo’jaligida tub islohatlar amalga oshirilmoqda.
3. O‘zbekistonning lalmikor va sug‘oriladigan yer maydonlari, ularning xolati oziqa ekinlarning hosildorligi, lalmikor va sug‘orma dehqonchilikni rivojlantirish istiqbollar va halq xo‘jaligidagi ahamiyati.
Hammamizga yaxshi ayonki, qishloq xo’jaligi iqtisodiyotning eng qadimiy, hyech qachon o’z o’rni va ahamiyatini yo’qotmaydigan tayanch tarmoqlaridan biridir.
Ana shunday muhim sohaning zalvorli yukini o’z yelkasida ko’tarib kelayotgan mirishkor dehqon va fermerlar, o’z ishining haqiqiy ustasi bo’lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va mutaxassislarni dunyodagi eng olijanob kasb egalaridir, desak, ayni haqiqat bo’ladi.
Chindan ham, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, har erta bahorda yerga urug’ qadab, rizq yo’lini ochadigan, xonadonlarimizdagi to’kinlik va fayzu baraka sababchisi bo’lgan agronomlar fidoyi insonlardir.
Avvalo sayyoramizdagi global iqlim o’zgarishlari hamda mintaqamizdagi ekologik muammolar oqibatida qishloq xo’jaligida har yili ilgari ko’rilmagan yangi-yangi sinov va qiyinchiliklar paydo bo’layotganini qayd etish lozim.
Lekin, ko’pni ko’rgan, doimo yer bilan tillashib, dardlashib yashaydigan dehqon va fermerlarimiz ana shunday murakkab sharoitda ham omilkorlik bilan, boy bilim va tajribasi, ilm-fan yutuqlarini ishga solib, mo’l hosil yetishtirishga muvaffaq bo’lmoqdalar.
2019 yilda mamlakatimizda 7 million 130 ming tonna g’alla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna go’sht va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1milliard dona tuxum olingani bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi.
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish dolzarb masala bo’lib borayotgani sir emas.
Shuning uchun ham biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo’jaligi sohasini modernizasiya va diversifikasiya qilish, oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga alohida e’tibor bermoqdamiz.
Keyingi to’rt yilda hosildorligi past bo’lgan 300 ming gektar paxta va g’alla maydonlari o’rniga meva-sabzavot va ozuqa ekinlarini yetishtirish yo’lga qo’yilib, jumladan, 32 ming gektar yerda intensiv bog’lar, 15 ming gektarda tokzorlar, 2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar barpo etilgani, 114 ming gektarda sabzavot va kartoshka, 72 ming gektarda dukkakli va moyli ekinlar, 52 ming gektarda ozuqa ekinlari yetishtirilayotganini ta’kidlash lozim.
Bugungi kunda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo’jaligi subyektlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda bozor tamoyillarini, fan va texnikaning ilg’or yutuqlarini jadal joriy etish, ekologik toza va eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlar daromadini ko’paytirish borasida olib borayotgan tizimli islohotlarimiz sizlarga yaxshi ma’lum, albatta.
Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Saidkamol Xo’jayevning ma’lum qilishicha, 2020 yilda respublika bo’yicha 1 mln 78 ming gektar sug’oriladigan maydonga g’alla, 1 mln 33 ming 629 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda.
Ma’lumki, har qanday tabiiy resursni saqlash va undan oqilona foydalanish barcha davrlar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda dunyo miqyosida ro’y berayotgan global o’zgarishlar o’zining yuksak taraqqiyotga olib kelayotgan ijobiy natijalari bilan birga tabiiy jarayon va hodisalarda ham salbiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, suv tanqisligi muammosi, biosenozlar tarkibining o’zgarishi, ekosistemalardagi muvozanatning buzilishi yildan yilga soni ortib borayotgan insoniyat ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulotlarning yetishmovchiligiga olib kela boshladi. Bu esa, o’z navbatida yana tabiatga murojaat qilishni, undan oqilona foydalanish, tabiat boyliklarini asrab-avaylash va o’rganishni talab qiladi.
Manbalarda keltirilishicha, oxirgi yuz yil davomida Xitoy dalalarida bug’doy navlarining 90 foizi yo’qolib ketgan. Olimlarning baholashicha, o’tgan asr davomida dunyo oziq-ovqat ekinlari xilma-xilligining yarmidan ko’pi qo’ldan boy berildi. Yovvoyi tabiatni saqlash Butunjahon fondi (WWF) ma’lumotiga ko’ra, turlar xilma-xilligi sayyoramiz miqyosida 1970-2007 yillar davomida 30% ga, tropik mintaqalarda esa 60% ga kamaygan.
So’nggi yillarda insonlarning tabiatga befarq munosabati, yer atmosferasi haroratining ko’tarilishi natijasida doimiy muzliklarning erishi, chuchuk suv zahiralarining kamayishi, dengiz va okeanlarning plastik idish orollariga aylanib borayotganligi, yaqindagina Yaponiyada sodir bo’lgan “Fukusimo” stansiyasi halokatiga o’xshash radioaktiv texnohalokatlar tufayli ko’plab o’simlik va hayvon turlarining xilma-xilligi kamayib bormoqda.
O’simliklar dunyosi har qanday taraqqiyot davrida ham insoniyatning asosiy ehtiyojlarini qondirib kelgan. Buning uchun esa o’zida turli xususiyatlarni, noyob belgilarni saqlagan o’simlik shakllarini izlab topish va saqlash, ulardan oqilona foydalanishni yo’lga qo’yish borasida xalqaro dasturlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizning umumiy yer maydoni 2017 yil 1 yanvardagi ma’lumot bo’yicha 44896,9 ming gektar, shundan sug’oriladigan maydon 4312,9 ming gektar yoki umumiy maydonning 9,6% ni tashkil qiladi.
Sug’oriladigan yerlardan olinadigan mahsulotlar umumiy qishloq xo’jali-gidan olinadigan mahsulotlarning 95% ni tashkil etadi. Shuning uchun sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish ularni unumdorligini oshirib borish, har bir gektar yerdan kafolatlangan yuqori sifatli arzon maxsulot olish muxim muommo bo’lib qolmoqda. Bu muomalarni hal qilishda meliorasiya fanining ahamiyati juda katta. Chunki sug’oriladigan yerlarning 55-60% sho’rlangan va botqoqlangan, 50% eroziyalangan 10-12% gipeli, korbonatli, tuproqlardan iborat. Shu bilan birga sug’oriladigan yerlar tarkibida juda unimsiz kum va qumloq, toshloq, shag’al tuproqlar ham keng tarqalgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan yerlardan unumli foydalanish uchun meliorasiya tadbirlari zaruriy omillardir.
Respublikamizda paxtachilikni industrial texnologiya asosida rivojlantirishda ilmiy asoslangan dehqonchilik tizimlaridan foydalanish, keng qamrovli yuqori ish unumdorligiga ega bo’lgan mexanizm va vositalarni keng qo’llash natijasida mehnat sarfi, yoqilg’i moylash materiallari, sarflanadigan mablag’ miqdori kamayib, mehnat unumdorligi oshib, yuqori va sifatli hosil olishga zamin yaratiladi.
Yüklə 25,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə