1-mavzu. Oziqabop ekinlar yetishtirishda lalmi va sug‘orma dehqonchilik fanining maqsadi, vazifalari va halq xo‘jaligidagi ahamiyati Reja


Dehqonchilik -ekinlarni yetishtirishda madaniyat, ilm-fan va tadbirkorlik faoliyat sifatida



Yüklə 25,94 Kb.
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü25,94 Kb.
#109807
1   2   3   4
1-МАЪРУЗА

Dehqonchilik -ekinlarni yetishtirishda madaniyat, ilm-fan va tadbirkorlik faoliyat sifatida:
Dehqonchilik madaniyat, ilm-fan va biznes sifatida ekinlarni yetishtirish va chorvachilik ishlab chiqarishida iqtisodiy maqsadlari asosida tariflanadi.
Madaniyat sifatida u fermerning xo’jalik operasiyalarini amalga oshirishda bilim, ko’nikmalaridan mohirona tarzda foydalanishni anglatadi.
Xorijlik tadqiqotchilar, jumladan Macy “oziq moddalarning o’simlik uchun kritik miqdori (foizi)” konsepsiyasini taklif etdi. U oziq moddalarining yetarliligi va o’simlik hosildorligi hamda oziq moddalar konsentrasiyasi va o’simlik tanasi o’rtasidagi munosabatni bog’liqligini aniqladi. Macy har bir o’simlik turi uchun, har bir oziq moddaning kritik miqdorini ishlab chiqdi. O’simlik talabi darajasidagi minimal diapozonda, qo’shimcha oziq moddalani qo’llash hoslni oshiradi, lekin oziq moddalar ulushi (%) ni emas. Oziq moddalar yetishmasligini boqarish diapozonida, oziq moddalarni qo’shimcha qo’llash, oziq moddalar ulushi(%)ni oshiradi, biroq ularni o’simlikka o’tishini (yoki tuproqdan olib chiqilishini) emas. Oziq moddalar yetarli bo’lgnada qo’shimcha oziq moddalar qo’llash hosildorlikni kam ta’sir ko’rsatadi. Lekin oziq moddalar % miqdorini oshiradi.
Oziq moddalar yetishmaslik diopozoni va iste’mol qilish dioapozoni oraliqlarida «kritik foiz» nuqtasi mavjuddir. Masu Libix qonunini davom ettirib, o’simliklarni o’sishi uchun oziq moddalar yetishmasligining minimal ulushi diapozonini taklif qildi.
Yuqori ta’minlangan oziqlanishda xam Libix qonuni yaxshi samara beradi. Shuning uchunki oziq moddalarning katta zaxirasi mavjud bo’lgan holda, boshqa bir nechta oziq moddalarning yetishmasligi o’simlik o’sishini susaytirishi yoki to’xtatishi mumkin. Mitscherlich qonuniga ko’ra daromad (hosildorlik)ning kamayib borishi bilan oziq moddalaring yetishmaslik diapozoni bilan bog’liq bo’ladi, bunda bog’liqlik chiziqli ravishda, daromadning kamayishi bilan qadamba-qadam o’zgarib boradi.
Arxeologik qazishmalar, afsonalari va uzoq davrlardagi kuzatish va tekshirishlar dehqonchilikni 10000 yoshda ekanligini tasdiqlaydi. Insoniyat ichki tuyg’ulari tomonidan birinchi marta o’simliklar urug’lardan unib chiqishini aniqlaganlar. Bu davrda (paleolit va neolit davrlarida) erkaklar ovchilik va oziq-ovqat yig’ish bilan mashg’ul bo’lganlar. Ayollar yovvoyi floradan foydali o’simliklarni yetishtirish buyicha kashfiyotchi (inovator)lari bo’lishganlar. Ular ildiz va ildiz poyalilarni kovlab olib yiriklarini is’temol uchun, maydalarini esa keyingi yil ekish uchun saqlab quyganlar. Quyidagi 1-jadval dehqonchilikni rivojlanish bosqichlari (taxminiy fikr, tasavvur) keltirilgan.
Dehqonchilik qishloq xo’jaligining eng qadimiy tarmoqlaridan biri bo’lib, u hali xususiy mulkchilik bo’lmagan bir paytda paydo bo’lgan va shakllangan. Qadimiy dunyo dehqonchiligida odamlar kichik-kichik yerlarda o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tarig’, suli, arpa, bug’doy va boshqa ekinlar ekib o’z ehtiyojlarini qondirganlar.
Keyinchalik, ehtiyojlarini oshib borishi bilan katta maydonlarda dehqonchilik qila boshlaganlar. Dastlab oddiy toshdan ishlangan dehqonchilik qurollaridan foydalangan bo’lsalar, keyinchalik tosh qurollari o’rniga bir oz taraqqiy etgan dehqonchilik qurollari kirib kelgan.
Qishloq xo’jaligini rivojlanishi davomida boshqa fanlar ham ajralib chiqdi. Dehqonchilik fanida yerlardan rasional foydalanish, tuproqning effektiv unumdorligini oshirish, begona o’tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi. Keyingi bosqichlarda dehqonchilikni rivojlanishida va taraqqiy etishida qator olimlar o’z hissasini qo’shgan. Masalan: M.V.Lomonosov (1711-1765) "Yer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi. Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o’tlarga qarshi kurash, o’g’itlash masalalari bo’yicha masalani olg’a surdi. I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u ko’p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleyev mineral o’g’itlarni qo’llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirish-ga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o’rganish bo’yicha katta ishlar olib bordi. V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doyarenko, K.K.Gedroys kabi olimlar o’simliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo’yicha qator asarlar yaratdilar.
O’zbekistonda ham bu o’rinda sohaning yetakchi olimlari tomonidan juda katta ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Jumladan S.N.Rijov (1903—1981) O’zbekiston paxtachilik mintaqalarida Fo’zani sug’orish, tuproqning fizik xossalarini o’rganib, dehqonchilik fanini rivojlanishiga katta hissa qo’shdi.
M.V.Muhammadjonov qadimdan sug’orib dehqonchilik qilinayotgan yerlarda g’o’za, yem-xashak ekinlari ekiladigan yerlarni chuqur haydash va haydalma qatlam qalinligini tubdan oshirishga undovchi dehqoichilikning yangi tizimini ishlab chiqdi.
A.Q.Qashqarov dehqonchilik fanini rivojlantirish va dexqonchilik madaniyatini oshirish, asosiy haydov chuqurligini tabaqalashtirish, oid bir qancha asarlar muallifidir.
1-jadval.

Yüklə 25,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə