Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə1/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Oybekjon -1 — копия


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
Qo‘lyozma huquqida
UDK: 635:631.52:631.55


USMATULLAYEV OYBEKJON JO’RABOY O‘G‘LI


ERTAGI MUDDATDA EKILADIGAN HAR XIL OQBOSH KARAM NAVLARINING O‘SISHI RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI


70811901 – Sabzavotchilik va polizchilik mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan


Dissertatsiya


Ilmiy rahbar: q.x.f.d. professor S.T.Sanaev
S A M A R Q A N D - 2023 yil

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI



Institut: Agrobiotexnologiyalar va oziq ovqat xavfsizligi

Magistratura talabasi O.J.Usmatullayev

Kafedra: Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Ilmiy rahbar, professor S.T.Sanayev

O‘quv yili: 2021-2023 yy.

Mutaxassisligi: Sabzavotchilik va polizchilik



MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng ommabop sabzavot ekinlaridan bo‘lgan karam 2,82 mln. gektardan ortiq maydonda yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorligi gektaridan 29,4 tonna va yalpi hosil 82,8 mln. tonnani tashkil etmoqda. Oqbosh karamga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ushbu ekinni asosiy ekin sifatida yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, bunda kun sayin yangi yaratilayotgan nav va duragaylarning har bir mintaqaning tuproq va iqlim aniqlash, shuningdek tovarbop va serhosil nav va duragaylarini tanlash borasidagi tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi.
Jahonda karam sabzavot ekinlari orasida yetishtirish hajmiga ko‘ra bugungi kunda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Dunyoning mo‘tadil tabiiy- iqlim sharoitiga ega davlatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va mavjud sug‘oriladigan maydonlardan samarali foydalanish uchun asosiy ekin sifatida oqbosh karam yetishtirishda samarali agrotexnologiyalarni qo‘llash orqali ushbu ekin hosildorligi va yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda dolzarbdir.
Respublikamizda so‘nggi yillarda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqon va fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
SHuningdek oqbosh karamning yangi yaratilayotgan va intoduksiya qilinayotgan nav va duragaylarini har bir mintaqaning iqlim va tuproqlari sharoitida ertagi ekinda o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi hamda tovar hosil chiqishini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə