Bahorgi bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyasi reja



Yüklə 49,21 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü49,21 Kb.
#137957
  1   2   3   4
Bug‘doy ekinlarini yetishtirish texnologiyasi



BAHORGI BUG‘DOY YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI

REJA:


  1. Bug‘doy ekish sistematikasi.

  2. Bug‘doyning xalq xo‘jaligida ahamiyati va sifat ko‘rsatkichi

  3. Bug‘doy yetishtirish: ko‘rsatkich va tahlil

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Bug‘doy – g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumi. 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Bug‘doyning ildiz tizimi popuk ildiz bo‘lib, asosiy qismi yerning haydalma qatlamida rivojlanadi, ayrim ildizldar esa 180 sm gacha chuqurga kirib boradi. Poyasi – sidirg‘a bo‘g‘imlarga bo‘lingan somonpoya, bo‘yi 40-130 sm. Bug‘doyning yotib qolishga chidami va hosildorligi poyaning balandligiga bog‘liq.
Bug‘doy ko‘proq o‘zidan changlanadi. Mevasi don. Bo‘liqligi jihatidan yumshoq (urvoqli) yoki qattiq (yaltiroq, qayroqli) bug‘doyga bo‘linadi. Yumshoq bug‘doy boshog‘i qiltiqli va qiltiqsiz, qiltig‘i boshog‘idan kaltaroq; doni oq yoki qizg‘ish, ko‘ndalang kesimi dumaloq, ichi, asosan, unsimon. Qattiq bug‘doy boshog‘i zich, qiltiqlari boshog‘idan uzun va tik o‘sadi. Doni to‘yimli, tarkibida oqsil (seleksion navlarida 10-12% dan 20-25% gacha, yovvoyi turlarida 25-30% gacha) kraxmal (60-64%), yog‘lar, vitaminlar, fermentlar, mineral moddalar bor. Bug‘doy donidan turli navli unlar, yorma, spirt, kraxmal kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Boshoqlash davrida namga talabchan. Qurg‘oqchilik hosildorlikni pasaytiradi. Kuzgi bug‘doyning vegetatsiya davri kuzda 45-50, bahor-yozda 75-100 kun, bahorgi bug‘doyniki 90-100 kun. Kuzgi bug‘doy qor qoplami qalin bo‘lganda – 35°С gacha sovuqqa chidaydi. Bahorgi bug‘doy maysalari -8-10°С daraja sovuqqa bardosh beradi. Sug‘orilidagan mintaqalarda kuzgi bug‘doyni makkajo‘xori, g‘o‘za, kartoshka va boshqa dala ekinlaridan bo‘shagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va sho‘rlangan tuproqda yaxshi o‘smaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12-15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7-8 sm ekiladi. Ekish meʼyori – lalmi yerlarda gektariga 70-110 kg, sug‘oriladigan mintaqalarda 170-200 kg, ekish chuqurligi 4-6 sm; kuzgisi chuqurroq ekiladi, ekish meʼyori 10-15% ortiq olinadi, urug‘lik ekish oldidan saralab, dorilanadi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan sharoitida bug‘doy ekiladigan yerga ekishdan oldin har gektar yerga 10-15 t go‘ng, 40-80 kg fosfor, 40-100 kg azot, kaliy solish tavsiya etiladi. O‘suv davrida ham ekinzor o‘g‘itlanadi, suvli yerlarda o‘suv davridja 2-3 marta sug‘oriladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda bug‘doyning 93 navi yetishtiriladi.
O‘zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz aholisining don va don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish, don mustaqilligiga erishish hamda barqarorligini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar negizida respublikamizning o‘zgaruvchan va murakkab tuproqiqlim sharoitida mahalliy sharoitlarda mos, serhosil, don sifati yuqori, kasallik va zararkunandalarga chidamli kuzgi bug‘doy navlarini yaratish, urug‘chiligini rivojlantirish, turli tuproq-iqlim sharoitida kuzgi bug‘doy navlaridan yuqori va sifatli don hosili olish agrotexnologiyasini ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga joriy etish kabi vazifalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida “...qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo mahalliy tuproq-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jalik ekinlarning yangi selektsion navlarini yaratish, boshoqli don ekin maydonlarida zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ayniqsa, g‘allachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi”. Xalqaro statistik ma’lumotlarda keltirilishicha, hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilgan jami bug‘doy mahsulotlari 772 mln tonnani tashkil etadi.
Eng ko‘p bug‘doy etishtiruvchi mamlakatlar 10 taligi ro‘yxatidan quyidagi davlatlar o‘rin olgan: Xitoy, Hindiston, Rossiya, AQSh, Frantsiya, Kanada, Pokiston, Ukraina, Avstraliya va Germaniya. O‘zbekistonda so‘nggi besh yillikda gektaridan 55 tsG‘ga dan yuqori don hosili olinib, yalpi hosil miqdori 6,5-7,8 mln tonnani tashkil etgan. Kuzgi bug‘doy navlarini etishtirishda jadal agrotexnologiyalarning tatbiq etilishi, don hosildorligini oshirish bilan bir qatorda sug‘oriladigan erlardan samarali foydalanish, donning texnologik sifat ko‘rsatkichlarini oshirish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Mamlakatimizning sug‘oriladigan maydonlarida etishtirilayotgan bug‘doy navlarini ularning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda joylashtirish, erni va urug‘ni ekishga tayyorlash, ekish usuli, me’yori va muddatlari, organik va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish, begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish, suv va er resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, kuzgi bug‘doy don hosildorligini oshirish maqsadida navlarni to‘g‘ri tanlash, saralangan yuqori sifatli urug‘larni ekish talab etiladi. Sug‘oriladigan sharoitda har bir viloyatning hududiy joylashuvi va mintaqalariga ko‘ra o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega. Shu bilan bir qatorda, yangi istiqbolli navlar uchun qo‘llaniladigan yangi agrotexnologik tadbirlar majmui shu joyning tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, g‘allakorlarga tavsiya etilishi yaqin kelajakda o‘zining yuqori samarasini beradi.
Bug‘doyning umumiy ta’rifi. Bug‘doy insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va yer shari aholisining asosiy qismi (70%) bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. Bug‘doydan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari mazali, to‘yimli, yaxshi hazm bo‘ladi. Bug‘doy donidan un, undan xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari: non, shirin kulcha, makaron, yorma, pechenye, bolalar ovqati, konditer mahsulotlari, spirt va boshqalar olinadi. Bug‘doy uni hyech qachon hech kimni ko‘ngliga urmaydi, inson o‘ziga kerakli kuch va quvvatni nondan oladi, organizm uchun zarur vitaminlar V, V2, RR va kalsiy, temir va fosfor ham nonda bo‘ladi. Bug‘doy donidan kraxmal, dekstrin, kepak olinadi, somoni, qipiqlari chorva mollar uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. 100 kg doni 117; 100 kg somoni 30 ozuqa birligi saqlaydi. Somonidan dag‘al xashak, senaj tayyorlanadi, Bundan tashqari somonidan sifatli qog‘ozlar, savat va shlyapalar tayyorlashda, qurilishda ishlatiladi.
Bug‘doy donida 11-20% oqsil 65-75% kraxmal, 2% yog‘ va shuncha miqdorda yog‘ochlik va kul bo‘ladi. Bug‘doy tarkibidagi eng muhim ko‘rsatkich oqsil va kleykovinadir. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab foydalaniladi, oqsil miqdori o‘ta kam bo‘lsa 11 - 13% chorva mollariga ozuqa, 14-15% non, 17-18% makaron tayyorlanadi Biologik xususiyatlari. Kuzgi bug‘doy navlari tuproq iqlim sharoitiga qarab biologik xususiyatlarida albatta o‘zgarishlar bo‘ladi. Urug‘lari 1-2°C haroratda una boshlaydi, ammo maysalaning qiyg‘os unib chmqishi uchun harorat yoqori 10-12°C bo‘lishi kerak, past haroratda maysalarning unib chiqishi cho‘ziladi, urug‘lar chirib ketishi mumkin. 10- 12°C da maysalar 10- 12 kunda, 14-16° Cda esa. 7-9 kunda unib chiqadi. Ekilgandan unib chiqqunga qadar foydali harorat yig‘indisi 120- h40°C bo‘lishi kerak Unib chiqqaniga 12-16 kun o‘tgan, havo harorati yetarli bo‘lsa to‘plash fazasi boshlanadi va bug‘doyda bu faza 40-45 kun davom etadi. Kuzda havo harorati past yoki tuproqda namlik yetishmasa albatta yaxshi to‘plamaydi, bahorga borib nam bo‘lishi va harorat ko‘tarilgandan so‘ng yana to‘play boshlaydi. To‘plash soni o‘simlikning siyrak yoki qalin ekilganiga ham bog‘lik siyrak ekilsa tup soni 6-7 donaga yetadi. Bahorda azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirishi tup sonining oshishiga olib keladi. Qulay sharoitlarda 15-20tagacha tup hosil qiladi. Qish kelishi oldidan har bir maysa fiziologik jihatdan qattiq sovuqlarga tayyorgarlik ko‘radi. Hujayra shirasida suvlar kamayib uglevod yoki oligosaxaridlar hosil bo‘ladi.
Ma’lumki, qattiq sovuqlarda xujayra shirasida suv bo‘lsa muzlab qoladi. Qish payti kuzgi bug‘doy uchun deyarli xavfli emas, hozirgi navlar sovuqqa juda chidamli ular tushlash bo‘g‘inida 18-20°C sovuqqa ham bardosh beradi. Bahor ancha xavfli hisoblanadi. Obhavoning bir isib, bir sovushi masalan kunduzlari 8- 10°C issiq va kechalari 8- 10°C sovuq bo‘ladi. Mana shunday haroratning keskin almashinuvi albatta hujayralarni harakatga keltiradi va oqibatda ularning mo‘zlashiga va sovuqdan nobud bo‘lishiga olib keladi. Keyingi yillar Krasnodardagi P. I. Luk’yanenko nomli institutda hosildor va sovuqqa chidamli navlar yaratildi ular qor tagida 30°C sovuqqa ham chidaydi. Kuzgi bug‘doyning navbatdagi fazasi naychalash (nayga) tortish) bahorgi o‘sish boshlanganiga 15-20 kun bo‘lganda boshlanadi. Boshoqdash fazasi esa naycha tortish fazasidan 25-30 kun o‘tgach boshlanadi, gullash va boshoq tortish fazalari bir-biriga juda yaqin muddatga o‘tadi, gullash 7-10 kunda tugaydi. Bug‘doy o‘zidan changlanadi. Donning shakllanishi, to‘lishishi va pishishi uchun yana 25-30 kun kerak Ammo havo harorati yoqori bo‘lgani uchun bu muddat yanada tezlashishi mumkin. Odatda, havo salqin, seryog‘in bo‘lsa kuzgi bug‘doyning o‘suv davri cho‘ziladi. Kuzgi bug‘doy navlari uchun ekilgandan pishguncha foydali harorat yig‘indisi 1700- 2100°C bo‘lishi kerak O‘suv davri o‘rtacha 240-260 kun. Kuzgi bug‘doy issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqdagi namni juda tejab ishlatadi, o‘suv davrining boshi va oxirida namga talabchan emas. Bug‘doy o‘suv davrida namni bahorgi o‘suv davridan boshoqlaguncha bo‘lganda ko‘p talab qiladi, lekin 70% namlikni shu paytda o‘zlashtiradi. Mana shu vaqtda nam bilan ta’minlanmaslik hosildorlikning kamayishiga olib keladi.
Gullash va pishish fazasida jami zarur bo‘lgan namning 20% ini iste’mol qiladi. Kuzgi bug‘doy tuproqning 50-60 sm chuqurligigacha namni yetarli bo‘lishini talab qiladi. Ayrim ildizlari tuproqlarda 1,2-1,5 m chuqurlikkacha borib pastki qatlamdagi namlarni ham o‘zlashtira oladi. Kuzgi bug‘doy urug‘likka talabchan uzunkun o‘simlik yer sharining ko‘pgina mamlakatlarida nam yetarli bo‘lsa quyosh nuri yetishmaydi, shuning uchun oqsili kam bo‘ladi. Yoqori hosil olish uchun albatta kuzgi bug‘doylarni unumdor tuproqlarga ekish lozim. Strukturasiz yengil, qumoq, sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi. Organik moddalarga boy, chirindi miqdori 1-5% dan yoqori ozuqa moddalarga boy tuproqlarda yoqori hosil beradi. O‘zbekistonning juda ko‘p tuprog‘i sho‘rlangan, aslida kuzgi bug‘doy sho‘r tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi. Bug‘doy eqiladigan maydonlarda gumus miqdori 2-2,5% dan kam bo‘lmasligi kerak, bizning sharoitda ozuqa moddalar kamligini faqatgina mineral va organik moddalar hisobiga qoplash mumkin. Sizot suvlari yaqin maydonlarda ham kuzgi bug‘doy yoqori hosil bermaydi. Yer sharining ko‘pgina mamlakatlarida Bug‘doydan yoqori hosil olinadi. Bunga sabab aslida bug‘doy uchun eng yaxshi unumdor yerlar ajratiladi.
O‘zbekistonda hamon bug‘doy uchun eng yaxshi unumdor yerlar ajratilmaydi. Demak, hosildorlik ham shunga yarasha bo‘ladi. Kuzgi bug‘doy yoqori agrotexnikada albatta yoqori hosil beradi. Tuproqqa mineral, organik o‘g‘itlar solinganda, albatta o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatda bo‘lishi kerak Masalan, tuproq quruq bo‘lsa, solingan organik o‘g‘it ham, mineral o‘g‘it ham o‘simlik uchun foydasizdir. O‘suv davrida 2-3 marta go‘ng sharbati bilan yetarlicha namiqtirib sug‘orish zarur. Bug‘doy uchun zarur bo‘lgan makro o‘g‘itlardan tashqari mikro o‘g‘itlarni ham berish zarur, ana shundagina yoqori qosil olinadi. Makroo‘g‘itlardan azot eng asosiy o‘g‘it bo‘lib, vegetativ organlarning o‘sishida, generativ organlar kimyoviy tarkibining shakllanishida hamda urug‘niug yetilishida asosiy o‘rin eg‘allaydi. Azot etarli bo‘lmasa oqsil miqdori kamayib boradi. Ammo azotli o‘g‘itlarni juda ko‘p berish ham o‘suv davrining cho‘zilib ketishiga, bug‘doy poyalarining o‘sib yaxshi boshoqlamaslikka olib keladi. O‘simlik salgina ta’sirdan yetib qoladi, kasalliklarga chidamsiz bo‘ladi. Agarda azot yetishmasa, uni tashqi tomondan kuzlatib bilsa bo‘ladi, barglar och yashil bo‘lib barg hajmi kichrayadi, pastki barglari to‘la sarg‘ayadi, past bo‘yli bo‘lib qoladi. Demaq o‘simlikning vegetativ va generativ organlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi va o‘z navbatida hosildorlik kamayib boradi. Hatto olingan dondan tayyorlangan nonlarning texnologik sifati davlat standarti talablariga javob bermaydi. G. S Posipanov (1997 yil) ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doy azotli o‘g‘itni una boshlaganidan urug‘ning to‘lishish davrigacha o‘zlashtiradi. To‘plash fazasida kuzgi bug‘doy o‘zi o‘zlashtiradigan o‘g‘itning 20-25% ini o‘zlashtirsa, naycha tortish va boshoqlash fazasida 50-55%, gullash va mum pishish fazalarida 10-15% dan foydalanadi. Qolgan qismidan esa mum pishish fazasining oxirida foydalanadi. Erta bahorda o‘sa boshlaganda albatta boshoq tortguncha bo‘lgan vaqtda azotli o‘g‘it bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lishi shart. Kuzgi bug‘doyning vegetativ organlari tekshirib ko‘rilganda shu narsa ma’lum bo‘ladiki yosh maysalarda azot ko‘proq, voyaga yotgan o‘simlikda kam, ya’ni 1,0-1,3% gacha bo‘ladi. Azotli o‘g‘it bilan yaxshi oziqdashda bug‘doyning doni oqsil va kleykovinaga boy bo‘ladi. Fosforli o‘g‘itlarni, kuzgi bug‘doy juda erta, maysa unib chiqa boshlagandan boshlab o‘zlashtiradi.
Fosforli o‘g‘itlar o‘simlik hujayralarida modda almashinuvida ishtirok etadi, fermentlar va organik birikmalarning harakati fosfor bilan tezlashadi. Fosforni kuzgi bug‘doy naycha tortish, boshoqlash va gullash fazalarida eng ko‘p o‘zlashtiradi. Bug‘doy barglarida binafsha qizg‘ish chiziqlar bo‘lsa, u fosforga muhtoj ekanligini bildiradi, albatta oziqlantirish keraq, mabodo tuproqda fosfor yetishmas ekan o‘simlik azotli o‘g‘itlarni ham o‘zlashtira olmaydi. Kuzgi bug‘doy tuproqda erimay qolgan fosforli birikmalarni o‘zlashtira olmaydi. Ekish bilan birga ekishdan oldin va erta bahorda gullaguncha ikki marta oziqdantiriladi. Kaliy, kuzgi bug‘doyda fotosintez jarayonining borishini, uglevod va oqsil almashinuvini yaxshilovchi modda hisoblanadi. Kaliy yetishmasa maysalar kasalliklarga tez chalinadi, chunki hujayrada oqsillarning parchalanishi tezlashadi. Kaliy yetishmagan paytda kuzgi bug‘doy maysalarining chetlari qo‘ng‘ir rangga kiradi va barg o‘rtasida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Maysalar kaliyni unib chiqqanidan gullaguncha ko‘p, miqdorda o‘zlashtiradi, kaliyga bo‘lgan asosiy talab naycha tortish, gullash fazalarida kuzlatiladi. Demak, har bir makro o‘g‘itni bir-biri bilan almashlab bo‘lmaydi, lekin ular bir-birisiz ham to‘liq foyda bermaydi Mikroo‘g‘itlarni albatta kuzgi bug‘doyga berish lozim shundagina eng yoqori hosil olish mumkin.
O‘zbekiston tuproq va iqlim sharoiti O‘zbekiston Markaziy Osiyoda hududida joylashgan bo‘lib, shimol tomondan Qozog‘iston, g‘arb tomondan Turkmaniston, sharq tomondan Qirg‘iziston, janubi-sharqiy tomondan Tojikiston, janub tomondan Afg‘oniston davlatlari bilan chegaradosh. Respublikaning sharqiy qismini Tyan-Shan tog‘ tizmalari, janubiy sharqiy qismini Pomir tog‘ tizmalari, markaziy mintaqalarida shimol tomondan Chotqol tog‘ tizmalari bilan, janub tomonidan Zomin tog‘ tizmalari bilan chegaralangan. Mamlakatning shimoliy tomondan Norin, Qoradaryo, Sirdaryo suv havzalari, janubiy tomondan Surxondaryo, Qashqadaryo, Amudaryo, markaziy hududlarida Chirchiq, Ohan-garon, Bo‘zsuv, Sanzar, Zarafshon daryolari oqib o‘tadi. Mintaqalar bo‘yicha asosiy ekin maydonlari yuqorida qayd etilgan daryo suvlari bilan sug‘oriladi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti quruqligi, issiqligi va yorug‘likning ko‘pligi, ob-havoning keskin o‘zgaruvchanligi bilan farq qiladi.Mamlakatda o‘rtacha eng issiq va eng sovuq oylarda haro-rat o‘zgarishi 30 0S etishi mumkin. Yog‘in miqdori ham oylar bo‘yicha keskin o‘zgarib turadi. Yoz oylari havo tezda isiydi, ayniqsa janubiy mintaqada havo harorati kam o‘zgaradi va nisbatan bir xil saqla-nadi. Qish fasli sovuq va bu jihatdan boshqa davlatlardan farq qiladi.
O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti dehqonchilik uchun, shu jumladan, kuzgi bug‘doy etishtirish uchun qulay hisoblanadi. Issiqlik va yorug‘lik miqdorining ko‘pligi tufayli bu erda har xil ekinlarni ekib etishtirish mumkin. O‘zbekiston iqlimi nisbatan iliq, o‘rtacha havo harorati 16-17 0S ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori havo harorati yozda iyul oyida kuzatiladi, iyulda o‘rtacha harorat 25-26 0S ni, janubda 27-28 0S ni tashkil etadi, ayrim kunlari harorat 39-40 0S ga, janubda esa 40-43 0S gacha ko‘tariladi. Nisbatan salqin iqlim sharoiti qish kunlari, yanvar oyida kuzatiladi. Yanvar oyida o‘rtacha havo harorati janubiy mintaqada -2, -3 0S ni, markaziy mintaqada -4, -5 0S ni, shimoliy mintaqada esa -7, -8 0S ni tashkil etadi. Ayrim kunlari harorat - 20 0S ga, shimoliy mintaqada -30 0S gacha pasayadi. Sovuq bo‘lmaydigan issiq kunlar shimoliy mintaqada va tog‘oldi hududlarda 160-190 kunni, markaziy mintaqada va Farg‘ona vodiysida 210-230 kunni, janubiy mintaqada 235-250 kunni tashkil etadi. Vegetatsiya davomida to‘g‘ri keladigan jami foydali haroratlar yig‘indisi shimoliy mintaqada 3400-4000 0S ni, janubiy mintaqada 4500-5000 0S ni tashkil etadi. Asosiy daryolari Sirdaryo va uning viloyatdan o‘tuvchi irmoqlari Chirchiq hamda Ohangaron.Tekislikda bo‘z tuproq, tog‘ oldilarida (500-600 m balandlikkacha) – tipik bo‘z tuproq, undan yuqorida chimli-qo‘ng‘ir, o‘tloqi-dasht tuproqlar tarqalgan. Daryoning quyi qismida, shuningdek erosti suvlari er yuzasiga yaqin joylarda allyuvial tuproqlar bor. Tekislik qismi haydalib, ekin ekiladi. Faqat Sirdaryo sohillarida to‘qayzorlar bor. Tog‘larda 1200-1400 metr balandlikkacha tog‘ dashtlari, undan yuqorida archazorlar, 2000 metrdan yuqorida subalp va alp o‘tloqlari uchraydi. Mamlakatimizning sug‘oriladigan erlarida asosan to‘q tusli, tipik, och tusli bo‘z, bo‘zo‘tloqi, o‘tloqi, o‘tloqi-botqoq va botqoq tuproqlar tarqalgan.
Akademik N.I.Vavilov (1957) madaniy ekinlarning botanik tarkibi, ularning kelib chiqishi, o‘sish sharoitiga moslashuvchanligi masalalarini o‘rganib, yer kurrasini bir qator agroekologik mintaqalarga, jumladan, O‘zbekiston hududini Eron-Turkiston agroekologik mintaqasiga kiritgan. Bu mintaqada o‘sadigan bug‘doy o‘simligi boshog‘ining dag‘alligi ushbu o‘simlikka xos xarakterli belgi hisoblanadi. Don qobiqchasi zich yopishgan, pishganda to‘kilmaydigan va qiyin yanchiladigan, qiltig‘i dag‘al bo‘ladi. EronTurkiston agroekalogik mintaqasiga mansub bug‘doy o‘simligi morfologik xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: dag‘al (rigidum) boshoqli va don qobiqlari va boshoq tuzilishi T.Spelta bug‘doyiga (speltiforme) o‘xshash shakllar. O‘zbekiston lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekistonda bug‘doyni o‘rganish yakunlariga ko‘ra, rigid shaklli bug‘doylar, asosan, nam bilan kam va yarim ta‘minlangan lalmi yerlarda, spelta bug‘doyi esa tog‘oldi va tog‘li mintaqalarda tarqalgan. Sug‘oriladigan yerlarda ham faqat dag‘al boshoqli shakllar uchrashi aniqlangan. (G.A.Lavronov, 1969). Sug‘oriladigan yerlarda o‘stiriladigan bug‘doy shimoliy-yarim kuzgi va janubiy-bahori guruhlarga bo‘lingan. Mahalliy bug‘doy navlari tezpisharligi va o‘suv davrining so‘nggida issiqlikka talabchanligi bilan xarakterlangan. Tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqib, mahalliy bug‘doy navlarida issiqlikka chidamlilik xususiyatlari kuchli darajada shakllangan. Bug‘doyning ushbu xususiyati ildiz tizimining baquvvat o‘sishi, tuproqqa 200-220 sm chuqurlikka kirib borishi bilan belgilanadi. Mahalliy bug‘doy navlari nam yetarli bo‘lganda kuz-qish oylaridagi past haroratlarda ham fotosintez jarayonining faolligi bilan xarakterlangan. Hayot tarzi biologik bahori bo‘lgan mahalliy bug‘doy navlarining ko‘pchilik qismi va ular asosida yaratilgan seleksion navlar duvarak (ikki faslli) bo‘lib, bahorgi va kuzgi ekish muddatlarida ham yaxshi hosil beradi. Duvarak bug‘doy navlarining ekilgan urug‘lari kuzda unib chiqqanda ham sovuqqa yuqori chidamlilikka ega bo‘ladi. Bug‘doyning yarim kuzgi navlari respublikaning faqat shimoliy mintaqalarida juda kam maydonlarda ekilgan. Lalmi yerlarda bug‘doyning kuzgi navlari duvarak va bahori navlarga nisbatan 20-30% kam hosil beradi. Bug‘doyning don sifati bahorda ekilganda ortadi, kuzda ekilganda esa pasayadi. Bug‘doy sun‘iy sug‘orilganda ham don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayadi. Bundan tashqari bug‘doyning ko‘pchilik mahalliy navlari zamburug‘li kasalliklari bilan kuchli kasallanishga moyil bo‘ladi.
Bug‘doy dunyoning aksariyat mamlakatlarida asosiy va eng muhim oziq-ovqat ekinidir. Bug‘doy 80 dan ortiq mamlakatlarda yetishtiriladi. Jahon qishloq xo‘jaligida bug‘doyning ko‘p turlaridan asosan yumshoq va qattiq bug‘doy yetishtiriladi. Asosan, yetishtirilgan bug'doy unining ishlab chiqarish uchun yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlashda va ijtimoiy hayotimizda istemol qilinadigan sifatli non mahsulotlari ishlab chiqariladi. Un - don donalari yoki dukkaklilar urug'larini kukun holida maydalash natijasida odam oladigan tovar bu un. Undan turli oziq ovqat uchun tayyorlanayotgan mahsulotlar insonning to'g'ri ovqatlanishida muhim rol o'ynaydi. U pazandachilik, non pishirish, makaron va qandolatchilik sanoatida va ko‘plab kichik korxonalarda turli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalanadi.
Bug‘doy donini qayta ishlashda eng muhim mahsuloti un bo'lib, u pazandachilik, non pishirish, makaron va oziq-ovqat sanoatining boshqa sohalarida keng qo‘llaniladi. Un turi olingan don turiga qarab belgilanadi (masalan, bug'doy uni, javdar uni, makkajo'xori uni va boshqalar). Non mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan unning asosiy qismi bug'doydan olinadi. Bug'doy un mayda, kepakli, eng yuqori, birinchi va ikkinchi navlarga bo'linadi. Chunki u suvni sekinroq o'zlashtiradi va plastik xamir hosil qiladi. Kepak (semolina) bug'doyning maxsus navlaridan ishlab chiqariladi va alohida zarrachalarning kattaroq o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Don oldindan tozalashga duchor bo'lmaydi va umuman eziladi, buning natijasida deyarli barcha foydali xususiyatlar saqlanib qoladi. Yuqori sifatli un sof oq rangga ega va boy mahsulotlar uchun ishlatiladi. U donalardan farq qiladi, chunki barmoqlar orasiga surtilganda donlar sezilmaydi. Birinchi navli un (non pishirish uchun asosiy un) yog'siz xamir ovqatlar uchun ishlatiladi, undan non mahsulotlari sekinroq eskiradi. Ikkinchi navli un tarkibida 8% gacha kepak bor, shuning uchun u birinchi navli unga qaraganda ancha quyuqroq.
Dala tajribalarida Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo filiali tomonidan yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning rayonlashgan Yaksart hamda istiqbolli G‘ozg‘on va yangi yaratilgan Bunyodkor navlari ochiq maydonda hamda g‘o‘za qator oralarida an’anaviy SZU-3,6 g‘alla ekish seyalkalarida erta, o‘rta va kech muddatlarda 5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekib o‘rganildi. Tajribalar 30 m2 (hisobiy 25 m2) maydonda 3 qaytariqda olib borildi. O‘tkazilgan tadqiqot tajribalarida don hosildorligiga ekish usullari, muddatlarning ham ta’siri katta bo‘lishi aniqlandi.
Tajriba natijalariga ko‘ra, har qanday ekish usulida ham erta muddatda ekilganda, navlarning to‘la fiziologik yetilishi, hosil shakllanish (gullash-sut, mum pishish) davrlari uzoq bo‘lishi hosildorlikning oshishini ta’minlashi aniqlandi.

Yüklə 49,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə