Abu Nasr Farobiy va Al G’azoliyning falsafa faniga oid qarashlari Abu Nasr Forobiy (872-950)



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#141258
  1   2   3   4   5   6
Abu Nasr Farobiy va G’azoliyning falsafa faniga oid qarashlar

Abu Nasr Farobiy va Al G’azoliyning falsafa faniga oid qarashlari

Abu Nasr Forobiy (872-950)

  • Forobiy o’zining "Falsafaning asosiy g’oyalari to’g’risida" degan asarida insonning muhim fazilati – uning so’zlovchi mavjudot ekanligidir, deydi. Uning fikricha barcha kishilar tana tuzilishi bo’yicha bir xildir, biroq ular xarakter nuqtai nazaridan muzdek suv qaynoq suvdan, oq ko’ylak qora ko’ylakdan farq qilganidek, bir-biridan farq qiladi, deydi. Forobiy Aristotelning inson ijtimoiy hayvon, degan fikriga qo’shiladi.
  • Forobiyning inson va jamiyat haqidagi fikrlari uning "Fozil shahar aholisi" asarida keng bayon qilib berilgan. Uning fikricha "Aql va nafs insonning boshlang’ichidir... ammo bu boshlang’ichlar odamzotning shu tabiiy boshlang’ichlar (ya’ni moddiy borliq) ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi, chunki inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash, ishlash (kasb-hunar)ga muhtojdir".

FAROBIY JAMIYAT HAQIDAGI FALSAFIY QARASHLARI

  • Fan va madaniyat olamida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan ulug‘ mutafakkir, zabardast olim, buyuk allomalardan biri, shubhasiz, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiydir (873—950). Dunyo fani va madaniyati, uyg‘onish davrining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri bo‘lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat tsivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o‘chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko‘proq Arastuning asarlarini targ‘ib qildi, ularning ko‘plarini arab tiliga tarjima qildi, sharhlar yozdi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to‘la o‘zlashtirmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining «quli»ga aylanib qolmadi, balki ko‘p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o‘z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o‘zini namoyon qildi.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə