Abu Nasr Farobiy va Al G’azoliyning falsafa faniga oid qarashlari Abu Nasr Forobiy (872-950)



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#141258
1   2   3   4   5   6
Abu Nasr Farobiy va G’azoliyning falsafa faniga oid qarashlar

IKKINCHI MUALLIM

  • IKKINCHI MUALLIM
  • Abu Nasr Forobiy «Sharq Arastusi», «Ikkinchi muallim» nomlari bilan O‘rta Osiyo madaniyatining asoschilaridan biriga aylanganligi bejiz emas edi, albatta. Forobiyning shaxsi va ijodi ko‘pgina olimlarning diqqatini o‘ziga jalb etgan bo‘lib, u haqida ko‘pdan-ko‘p tortishuv va munozaralar bo‘lib turar edi. Uning so‘nmas ilmiy va madaniy merosi ta’siri ostida dunyoning juda ko‘p madaniyat vakillari, jumladan, Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, Nosir Xisrav, Mirzo Ulug‘bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Grigor Tativatsi, Ioane Petritsi, Rodjer Bekon, Sicher Brabantskiy va boshqa yuzlab fan fidoyilari shakllangan, o‘zligini anglab, mustaqil ijod yo‘lini topib olganlar, desak mubolag‘a bo‘lmas.

Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi.

  • Forobiy yaratgan falsafiy tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo‘lib, o‘z davri fanlarining barcha muhim masalalari — falsafaning umumiy muammolaridan tortib, tabiatshunoslik ilmining asosiy falsafiy masalalari, borliqni bilish va mantiqning bahsli muammolari, inson va tabiat o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik, ya’ni ekologik muammolarni ham o‘z ichiga oladi.

  • Sharq Uyg'onishi, Sharq Renessansi xaqida gap ketganda turli soxa olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san'atshunoslar bu masalaga befarq bo'lmaganlaridek, qarashlar xam asosan ikkiga bo'linadi. Uyg'onish atamasi (italьyancha-fransuzcha-Renaissans-Uyg'onish) ni dastavval shu madaniyat soxiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san'atni uyg'otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san'at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashxur san'atkorlar xayotidan lavxalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an'analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so'ng» tiklanishini anglatib, so'ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. YA. Burxart Uyg'onish (Renessans) ni aloxida tipdagi madaniyat deb baxoladi.
  • 1950 yillarning o'rtalaridan e'tiboran «Sharq» Uyg'onish davri masalasida jiddiy munozara baxs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi taxlilida akademik N. Konrad Uyg'onish davrini qadimgi, o'rta asrlar singari insoniyat sivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy xodisa deb qaraydi . Umumjaxoniy jarayon xisoblagan Uyg'onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, ¢arb sari siljigan va XIV asrda Yevropa xodisasiga aylangan. Uyg'onishning bunday talqiniga qarshi bu xodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko'rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjaxoniy fenomen bo'lishi mumkin emas, deb xisoblovchilar xam bor.
  • Uyg'onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), Eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Xindistonda (Selishev), Turkiyada (Mellov), Armanistonda (Chaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nutsubidze, Natadze) kechkanligi xaqida ayrim ma'lumotalar keltiriladi. Ayni choqda xar ikki qarash tarafdorlarini Yevropa Uyg'onish davrini mutlaqo betakror xodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə