1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi



1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi
 
REJA: 
1.
Antik davrning psixologik nazariyalari.
2.
O‘rta asrlarda psixologiyaning umumiy tavsifi.
3.
V-XI asrlarda yevropa psixologiyasini rivojlanishi.
4.
Yangi davrda psixologiyani rivojlanishi va uning birinchi 
nazariyasi. 
5. Psixologiyada ratsionalizm va sensualizm.
 
Antik davrning psixologik nazariyalari 
Antik davr yunon falsafasi qadimiy Sharq – Bobil va Misr, 
Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoyda paydo bо‘lgan diniy-falsafiy 
ta’limotlar ta’sirida, Yunonistonda yuksak rivojlangan quldordik 
jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-
sharoitlar asosida vujudga keldi. Miloddan ilgarigi VIII-VI asrlarda 
Kichik Osiyo, О‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin 
Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari о‘rtasida savdo, 
iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oladi.
 
Animizm
( lot. “anima” - ruh) Ruh haqida afsonaviy tasavvurlar 
vujudga keladi. Har bir hissiy idrok qilinayotgan narsa о‘zining juftiga 
ega deb hisoblanadi.
Gilozizm
– dunyoning umumiy jonliligi haqidagi ta’limot.
Milet maktabi.
Milet faylasuflari о‘z falsafiy qarashlarini tabiiy-
ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa 
bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda 
“falsafa” nomi bilan atalar edi. 
Ilk yunon faylasuflari Milet shahri falsafiy maktab vakillari: Fales, 
Anaksimanr va Anaksimenlardir. Ular о‘zlarining falsafiy asarlarida 
kosmologizmga oid, ya’ni astronomik bilimlarga oid о‘z qarashlarini 
ifodalab berdilar. 
“Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi ta’limotdan boshlanishi kerak 
edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan ilgari surilgan birinchi 
ilmiy gepoteza”dir deb yozadi L.S. Vigotskiy.


Anita - ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud 
bо‘lgan bо‘lsada er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar tub 
burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy farazlar 
paydo bо‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha 
muammolarning boshi shu yerdadir. 
Qadimgi yunon falsafasining eng muhim jihati – uning stixiyali 
dialektik xarakterga egaligidir. Bu dialektikaning asoschilaridan biri 
Geraklitdir. U о‘zining olov tо‘g‘risidagi ta’limotida barcha narsalar 
olovdan paydo bо‘lib, sо‘ngra olovga qaytadi, deb, olovning yerga, suvga, 
havoga aylanishini va aksini ta’riflab, dunyoni doimiy harakatda
о‘zgarish jarayonida kо‘radi. 
“Qaysi yо‘llar bilan bormasin, baribir ruhning chegarasiga 
borolmaysan” degan aforizm bilan Efeslik 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə