1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Suqrot hayoti
: Suqrot taxminan miloddan avvalgi 470 yilda 
tug‘ilgan va 399 yilda vafot etgan. Uning faol falsafiy faoliyati 
naturfalsafa davriga (miloddan avvalgi 450-400 yillar) tо‘g‘ri keladi. 
Sofistlarga zamondosh bо‘lgan Suqrot dastlabki Afinalik faylasuf edi va 
butun umr bо‘yi ona shahrida yashagan. Uning otasi toshtarosh, onasi esa 
doya bо‘lgan. U aslzoda va badavlat bо‘lmasada, hech qachon о‘zining 
moddiy ahvolinin yaxshilashga urinmagan. Suqrot Ksantippaga uylangan 
va uch farzandli bо‘lgan. 
U juda kо‘rimsiz qiyofaga ega bо‘lgan. U doimo eski liboslarda
yalangoyoq yurgan. Ayollar borasida ham Suqrotning omadi 
yurishmagan. Garchi ikki marta uylangan bо‘lsa-da, oilaviy baxtga erisha 
olmagan. 
Suqrot asosiy vaqtini munozara va bahslarda о‘tkazgan. Bahslarda 
doim uning qo’li baland kelgan. Shuning uchun kо‘pincha uning sochidan 
tortib kaltaklashgan, ustidan kulib haqoratlashgan. Suqrot hammasiga 


dosh bergan. Odamlar bundan ajablanishganda ularga qarata shunday 
degan: “Eshak tepsa uni sudga bera olmayman-ku!”. 
Suqrot mohir raqqos bо‘lgan va bunday mashqni jismning 
salomatligi uchun foydali deb bilgan. 
U talabalarga og‘zaki saboq bergan va hech qanday yozma manba 
qoldirmagan. Timey ismli shogirdi: “Ey, ustoz, nima sababdan dono 
fikrlaringizni qog‘ozga tushirmaysiz?”- deb sо‘raganda, Suqrot: “Ey, 
Timey о‘lik hayvonlarning terisiga ishonching va tirik, barhayot fikrlarga 
ishonchsizliging juda mustahkam ekan”, - deb javob bergan. 
399 yil Suqrot bir yurtdoshining fitnasi tufayli fuqorolik meyorlarini
buzganlikda ayblanib, о‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan. Sudda
Suqrotning og‘zidan chiqqan sо‘nggi sо‘zlar shunday bо‘lgan: “Menga 
о‘lish uchun, sizga esa yashash uchun bu yerni tark etish fursati yetdi. 
Faqat buning qay biri afzalligi Xudodan о‘zga hech kimga ayon emas”. 
Sudda 220 nafar odam Suqrotning aybsizligini yoqlab, 280 nafar 
kishi esa unga qarshi ovoz bergan.
Suqrot Platonning dialoglarida tasvirlanganidek, g‘arbiy dunyo 
ruhiga eng kо‘p ta’sir kо‘rsatgan kishilar sirasiga kiradi. Suqrot insoniy 
shaxs sifatida u yuksak ma’naviyati, kamtarin va oddiy turmush tarzi, 
zukkoligi, samimiyligi, xushfe’lligi va hazil-mutoyibaga moyilligi kabi 
xususiyatlari bilan ajralib turar edi. Biroq Afinalik fuqarolar Suqrot ularni 
kо‘chada yoki bozorda yо‘ldan tо‘xtatib, suhbatga solib, qiyin savollarga 
tutadigan holatlarda muayyan darajada noqulay vaziyatga tushib 
qolishardi. Bir qator sabablarga kо‘ra, Suqrot ham sofistlar kabi о‘zining 
yoshlik davrini xazon qilib, jamiyat uchun xavfli odamga aylanmoqda
degan qarash ham shakllangan edi.
Suqrot hech narsa yozmagan. Uning ta’limoti (mabodo umuman 
uning ta’limoti xususida gapirish mumkin bо‘lsa) haqidagi bizning 
bilimimiz u haqida boshqalarning yozgan asarlariga asoslanadi. Asosan, 
bular Platon asarlari bо‘lib, Suqrot uning dialoglarida asosiy rol о‘ynaydi. 
Shuning uchun Suqrotning aslida nimalarni gapirganligini va Platonning 
dialoglarida Suqrot fikrlari bilan Platon fikrlari о‘rtasidagi chegarani 
aniqlash ancha qiyin vazifadir. Ana shu jihatni e’tiborga olib, Suqrot 
falsafasini Platonning bayon qilgani tarzda talqin etishga harakat qilamiz. 



Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə