1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Jaloliddin Rumiy (1207 - 1273) 
Jaloliddin Rumiy Balx shahrida tug‘ilib о‘sdi. Uni ba’zan Jaloliddin 
Balxiy deb ham atashadi. 


Rumiy she’riyatning barcha shakllarida mukammal ijod qildi. U 
bitgan g‘azallar, ruboiylar va masnaviylar she’riyat bо‘stonining 
durdonasiga aylangan. Rumiy asarlarida tashbehlarga о‘ralgan falsafiy
sо‘fiyona, teran g‘oyalarga keng о‘rin berilgan. Quyida Jaloliddin 
Rumiyni bizni muloxazaga chorlovchi fikrlaridan keltiramiz: 
- Ey dono odam, sen eng avvalo narsalarning mohiyatini bil, ularning 
aldamchi shakliga ishonma! 
- Sо‘z – libos. Ma’no shu libos ostiga yashiringan sir. 
- Kо‘zguda hamma narsa teskari kо‘rinadi. Ammo biz kо‘zgusiz 
о‘zimizni hech qachon kо‘ra olmagan bо‘lardik. Sen menga sо‘z ojiz 
deding. Agar о‘zingni haq deb bilsang, u holda sо‘zning ojizligi haqidagi 
sо‘zlaring ham ojizdir. 
Abulqosim Firdavsiy (934 (taxminan) – 1024 yillar) 
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy Xuroson viloyatining Tus shahrida 
kambag‘al oilada dunyoga keldi. 
Firdavsiy keng qamrovli va chuqur ilm egasi bо‘lib yetishdi. Shu bois 
uni “hakim”, “donishmand” deb ulug‘laganlar. Shoir ijodining ayni 
gullagan davrida G‘azna shahrida (hozirgi Afg‘oniston hududi) turk 
sultoni Mahmud G‘aznaviy saroyida yashab, ijod qildi. 
Firdavsiy Mahmud G‘aznaviyga bag‘ishlab, mashhur “Shohnoma” 
asarini yozdi. Lekin bu asar Mahmud G‘aznaviy tomonidan yetarlicha 
qadrlanmadi. 
Rivoyat qilishlaricha, sulton G‘aznaviy Firdavsiyning yozilajak 
“Shohnoma” asarining har bir bayti uchun bittadan oltin tanga berishni 
va’da qiladi. 60.000 baytdan iborat asar tayyor bо‘lgandan keyin esa 
G‘aznaviy va’dasidan qaytadi. Firdavsiyga G‘aznaviy karvon orqali berib 
yuborgan tangalarning hammasi kumush bо‘lib chiqadi. Bundan qattiq 
ranjigan shoir tangalarning bir qismini karvondagilarga, boshqa qismini 
hamollarga ulashadi. Tangalarning qolgan hammasiga esa yaxna 
ichimliklar sotib oladi. Uning bu harakatlari hukmdorga qarshi 
norozilikning yaqqol ifodasi edi. Sulton G‘aznaviy shoirni filning 
oyoqlari ostiga tashlab, jazolash haqida farmon beradi. Firdavsiy tug‘ilgan 
yerini tashlab, musofirlikda hayot kechirishga majbur bо‘ladi. 


G‘am-qayg‘u ham, huzur-halovat ham aqldandur. Ulug‘vorlik va 
buzilish ham aqldandur- deydi Firdavsiy. 
Olamda eng avvalo inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql 
yana uch qо‘riqchi: til, kо‘z, quloqning ustidan ham posbonlik 
qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali 
qalbga kirib boradi. 
Ne sababdan uzoq umr kо‘rmoq tilaysan? Bilasan-ku, baribir olam 
sirlarini hech qachon anglab yeta olmaysan. 
 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə