1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Abu Nasr Ibn Muhammad al-Forobiy (870-950) qarashlari



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

 
Abu Nasr Ibn Muhammad al-Forobiy (870-950) qarashlari 


О‘rta asrlar Markaziy Osiyo xalqlari falsafiy fikrining rivojlanishda, 
ayniqsa, Abu Nasr Ibn Muhammad 
al-Forobiy
(870-950) faxrli о‘rin 
tutadi. U Sirdaryo bо‘yidagi Forob qishlog‘ida tug‘iladi va dastlabki 
bilimini Shosh, Samarqand va Buxoroda oladi. Sо‘ngra Forobiy о‘z 
bilimini davom ettirish uchun Bag‘dodga boradi. Natijada, u о‘z 
davrining yirik olimi va buyuk faylasufi bо‘lib yetishadi. Forobiy 
Bag‘dodda yashab ijod qiladi, umrning sо‘nggi yillarini Xalab va 
Damashqda о‘tkazib, shu yerda vafot etadi. 
Al-Forobiy 160 dan ortiq asarlar yozgan bо‘lib, bizga ularning bir 
qismigina yetib kelgan. U yaratgan asarlarni ularning xarakteriga qarab 
ikki guruhga ajratish mumkin: a) qadimgi yunon tabiatshunos olimlari va 
faylasuflari ilmiy merosini о‘rganish, tarjima qilish va sharhlashga oid 
asarlar. Bulardan Aristotelning “Kategoriyalar”, “Ikkinchi analitika”, 
“Topika”, “Poetika”, “Ritorika” “Sofistika” va shu kabi asarlariga 
yozilgan sharhlarni keltirish mumkin; b) О‘rta asr fanining tabiiy-ilmiy, 
ijtimoiy-siyosiy va falsafiy masalalariga oid risolalar. Bulardan: “Ixso-al-
ulum”, “Hikmat asoslari”, Aristotel “Mantig‘ining talqinlari”, “Katta 
musiqa kitobi”, “Assiyosat al-madaniy”, “Mantiqqa kirish”, “Vakuum 
haqida”, “Fozil odamlar shahri” va shular kabilardir.
Forobiy falsafiy qarashlarining asosini uning dunyosining tuzilishi 
haqidagi panteistik ta’limoti tashkil qiladi. Bu ta’limotga kо‘ra, butun 
mavjudot-borliq emanatsiya asosida yagona boshlang‘ichdan bosqichma-
bosqich vujudga kelgan. Bu oltita bosqichdan iborat bо‘lish, ular о‘zaro 
sababiyat orqali bog‘langan. Bundagi birinchi bosqich-birinchi sabab – bu 
“vujudi vojib” -о‘z-о‘zidan zaruriy mavjud bо‘lgan yagona Olloh (as-
sabab al-avval); ikkinchi bosqich-bu birinchi “vujudi mumkin” bо‘lib, 
ular osmon jismlari, ikkinchi sababdir (as-sabab as-soniy); uchinchi 
bosqich-bu ikkinchi “vujudi mumkin”, ya’ni faol aqldir (al-aql al faol); 
tо‘rtinchi bosqich - tо‘rtinchi sabab-bu tirik mavjudotlarga xos jonxir (an-
nafas), ya’ni uchinchi “vujudi mumkin”dir; beshinchi bosqich-beshinchi 
sabab-bu narsa va hodisalarning kо‘rinishi, ya’ni shakli (as-surat)dir, 
ya’ni turtinchi “vujudgi mumkin”dir; nihoyat, oltinchi bosqich-oltinchi 
sabab-bu narsa va hodisalarning jismi, tanasi, ya’ni moddadir, bu 


beshinchi “vujuddi mumkin”dir. Bu bosqichlar bir-birlari bilan sababiy 
bog‘langandir. 
Borliqning Forobiy tomonidan bunday talqin qilinishi о‘sha davrda 
tabiiy-ilmiy g‘oyalarning yanada rivojlanishiga keng yо‘l ochadi. Uning 
talqinidagi tо‘rtinchi, beshinchi va oltinchi bosqichlar osmon va yer 
sathidagi jismlar moddiylik xossasiga ega bо‘lib ular ham 6 turga 
bо‘linadi: tо‘rt element osmon jismlari, minerallar, о‘simliklar, aqlsiz 
hayvonlar va aqlli hayvonlar. Forobiyning borliq haqidagi bu ta’limotida 
shakl va mazmunning munosabati haqida u shaklni narsalarning qiyofasi, 
tuzilishi va shu kabi miqdoriy aniqlovchilarning yaxlit kо‘rinishi, deb; 
moddani esa narsalarni tashkil qiluvchi mohiyat, asos, deb tasavvur qiladi. 
Forobiy Xudo bilan borliqni bir butunlik sifatida olib, ulardan 
sabab-oqibat shaklida boshqa barcha narsalarni keltirib chiqaradi. 
Uningcha, xudo yakka-yagona bо‘lib, u na massaga, na nasabga, na 
ta’rifga ega bо‘lmagan zaruriy, о‘z-о‘zicha mavjud “vujudi zarurdir”, 
boshqa barcha bosqichlarning, xususan, moddaning ham sababidir. “U 
shu ma’noda barcha narsalar mavjudligining sababini;-deb yozadi 
Forobiy,-u ularga abadiy mavjudlik kasb etadi va ularni no mavjudlik
xolos etadi”.
Forobiyning fikricha, oltinchi bosqich modda kо‘plab belgi va 
xususiyatlarga ega, ya’ni u sifat va miqdorga, substansiya va 
aksidensiyaga, imkoniyat va voqelikka, zaruriyat va tasodifga, harakat, 
makon va zimonga ega. Uning ta’kidlashicha: “hamma narsalar uchun 
umumiy jism-olamdir, olamdan tashqarida hech narsa yо‘q”. Jism 
bо‘lishlik hislati mavjud hamma narsalarning xususiyatidir. 
Forobiy inson, uning bilishi, ilm-fan va aql haqida ham о‘zining 
falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Garchi u insonni “aqlli hayvon” desa 
ham aqlli inson haqida shunday yozadi: “Aqlli deb shunday kishilarga 
aytiladiki, ular fazilatli, о‘tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur 
narsalarni kashf va ixtiro etishga zо‘r iste’dodga ega, (ular) yomon 
ishlardan о‘zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilarni oqil, deydilar. 
Yomon ishlarni о‘ylab topish uchun zehn-idrokka ega bо‘lganlarni aqlli, 
deb bо‘lmaydi, ularni ayyor, (muttaham), aldoqchi, degan nomlar bilan 
atamoq lozim”.


Forobiy, borliqni insoning bila olishini qayd qilib, insonning 
bilishini, uning ruhiy qobiliyatlarini inson miyasi boshqaradi, barcha 
ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati ham unga bog‘liq, deydi. U 
о‘zining “Ilm va san’atning fazilatlari” risolasida insonning tabiatni 
bilishi cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan 
oqibatni bilishga, aksidensiya (al-oraz)lardan, ya’ni sifatlardan 
substansiyani-mohiyat (javhar)ni bilishga qarab borishini, ilmning borgan 
sari ortib, chuqurlashib borishni aytadi. 
Forobiy inson bilishi jarayonini ikki bosqichga bо‘lib, bu 
bosqichlarning о‘zaro bog‘liqligini, aqliy bilim hissiy bilishsiz yuzaga 
kelmasligini alohida ta’kidlaydi. U inson bilish jarayonining bu 
bosqichlarini insondagi “tashqi quvvat” va “ichki quvvat”lar bilan 
izohlaydi. “Tashqi quvvatlar” bevosita tashqi ta’sirlar orqali sezgi 
a’zolarida vujudga keladigan sezgilardir. Ular 5 turli: teri-badan sezgisi, 
ta’m bilish sezgisi, hid bilish sezgisi, eshitish sezgisi, kо‘rish sezgisi. 
Bularnng hammasini Forobiy hissiy bilish (“quvvat hissiya”), deb 
qaraydi. “Ichki quvvatga”ga esa u esda olib qolish (xotira), hayol 
(tasavvur), his-tuyg‘u nutq (fikrlash) “quvvatlari”ni kiritadi. “Ichki 
quvvat” deganda u insonning aqliy bilish bosqichini tushunadi. Uningcha, 
ilmni egallash shu “quvvatlar” orqali amalga oshadi. 
Forobiy “Aql ma’nolari haqida” risolasida aql muammosini chuqur 
tahlil qilib, bu haqida aql, bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi 
tomondan, tashqi ta’sir, ya’ni ta’lim-tarbiyaning natijasi, deydi. Uning 
fikricha, aql faqat insongagina xos bо‘lgan ruhiy kuch bilan bog‘liq 
qobiliyat, insonni hayvondan ajratuvchi asosiy omildir. Forobiy о‘z bilish 
nazariyasida Platonning g‘oyalar dunyosi, g‘oyalarning tug‘ma bо‘lishi 
haqidagi ta’limotga qarama-qarshi, g‘oyalarning, tushunchalarning 
borliqdan, reallikdan olinganini, masalan, matematik tushunchalar: nuqta, 
chiziq, doira va sath kabi geometrik tushunchalar real mavjud 
narsalarning inson miyasidagi fikri in’ikoslari ekanligini aytadi. 
Forobiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega. U 
о‘rta asrlarda birinchi bо‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va 
vazifalari haqida izchil talimot yaratdi. Forobiyning bu ta’limoti uning 
“Fozil shahar aholisining maslagi”, “Davlat saodatga erishuv yо‘llari 


haqida risola” asarlarida о‘zining yorqin ifodasini topgan. U “Fozil shahar 
aholisining maslagi” risolasida shunday yozadi: “Har bir inson tabiatan 
shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq 
uchun kо‘p narsalarga muxtoj bо‘ladi, u bir о‘zi bunday narsalarni qо‘lga 
kirita olmaydi, ularga ega bо‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj 
tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda har biriga 
yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bо‘lgan narsalarni yetkazib 
beradi. Shuning uchun insonlar kо‘paydilar va yerning aholi yashaydigan 
qismiga о‘rnashdilar, natijada, inson jamoasi vujudga keldi”. Forobiy о‘z 
davridayoq buyuk faylasuf, Sharq mutafakkirlari orasida Aristoteldan 
keyingi “Ikkinchi muallim” degan nomga sazovor bо‘lgan qarashlari 
bizning mustaqillik sharoitimizda ham muhim ahamiyatga ega. 
О‘rta asr Sharqining, xususan, Markaziy Osiyo ilk uyg‘onish 
davrining qomusiy olimlaridan yana biri Abu Rayxon Muhammad Ibn 
Ahmad Beruniy (973-1048)dir. U qadimiy Xorazmning poytaxti bо‘lgan 
Kot shahrida tug‘ilib о‘sadi va shu yerda muvaffaqiyat bilan bilim oladi. 
U ona tilidan tashqari, arab, sug‘d, fors, suryoniy, yunon, qadimiy 
yahudiy tillarini, keyinroq sanskrit va hind tillarini о‘rganadi. Beruniy о‘z 
davridagi deyarli hamma ilm sohalarini egallaydi va ularga oid о‘zi ham 
kо‘plab asarlar yozadi. Natijada, u о‘zidan keyingi avlodlarga katta va 
boy ilmiy meros – 160 dan ortiq asarlar, tarjimalar, yozishmalar qoldiradi. 
Beruniy fikricha, xudo va boshlang‘ich modda, ya’ni materiyadan boshqa 
hech narsa bо‘lmagan. Borliq abadiy, u о‘zgarish va taraqqiyotdadir. 
Materiya muayyanlik libosiga burkanadi, u faoldir, harakat tamomila 
materiyaga tegishli, u ruhni modda bilan bog‘laydi va uni turli shakllarda 
kezib yurishga majbur etadi. Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari 
insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. U insonni eng sharafli borliq 
sifatida tushuntiradi. Inson faqat о‘zi uchun yashamasligi, insonlar bir-
birlariga yordam berishlari kerakligini ta’kidlaydi. Uningcha, insonlar 
о‘rtasidagi tafovut kо‘proq tashqi jihatdan mavjud bо‘lib, ular ichki 
tuzilashi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lekin inson 
maymunga о‘xshasa ham, ular о‘rtasida tub farqlar mavjud. U 
“Hindiston” asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi tо‘g‘risida 


tо‘xtalar ekan: “Tillarning turlicha bо‘lishiga sabab-odamlarning 
guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir”,-deydi 

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə