Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash



Yüklə 21,42 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü21,42 Kb.
#146586
eritmadagi temir 8


Eritmadagi temir(II) ni bixromatometrik aniqlash
Davriy jadvaldagi 26-raqamli element – temir ham odamlarga juda qadimdan ma’lum. Temirdan yasalgan buyumlar eramizdan avvalgi 4000 yillikka tegishli Misr sag‘analaridan ham topilgan. Lekin, u paytlarda temir yarimqimmatbaho metall sanalgan. Masalan, yana o‘sha «Iliada» dostonida qayd etilgan sport musobaqalarida g‘olib atletga temir medal mukofot qilib berilgani qayd etiladi. Eramizdan avvalgi 1500-yilgacha bo‘lgan davrlarda odamlar temirni qanday qilib ko‘p miqdorlarda olishni va undan buyumlar va qurol-yaroq tayyorlashni bila olishmagan.
Temirni sof holda ajratib olishni va undan qurol-yarog‘, hamda boshqa buyumlar tayyorlashni o‘zlashtirgan ilk xalq bu Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya) hududida yashagan xettlar bo‘lishgan. Xettlar temirdan yasalgan o‘q-yoy va boshqa qurollar, shuningdek, dubulg‘a, qalqon va sovut bilan qurollanib jang maydonida paydo bo‘lishganda, ularga ro‘baro‘ kelgan dushmanlar qandaydir «maxfiy qurol»ga duch keldik deb o‘ylashgan. Bronzadan yasalgan xanjar va oyboltalar temir dubulg‘a oldida ojiz qolardi. Ularning tig‘i qayrilib, dami o‘tmaslashib qolardi. Temir oybolta, o‘q-yoy va xanjarning tig‘i esa bronza qalqon va sovutni qiyinchiliksiz teshib o‘tib ketar va dushmanga mislsiz talafot yetkazardi. Ya’ni, temir bronzadan ko‘ra sezilarli darajada qattiq va pishiq bo‘lib chiqqan.
Keys savollari:
1. Qotishma yoki ruda tarkibidagi temir miqdorini aniqlang.
2. Analizni bajarish tartibini yozing.
Keys javoblari:
Qotishma yoki ruda tarkibidagi temir miqdorini aniqlash.
Qotishma yoki ruda tortimi H2SO4 yoki HCl eritmasida eritiladi. Eritmadagi temir (III) ioni qalay (II) xlorid tuzi bilan qizdirib qaytariladi:
2Fe3+ + SnCl42- + 2C1- → SnCl62- + 2Fe2+
Qaytaruvchi Sn (II) ning ortiqcha miqdori HgCl2 yordamida yo‘qotiladi:
Sn2+ + 2HgCl2 → Sn4+ +2Cl- + Hg2Cl2
Eritma ustiga himoyalovchi aralashma (Simmerman-Reyngardt aralashmasi MnSO4, H2SO4 va H3PO4) qo‘shib, u byuretkadagi KMnO4 eritmasi bilan titrlanadi. Bunda reaksiya quyidagi yo‘nalishda boradi:
5Fe2++ MnO42- + 8H+ = 5Fe3+ + Mn2+ + 4H2O
Analizni bajarish tartibi. Qotishma yoki rudaning tortimini olishda uning tarkibidagi temirning miqdori 0,2-0,6 gr bo‘lishi hisobga olinadi. Tortim qizdirilgan holda sulfat yoki xlorid kislotada eritiladi. Hosil bo‘lgan eritma 250 ml hajmli o’lchov kolbasiga to’la o‘tkaziladi, kolbaning belgisigacha suv qo‘shilib, eritma astoydil aralashtiriladi. Hajmi 0,5 l bo’lgan titrlash kolbasiga alikvot qism olib, unga 5 ml konsentrlangan HCl qo‘shiladi va eritma deyarli qaynaguncha isitiladi. Issiq eritmani to‘xtovsiz aralashtirib turgan holda rangsizlanguniga qadar SnCl2 eritmasidan tomiziladi. Eritma rangsizlangandan so‘ng unga yana bir tomchi SnCl2 qo‘shib (ortiqcha miqdorda qaytaruvchi qo‘shmang), rangsiz eritmani vodoprovod jo‘mragi ostida tez soviting va hajmi taxminan 100 ml bo’lgunga qadar distillangan suv, 15 ml HgCl2 qo‘shib, aralashtiriladi. Agar aralashma to‘g‘ri tayyorlangan bo’lsa, u holda ozgina oq cho‘kma (Hg2Cl2) hosil bo’lishi kerak. Agar cho‘kma hosil bo’lmasa yoki qoramtir bo’lsa, analiz qayta bajarilishi kerak. Eritmadan cho‘kmani ajratmay ustiga taxminan 200 ml suv va 8-10 ml himoyalovchi eritma qo‘shib, byuretkadagi KMnO4 bilan pushti rang hosil bo’lgunga qadar titrlanadi. Rang 10-15 sek davomida yo‘qolmasligi kerak. Titrlash kamida uch marta takrorlanadi. Titrlash natijalari jadval ko‘rinishida yoziladi.
Po’lat tarkibidagi nikel miqdorini fotometrik aniqlash
Nikel qimmatbaho metall bo’lib, tashqi ko’rinishi kumushga o’xshaydi. Bu ko’plab sohalarning, ayniqsa sanoat va tibbiyotning muhim xom ashyosi.
Nikel – bu tangalardan tortib, avtomobilsozlik sanoatiga qadar keng qo’llaniladigan metall. O’zbekistonda nikel kamroq mamlakat va shuning uchun nikelga bo’lgan ehtiyojigachet el bog’liq. Dunyoda nikelga bo’lgan talab texnologiyaning rivojlanishiga mutanosib ravishda o’sib bormoqda.
Keys savoli:
Suniy aralashmalar tarkibidagi Nikelni aniqlash usulini yozing.

Keys javoblari:
Ma’lumki har bir modda, tabiatiga ko’ra ma’lum to’lqin uzunligidagi nurni yutadi, shuni e’tiborga olgan holda nikel( II) ionining piridil-2-azo-naftol-2 reagenti bilan kompleksining eng yuqori nur yutish sohasi quyidagicha aniqlandi:
Aniqlash usuli:25mlli o’lchov kolbasiga bufer eritmadan 5 ml, 0.01% li,reagent eritmasidan 1.0 ml va 50mkg/ml li nikel (II) eritmasidan 1.0 ml solib, kolbaning belgisigacha distillangan suv quyildi. Hosil bo’lgan kompleksbirikmaning optik zichligi KFK-2 fotokolorometr asbobida va nur yutish qalinligi l=1,0 sm li kyuvetada solishtirma eritmaga nisbatan har xil nur filtrida o’lchandi.
Solishtirma eritma sifatida aniqlanadigan metall ionidan boshqa barcha komponentlar qo’shilgan eritmadan foydalanildi. O’lchash natijalari.
Olingan natijalardan ko’rinib turibdiki, kompleks birikma 6- nur filtri λmax =540 nm da yuqori optik zichlikni namoyon qiladi. Keyingi ishlar λmax=540 nmda olib boriladi.
Yüklə 21,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə