1-Mavzu: Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi reja


Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari



Yüklə 463,81 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/20
tarix20.07.2023
ölçüsü463,81 Kb.
#119767
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-Mavzu Psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi

Abu Rayhon Beruniyning psixologik qarashlari
 
Abu Rayhon Beruniy (973-1043) ruh va ruhiyat masalalariga qiziqish 
bilan qaraydi. Buning sababi bor albatta, chunki olim о‘zidan oldin о‘tgan 
Yunon, Rim, Sharq olimlari, jumladan, M.Xorazmiy, Forobiy va boshqa 
mutafakkirlarining asarlarini qunt bilan о‘rgangan va ruhiyatga doir 
qarashlarning ahamiyatini tushunib yetgan. Qolaversa, insonni о‘qitishda 
va tarbiyalashda inson ruhiyatini bilish zarurligini anglagan. Bulardan 
tashqari insonlar bilan о‘zaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish 
lozim ekanligini yaxshi tushungan. 
Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va insonlarga xos deb 
bildi. Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson 
mantiqiy fikrlashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga qodir, insonda faol 
nerv xizmatlari mavjud deb kо‘rsatadi.
Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik 
faylasuf sifatida talqin etgan. Uning “Hindiston”, “Mineralogiya” kabi 
kitob va risolalarida о‘zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi 
muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda kо‘p, 
g‘oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud. 
Olim ruhiyat masalalarini alohida tо‘plab yozgan emas, bu masalalar 
uning asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy 
jarayonlarni, avvalo, tabiatda oliy mavjudot-insonning bilish jarayonini, 
inson bilimlarini boyitish, ma’rifatli bо‘lishidagi roli jihatidan 
о‘rganishga va talqin etishga harakat qildi. Shu sababli uning yuqorida 
keltirilgan asarlarida sezgilar va aqliy bilish, о‘zini tuta bilish, xotira, 
tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat kabi shaxsiy xislatlarni olamni bilish 
jarayonlari bilan bog‘liq holda kо‘rsatadi. 
Beruniy insonning barcha mavjudotlardan ustunligi uning tafakkuri 
orqali ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzodlar 


unga bо‘ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bо‘lar 
edi. 
Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning 
yordamida voqea va hodisalarni bir-biriga solishtirish, tahlil qilish orqali 
rostni yolg‘ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni 
esa nohaqlikdan ajratishi mumkin. Bu psixologiya fanini rivojlanishiga 
ijobiy ta’sir kо‘rsatishini isbotlaydi. 
Beruniy inson xotirasini “tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan. 
Xotirasi kuchsiz kishilarda, uni tirishqoqlik va kо‘p shug‘ullanish bilan 
mustahkamlash mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. 
Beruniy inson ruhiyati haqida sо‘z yuritar ekan, uning bir-biriga aks 
ta’sir kо‘rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar 
bо‘ysunuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa kо‘p hollarda tana 
haroratiga tobe bо‘lishini va shu sababli unda xilma-xil holat vujudga 
kelishini aytadi.

Yüklə 463,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə