Estafetali harakatli o'yinlarni o'tkazish metodikasi reja: Kirish



Yüklə 36 Kb.
səhifə1/11
tarix19.10.2023
ölçüsü36 Kb.
#128323
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ESTAFETALI HARAKATLI O\'YINLARNI O\'TKAZISH METODIKASI


ESTAFETALI HARAKATLI O'YINLARNI O'TKAZISH METODIKASI
Reja:
Kirish

  1. Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi.

  2. Harakatli o’yinlarning turlari va mazmuni.

  3. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport o‘yinlari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Bugungi kunda ta’lim sohasida, jumladan, jismoniy madaniyat sohasida ham ustuvor islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, yurtboshimiz sport sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratdi. Bu bejiz emas, albatta. Sport – sog’lom muhitni yaratishda, yosh avlodni har tomonlama jismonan va ma’nan kamol toptirishda hal qiluvchi kuchga ega. Sababi, biz hamon taraqqiyot sari ketayotgan ekanmiz, hali yo’limizda yechilishi kerak bo’lgan ta’limiy muammolar talaygina. Masalan, shu kunlarda hayot talabi va tarbiya uslublari o’rtasida qandaydir zaiflik, bo’shliq mavjud. Binobarin, mana shu bo’shliqni to’ldirish uchun xalqimizning bebaho an’analari, noyob qadriyatlaridan hisoblanmish xalq harakatli o’yinlari, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari muhim o’rin tutadi. Tarixga murojaat qiladigan bo’lsak, ibtidoiy jamoa davridayoq halqharakatli o’yinlarining dastlabki namunalari paydo bo’la boshlagan.
Fidoiy halqimiz necha yuz yillar davomida har bir o’yinni qalb- qo’ri bilan yaratdi, sayqalladi va mukammallashtirdi. Saralangan o’yin turlarini kelgusi avlodlar uchun ko’z qorachig’iday asrab-avaylab keldi. Taraqqiyotning har qanday bosqichlarida ham katta avlod vakillari kenja avlod vakillari uchun yordam qo’llarini cho’zib, imkon qadar, o’zto’plagan bilim va tajribalarini sevimli mashg’ulotlariga bo’lgan munosabatlarini yoshlarga ham tinmay o’rgatib, tadrijiy bog’lanishni vujudga keltirdi. Demak, yoshlarni jismoniy tarbiyalash jarayonida halq harakatli o’yinlaridan o’z o’rnida ko’prok foydalanilsa, o’yinlarning ta’sirchanligi ham oshadi. Buning mamlakatimiz va millatimizning dunyo miqyosidagi nufuzi yuksalishi uchun ahamiyati katta. SHunday qilib, halq yaratgan harakatli o’yinlar mexnat, turmush tarzi, atrof-muxit tabiati, halqning madaniy merosi, an’analari, urf-odatlari, umuminsoniy kadriyatlari bilan birikib, ajoyib ajoyib mutanosiblikni hosil qiladi. O’zbek halq o’yinlarini o’rganish, tadqiq qilish va uni yoshlarni tarbiyalash amaliyotiga joriy qilish, o’z qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va ma’naviy boyliklarimizning yuksaklikka ko’tarilishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi.




  1. Yüklə 36 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə