Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson gʻoyasi. Reja: Kirish



Yüklə 22,7 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü22,7 Kb.
#153412
  1   2   3   4
Alisher navoiy ijtimoiy-falsafiy qarashlari-fayllar.org


Alisher navoiy ijtimoiy-falsafiy qarashlari

Alisher Navoiyning falsafiy qarashlari. Alisher Navoiy asarlarida jamiyat bilan inson munosabati va komil inson gʻoyasi.
Reja:
Kirish


  1. Temuriylar davr falsafasi


  2. Xarakat turlari va ularning o'zaro aloqadorligi.


  3. Ahloqiy tamoyillar va ularning mazmuni.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berish bugungi kun falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.
Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, millatimiz faxri, iftixori hisoblangan ulug’ alloma – Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir. Tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda. Olimning ilmiy, falsafiy, ijtimoiy- siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam urmasin, unda o’z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o’z asarlarida ilm va odob-axloq uyg’unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o’zaro do’stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas’uliyati to’g’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan.
Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini o’rganishga e’tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino asarlarining qo’lyozmalari saqlanadi, jumladan, O’zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa olimlaridan E.Bishmann, Yu.Russka Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M.U.Najotiy, A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma’lum hissa qo’shganlar. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H, S.Mirzaev, SagadeyevA.V, A.Semyonov, H.Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning “Axloq” to’g’risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta’sir etuvchi baxt-saodat masalasining ahamiyati aqlning yuqori o’rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. Ibn Sino o’zining “Axloq haqidagi risola”sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g’ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo’lish, ochiqlik, vijdonlilik, do’stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi.
Ibn Sino o’zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari haqida to’xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga hukumat ahllarning ham ta’siri kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning “ash-Shifo” asarlarining ko’pgina bo’limlarida ham uchratamiz. Bunda Ibn Sino insonda bo’ladigan g’azablanish,xavfning paydo bo’lishi, qo’rqoqlikning ma’nisi, uyalish va surbetlik xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g’amxo’rlik va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga,kishidagi xasad, o’ch olish, g’ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta’rif beradi.
Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning mehnati evaziga topilganlarni o’zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn Sino yozadi : “ Insonlarning doimiy tobe bo’lib yashashlari, boshqalar tomonidan o’z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo’lishiga sabab bo’ladi”.
Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi u:
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino , insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va xatti-harakatlarini qarama-qarshi qo’yadi. U , inson qochishi kerak bo’lgan nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik,rashk, adovat, o’ch olish, sergaplik, so’kinish, bo’xton, bema’nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish – fikr ravshanligiga, ahmoqlik– ziyraklikka, nafrat–sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik – adolatga qarshi turadi. Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o’ynaydi, “ Yomon xulq kabi, yaxshi xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o’zini nazoratga olish maqsadida shunday deydi: - “Men tafakkur qilib, o’zimga zarur bo’lgan nasalarni o’qishga kirishdim; bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zimni ko’p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib oldim. Qaysi fe’l-atvorim menga do’stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini
meni to’gri yo’lga-yu, qaysilari egri yo’lga boshlashini angladim. Xullas, men o’zimni o’zim yaxshilab sinchiklab o’rgandim, kimligimni tushundim va shundan keyin bilib ishimni qilgan edim, kata-katta yutuqlarga erishdim”. O’z qissalarida Ibn Sino mardlikni targ’ib qilib, munofiqlik, sergaplik, yolg’onchilik, ishyoqmaslikni, riyokorlarning ikkiyuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino kishilarni ilm-fanni o’rganishga, kasb-hunar egallashga da’vat etadi. Demak, Ibn Sino asarlari O’rta Osiyo xalqlari pedagogik qarashlari, o’rta asrlardagi ilm-fan tarixini o’rganishda ham eng muhim sarchashmalardan bo’lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Arastular o‘sib kelayotgan avlod ta’lim-tarbiyasini davlat zimmasiga yuklagan, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag’darib qo’ygan va bola tarbiyasi bilan shug’ullanish jamiyat va davlat manfaatlari uchun zarur va foydaliroq, deb ta’kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota- ona gardanidan soqit qilgan bo’lsalar, Ibn Sino bu vazifa birinchi galda oilaga taalluqli ekanini asoslab berishga urinadi. U jahon pedagogikasi tarixida birinchilardan bo‘lib farzand tarbiyasida oqila ayol kishining salohiyatini ko‘tarish zarur ekaniga alohida e’tibor qaratgan edi. Navoiy falsafasining, uning inson haqidagi fikrlarini, estetik gʻoyalarini, borliq haqidagi fikrlarini anglash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Navoiyning mutlaq borliq mavjudligini tan olib, uni zamon va makon nuqtai nazaridan cheksiz deb izohlaydi. Borliqni avvali va oxiri yoʻq, deb hisoblaydi. “Hayrat ul-abror” asarida Navoiy mutlaq borliqqa shunday taʼrif beradi:

Yüklə 22,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə