Bahorgi bug‘doy yetishtirish agrotexnologiyasi reja



Yüklə 49,21 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü49,21 Kb.
#137957
1   2   3   4
Bug‘doy ekinlarini yetishtirish texnologiyasi

G‘ozg‘on navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 68,9-71,5s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 61,5-64,6 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 71,5 s/ga, g‘o‘za qator orasida 64,6 s/ga ni tashkil etdi. 220 O‘rta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 64-66,6s/ga, g‘o‘za qator oralariga ekilganda esa 57-61,9 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 66,4 s/ga, g‘o‘za qator orasida 61.9 s/ga ni tashkil etdi. Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 54,2-59,7s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 39,7-41,7 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 59,7 s/ga g‘o‘za qator oralariga ekilganda esa 41,7 s/ga ni tashkil etdi. G‘ozg‘on navidan erta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda, o‘rta muddatda esa 5,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.
Bunyodkor navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 71,8-74s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 62,9-67,2 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 74 s/ga, g‘o‘za qator orasida 66,9 s/ga ni tashkil etdi.
O‘rta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 66,6-69,1s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 59-64,1 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 69,1 s/ga, g‘o‘za qator orasida 64,1 s/ga ni tashkil etdi.
Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish me’yorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 57-60,4s/ga, g‘o‘za qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 40,1-43,9 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda ochiq maydonda 60,4 s/ga, g‘o‘za qator orasida 43,9 s/ga ni tashkil etdi.
Bunyodkor navidan erta o‘rta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Yüklə 49,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə