Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə14/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Oybekjon -1 — копия

1. SHarq karami. O‘simlik yirik, past poyali, barglari katta bo‘lib, yerga yopishib o‘sishi hamda yuzasi mum g‘ubor bilan qalin qoplanganligi bilan xarakterlanadi. Bu kenja turga issiqqa chidamli, o‘rta va kechpishar (Likurishka 498/15, Termez 2500, Ashxabadskaya, Tashkentskaya 10, Uzbekistanskaya 133, Sudya Uzbekskiy kabi) navlar kiradi.
2. O‘rta er dengizi karami. O‘simliklari qisqa kun, yuqori harorat talab qiladi. SHuning uchun mu’tadil iqlimda juda erkaklab ketadi va bizda ekilmaydi.
3. Evropa karami. Turli muddatda pishadigan, morfologik belgilari har xil bo‘lgan navlarni o‘z ichiga olib, sovuqqa chidamliligi, issiqqa talabchanmasligi, uzun kunda yaxshi o‘sishi bilan farqlanadi. Bu kenja turga keng tarqalgan Nomer pervыy Gribovskiy 147, Iyunskaya, Saratoni, shuningdek Qizilbosh karamning Kamennaya golovka 447, GAKO 741 navi kiradi.
Karamning navlari bir-biridan morfologik belgilari va xo‘jalik-biologik xususiyatlari bilan farqlanadi. Uning eng muhim nav belgilari:
- Tashqi o‘zakning uzunligi: o‘zak 16 sm gacha – kalta, 16-20 sm o‘rtacha, 20 sm dan ziyod bo‘lsa uzun deyiladi.
- To’pbarg yirikligi va uning yer betiga nisbatan joylashishi (gorizontal, tik yoki yarim tik).
- To’pbargdagi barg shakli, yirikligi, rangi va mum g‘uborning mavjudligi.
- Karamboshining shakli, yirikligi, qattiq (zich) ligi hamda ichki o‘zak uzunligi.
- Karam boshning pishishi – ko‘chat o‘tqazilgach 2-2,5 oyda pishsa tezpishar, 2,5-3 oyda – o‘rtapishar, 3-4 oyda pishsa, kechpishar navlar deyiladi.
- Karamboshning saqlanuvchanligi – muhim biologik va xo‘jalik belgi bo‘lib, boshning yorilmasligi, mazasi va uzoq muddat saqlanishi bilan aniqlanadi. Odatda, karamboshni zich o‘raydigan navlar uzoq saqlanadi.

1.2-§. Oqbosh karamning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligiga etishtirish agrotexnologiyalarining ta’siri
Oqbosh karam eng ko‘p tarqalgan sabzavot ekini sifatida ham ko‘chatidan ham ko‘chatsiz usulda ko‘plab yetishtiriladi. Karamdan yuqori va sifatli hosil olish nafaqat ekilgan navga, balki ko‘chatlarni dalaga joylashtirishda oziqlanish maydonini to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Bu esa mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini ham oshiradi. Bu borada karamni oziqlanish maydonining hosildorlik va uning tovar sifatlariga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha A.R.Majgixovning [60; 166–167-b.] tadqiqotlari ayniqsa ahamiyatlidir. Tadqiqotda 2 ta ertapishar – Iyunskaya va Nomer pervыy Gribovskiy, 2 ta o‘rtapishar – Slava va Sudya, 2 ta kechpishar – YUjanka va Xarkovskaya zimnyaya navlari uyachasining xajmi 80 sm3 va 21sm3 bo‘lgan "Plantek-64" va "Plantek- 144" kassetalarida o‘stirib o‘rganilgan. Bunda ertagi navlar "Plantek-64" va kechki navlar esa "Plantek-144" kassetalarida yaxshi natija bergan. Demak, kechki navlar kattaroq oziqlanish maydoni talab etadi.
W. Titze, C. Alpers [117; 35–37-b.] xabar qilishlaricha, SHarqiy Evropada so‘nggi yillarda hajmi kichik bo‘lgan karambosh hosil qiladigan karam navlariga talab ko‘payib bormoqda. Buning uchun karamni ekish sxemasini o‘zgartirish kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab quyidagilarni bayon etadilar. Karamning “Kastello” va “Apeks” navlarini qator orasini 62,5 sm va qatordagi o‘simliklar orasini – 60, 40, 27 va 20 sm qilib ekilganda, gektariga 27, 40, 60 va 80 ming tup o‘simlik joylashadi va natijada turli hajm va vaznga ega bo‘lgan karamboshlar hosil bo‘ladi. Har ikki nav uchun eng yaxshi natija – 62,5x27 sm sxemada gektariga 60 ming tup o‘simlik joylashgan variantda kuzatilib, “Kastello” navidan 1100–1500 s/ga, “Apeks” navidan esa 1000–1200 s/ga hosil olingan.
J.Z. Mangal, A.N. Jasmin [114; 37–39-b.] Hindiston iqlimi sharoitida oqbosh karamning 5, 6 va 7 haftalik ko‘chatlarini qator orasini 40 sm va qatordagi o‘simliklar orasi 20, 30 va 40 sm qilib joylashtirib etishtirilganda, quyidagi natijalar olingan: 40x20 sm sxemada ekilganda birinchi yili hosili 30,92 t/ga, ikkinchi yili esa 30,68 t/ga hosil olingan. 40x30 va 40x40 sm sxemada ekilganda hosildorlik mos ravishda 22,76 va 23,46 t/ga; ikkinchi yili 17,58 va 18,56 t/ga bo‘lgan. Hindiston sharoitida karamdan eng yuqori hosil 32,84–33,68 t/ga olish uchun 5 haftalik ko‘chatlarini 40x20 sm sxemada ekish maqsadga muvofiq, deb xulosa qilingan.
AQSH ning Florida shtatida karamning “Ni Snou Kraun” duragayini egatlarga 31x30 va 38x30 sm sxemalarda ekilib, ustiga nur o‘tkazmaydigan plyonka mulcha sifatida yopilib yetishtirilgan. Tadqiqot natijalarida kuzatilishicha, karamni 0,11 m2 oziqlanish maydoniga ekilgan variantda gektaridan 19,5 tonnagacha tovarbop mahsulot olingan [111; 38–41-b.].
H.D.Hartmann, K.H.Zengerle [112; 41–42-b.] Geyzenxeym institutida karam o‘simligini suvga bo‘lgan talabini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazib, sug‘orishni optimallashtirishga asos solgan. Ya’ni oqbosh karam ko‘chati ekilganidan 2 haftadan keyin suvga talabi oshadi va 6 haftadan so‘ng maksimal darajaga yetishini aniqlagan. Suvga bo‘lgan talabni aniqlashda havo harorati, quyosh radiatsiyasi va yog‘in miqdori hamda tuproqning tabiiy unumdorligi darajasi hisobga olinishi kerakligi zarur, deb yozganlar.
L.M. Goleneva [31; 25–26-b.] xabar qilishicha, Rossiya Federatsiyasiga 1999 yilda xorijdan karamning 20 dan ortiq nav va duragaylari keltirilgan. Ular pishish muddatiga ko‘ra ertapishar, o‘rtapishar va kechpisharlarga bo‘linadi. Muallif 1999 yilda Moskva oblastining Dmitrovskiy rayonida shu navlarning 8 tasini va 6 ta mahalliy navlarini 24 may kuni 70x30-40 sm sxemada ekib sinab ko‘rgan va quyidagi natijalar olingan. Chet el navlaridan “Dimarsch EGA–409” va “Rezistor”, “Etna” duragaylari xarakteristikasida karamboshi o‘rtacha vazni 1400–1600 g bo‘ladi, deb yozilgan, ammo bizning tajribalarimizda bu ko‘rsatkich 500–1300 g. dan oshmadi, deb xabar qilgan.
M.A. Kulikov [55; 3–8-b.] o‘rganilgan oqbosh karam navlari va duragaylari uchun 70x50 sm ekish sxemasi yoki 0,35 m2 oziqlanish maydoni qulay bo‘lib chiqqan. Ekish sxemasi va duragayga bog‘liq holda gektaridan 45– 60 tonna hosil olishga imkoniyat yaratilgan.
N.N. CHernыsheva [103; 3–7-b.] Altay o‘lkasida seleksiya ishlari natijasida oqbosh karamning “Final”, “Florin” va “Talisman” duragaylarini yaratib, Rossiya Federatsiyasining Davlat reestriga kiritgan hamda 2010 yil “CHerkas” navini Davlat nav sinoviga topshirgan.
Lvov oblastining sabzavotchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida ertagi karam 2–2,5 ming gektar maydonda yetishtiriladi, hosildorligi 160– 180 s/ga. dan oshmaydi. Karam hosildorligini oshirish maqsadida uni shu kungacha ekib kelinayotgan navlarini yangi serhosil “Nadejda” naviga almashtirib, 70x30 sm sxemaga emas, balki 70x40 sm sxemada ekilganda hosildorlik 42 foiz yoki 7,5 t/ga. ga oshgan.
O.YA. Juk va G.K.Meged [124; 105–109-b.] Kiev Sabzavotchilik, kartoshkachilik tajriba stansiyasida oqbosh karamning 12 ta navi va 14 ta duragaylarini 70x70 sm sxemada aprel oyida ekib sinaganda “Pourovы Dobrovske” navi 3 yil mobaynida (o‘rtacha 822 s/ga) eng yuqori hosil bergan.
Karam turlaridan bizning mamlakatimizda eng ko‘p tarqalgani oqbosh karamdir. Undan 120 xil turli taomlar tayyorlanadi. SHuning uchun uni yangi hosili bilan aholini uzluksiz ta’minlashimiz kerak, deb o‘z fikrini quyidagicha bayon etadi I.E. Kitaeva [46; 11-b.]. Aholini kech kuz muddatgacha karamning yangi hosili bilan ta’minlash uchun tezpishar “Iyunskaya” navi aprel oyida ekilsa, birinchi hosili 15–20 iyunda etiladi, ko‘chatni qalin, ya’ni 70x30 va 60x30 sm sxemalarda (48–56 ming tup/ga) ekilsa hosildorlik yuqori bo‘ladi. “Nomer pervыy Gribovskiy–147” navi tezpishar bo‘lib, hosili iyul boshlanishidan avgust o‘rtalarigacha etiladi. Rossiyaning markaziy hududlarida aholi avgust-sentyabr oylarida karam hosiliga ehtiyoj sezadi. SHu bois, ularni karamning yangi hosili bilan ta’minlash uchun muallif “Staxanovka–1513” navini ekib yetishtirishni tavsiya qilgan. Uning hosili avgust oxiri-sentyabr boshlarida etiladi.
Tyumen oblastining Tyumen rayonida karamning “Kryumen” F1 duragayining 40 kunlik ko‘chati 10, 20 (nazorat), 30 may va 10 iyunda ochiq maydonga 70x20, 70x30, 70x40 va 70x50 sm sxemalarda ekilganda, eng yuqori hosil (77,6 t/ga) 70x40 sm sxemada 0,28 m2 oziqlanish maydonida 10 mayda ekilgan variantdan olingan [42; 17-b.].
Rossiyaning Kurgan oblasti Telman rayoni sharoitida karamning “Amager–611” navini 70x40 sm sxemada 10 iyunda ekib, 60 gektar maydondan 3840 tonna yalpi hosil olingan. Bunda, karamning o‘rtacha hosildorligi 640 s/ga ni tashkil etgan va davlat rejasiga (375 s/ga) nisbatan 265 s/ga ortiqcha hosil etishtirilgan.
E.S. Karataev, V.E. Sovetkina [44; 128–135-b.], G.V.Boss va T.I.Djoxadze [22; 10–12-b.] karamni namlik etarli bo‘lgan rayonlarda egat ustiga, etarli bo‘lmaganlarida esa tekis erga ekishni tavsiya etishgan. Mualliflar, ertapishar navlarni 50x50; 70x30; 60x30 sm sxemalarda, gektariga 40, 46, 55 ming tup ko‘chat qalinligida, kechpishar va o‘rtapisharlarni esa – 70x70 yoki 80x80 sm sxemada gektariga 20,4–15,6 ming tup qalinlikda ekilganda yuqori sifatli hosil berishini ta’kidlashgan.
N.A. Smirnov, N.A. Kravsovlarning fikricha, SHimoliy Kavkazning markaziy qoratuproqli rayonlarida oqbosh karamni ekish sxemasi va gektardagi ko‘chat qalinligi quyidagicha bo‘lishi kerak: kechpishar navlar uchun 20–25 ming; o‘rtapishar navlar uchun 25–40 ming; ertapishar navlar uchun 50–60 ming dona ekish sxemasi 70x70 sm. dan to 70x23 sm. gacha bo‘lishi tavsiya qilingan.
A.S. Kornilov [50; 62–63-b.] o‘rtapishar “Nadejda” va kechpishar “Amager–611” karam navlarini ekish sxemalarini o‘rgangangan, bunda ekish sxemasini 60+120 sm, qatordagi o‘simliklar orasini 35–40 sm qilib, gektariga 20; 30 va 40 ming dona o‘simlik ekib joylashtirilgan. Gektarida 30 ming tup o‘simlik ekilganda ikkala navdan ham eng yuqori hosil olingan.
SH. Bekseevning [15; 181–184-b.] ma’lumoti bo‘yicha, karamning eng ertapishar navlari qator oralari kengligi 60–70 sm va gektariga 55–66 ming tup qalinlikda o‘simlik ekiladi. O‘rtapishar, o‘rtacha kechpishar va kechpishar
navlar uchun qulay ko‘chat qalinligi gektariga 15 mingdan to 18–21 minggacha; o‘rtapishar navlar uchun qatorlar orasi 70 sm, juda kechpishar navlar uchun 80–90 sm. Qatordagi o‘simliklar orasi ertapishar navlar uchun 25–35 sm, o‘rtapisharlari uchun 45–50 sm. dan to 60–70 sm. gacha, kechpisharlari uchun 60– 70 sm, juda kechpisharlari uchun 70–80 yoki 90 sm bo‘lishi kerak.
S.F. Timofeeva [94; 55–61-b.] oqbosh karam etishtirishda ekish sxemasiga to‘xtalib, ertapishar navlar egat oralari 60 sm; o‘rtapishar va kechpishar navlar egat oralarini 70 sm qilib ekishni tavsiya qilgan. Ammo, muallif qatordagi o‘simliklar oralari necha santimetr bo‘lishi kerakligini ko‘rsatmagan.
Oqbosh karamning ertapishar navlari qatorlar orasi 40–45 sm, qatordagi o‘simliklar orasi 20–25 sm hamda kechpishar navlarniki mos holda 55–60 sm va 30–35 sm bo‘lishi qayd etilgan.
N.V. Belov [119; 81–83-b.] Belorussiya sharoiti uchun oqbosh karamni pishish muddatlariga qarab quyidagi ekish sxemalarini tavsiya qilgan: ertapishar navlar bir pushtaga ikki qator qilib ekilganda ular oralari 50– 60 sm, qatordagi o‘simliklar esa 30–35 sm, qator oralari 60–70 sm bo‘lganda o‘simliklar oralari 25–30 sm bo‘lishi lozim. Kechpishar navlar 50–60x40–50 sm yoki 70x50 sm sxemada ekiladi.
Ukrainada S.D. Lыsogorov, A.S. Bolotskix [37; 200– 281-b.] oqbosh karamni naviga qarab 70x25–50 sm. gacha sxemada ekishni tavsiya qilgan. Bunda 1 gektardagi o‘simliklar soni, uning ma’lumoti bo‘yicha, 28 mingdan to 57 minggacha bo‘lishi kerak.
V.F. Pivovarov va boshqalar [72; 130–135-b.] oqbosh karamning quyidagi ekish sxemalarini tavsiya etishgan: ertapishar navlar uchun 60x30 sm, o‘rtapishar navlar uchun 60x40–45 sm va kechpishar navlar uchun 60x50 sm.
V.M. Sidorov [82; 60–67-b.] O‘zbekiston sharoitida oqbosh karamni ekish sxemasi: egat oralari 60–70 sm va qatordagi o‘simliklar oralari 35–40 sm bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Muallif navlarning pishish muddatlariga va xo‘jalik belgilariga qarab ekish sxemasini belgilamagan.
Yu.N. Korablev, N.S. Sыganyuklar [49; 17-b.] oqbosh karamni pishish guruhlariga qarab quyidagi ekish sxemalarini tavsiya qilishgan: tezpishar (juda ertagi) 70x35 sm; ertapishar – 70x40; o‘rtacha ertapishar – 70x50; o‘rtapishar – 70x50; o‘rtacha kechpishar – 70x50; kechpishar – 70x50 va juda kechpishar navlar – 70x70 sm.
V.A. Denisov [35; 18–19-b.] oqbosh karamdan erta hosil olish uchun ultra tezpishar F1 “Solo” duragayini 70x40 sm sxemada ekishni tavsiya qilgan. Bunda ko‘chat ekilgandan karamboshi texnik etilgunga qadar 40 kun talab qiladi.
Kichik boshli, ertapishar karam navlari kvadrat usulida 60x60 sm sxemada, qatorlab ekilganda qator oralari 70 yoki 60 sm va qatordagi o‘simliklar orasi 25–30 sm bo‘ladi. Yirik boshli kechpishar navlar esa 70x70 sm sxemada ekiladi.
S.V. Koroleva, I.YU. Sыbulnikovlarning ta’kidlashicha, ertagi karam Krasnodar o‘lkasida noqulay bo‘lgan qisqa kun ichida etishtiriladi. Mualliflar o‘z tajribalarida karamning ertapishar duragaylarini 70x30 sm sxemada ekib, ularni ustini plyonka bilan vaqtincha
– 15, 30, 45 kungacha yopib etishtirishni o‘rganilgan.
L.V.Pogorelыy [76; 106–117-b.]; A.S.Bolotskix, A.L.Kravets V. Marchenko, V. Opalko [61; 58–63-b.]; A.S. Bolotskix kabi olimlar oqbosh karamning pishish muddatlari qo‘lda yoki mexanizatsiya yordamida ekilishiga qarab quyidagi sxemalarni taklif qilganlar: ertapishar navlar – 60x30–40; 70x30–35; 90x25 va (50+90)x 30–35 sm; o‘rtapishar navlar – 60x50–60 va 70x35–40 sm; kechpishar – 60x60; 70x70; 70x40–50; 90x35–45 sm; ayrim xo‘jaliklarda lentasimon – 50+90 sm va 60+120 sm usulda ekiladi. Eng yuqori tovar hosil (71,4–76,6 t/ga) kvadrat, keng qatorli va lentasimon usullarda ekilganda: 60x60 sm, 70x60 sm, 70x70 sm va (50+50+80)x40 sm sxemalardan olingan.
Ya.X. Pantileev va boshqalar [71; 13–15-b.] Moskva oblasti sharoiti uchun oqbosh karamni navlariga qarab quyidagi ekish sxemalarini: ertapishar – 70x30–25; 70x50–40 sm; kechpishar – 70x40–50–60 sm, 70x60–70 sm ni tavsiya qilishgan.
A.D. Djaxangirov, V.P. Kuzmiщevlar [122; 92–94-b.] Rossiyada oqbosh karam tuproqning 10 sm qatlamida harorat 8°S ga etganda keng qatorlab qator oralari 50 sm. dan to 70 sm. gacha va qatordagi o‘simliklar orasi 35 sm. dan to 70 sm. gacha ekilishini tavsiya qilishgan.
V.I. Zuev, B.J. Azimovlarning [125; 130–136-b.] ta’kidlashicha, oqbosh karam navlari shakli, katta-kichikligi, bo‘g‘iz barglari va karamboshining yirikligi, o‘suv davrining har xilligi va boshqa sabablari bilan bir- biridan farq qiladi. SHu sababli, har bir mintaqada ekiladigan muddatiga qarab, shu sharoitga mos navlarni ekish kerak. Ular o‘z fikrlarini davom ettirib, O‘zbekistonda ertagi muddatda karamning “Nomer pervыy Gribovskiy–147” va “Din-zo-sin” kabi ertapishar navlarini 70x30 sm, 60x60 sm sxemalarda kvadrat qilib, o‘rta va kechpishadigan “Toshkent–10” kabi navlarini 70x70; 70x50–60 sm sxemada ekishni tavsiya etgan.
Oqbosh karamni o‘suv davrining davomiyligiga qarab X.M. Mirpayazov, S. Mahkamovlar [63; 127–129-b.] quyidagi ekish sxemasini taklif qilishgan: ertapishar navlar uchun 60x30 va 70x30 sm; o‘rtapisharlariga 70x40 sm va kechpishar navlarga 70x40 va 90x40 sm.
O‘zbekistonda ertagi karam ko‘chatlari 70x25–30 sm, o‘rtapishar va kechpishar navlarni 70x40 sm va kechpishar navlarni 90x40 sm sxemada ekish tavsiya qilingan. Oqbosh karam navlari ochiq dalaga har xil sxemalarda ekiladi, ertapishar kichik boshli karam navlari qatorlab 70x30 sm, kvadrat qilib 60x60 sm, o‘rtapishar va kechpishadigan navlar kvadratlab 70x70 yoki 70x50–60 sm sxemalarda ekiladi .
Oqbosh karam ekish muddatlariga qarab ertapishar karam navlari 70x25–30 sm; o‘rtapishar va kechpishar navlar 70x40 sm va kechpishar navlari 90x40 sm sxemada ekiladi.
N.N.Balashev va G.O.Zeman [14; 319–330-b.] ertagi karamdan O‘zbekiston sharoitida yuqori sifatli va eng erta hosil olish uchun quyidagilarga amal qilish lozimligini ta’kidlagan. Ertagi karam ekiladigan yer kuzda rejaga muvofiq 28–30 sm chuqurlikda shudgor qilinib, 70 sm qilib egat olib qo‘yiladi va fevral oyi oxiri-mart oyining boshlarida olingan egatlarga qisqa muddatda ko‘chatlar orasini 25–30 sm qilib ekilishi zarur. Erta hosil olishda ekiladigan karamning naviga alohida e’tibor berilishi kerak. Bunda karamning “Nomer pervыy Gribovskiy–147” kabi tezpishar navlarini ekish maqsadga muvofiq.
F.K. G‘aniev, M.T. Bayirovlar [30; 158–161-b.] sabzavot ekinlarini agrotexnikalari to‘g‘risida gapirib, oqbosh karam 3 muddatda: 25.II–15.III; 1–
15.IV va 15.VI–15.VII ekilishi hamda ekish sxemalari quyidagicha: 70x(25–30); 90x30; (50+40)x40 sm bo‘lishini tavsiya qilganlar.
T.E. Ostonaqulov [69; 367–369-b.] oqbosh karamni qator oralari 70 sm, qatordagi tup oralari naviga qarab 25, 30, 40 va 50 sm qilib, gektariga 45–57, 36–37 va 28–30 ming donagacha ko‘chat ekishni tavsiya etgan.
Har bir ekinni yetishtirishda, avvalo, navning ertapishar yoki kechpisharligi, uning xarakteristikasini o‘rganib, qaysi iqlim sharoitda, qanday sxemada va qaysi muddatlarda ekib yetishtirishni ilmiy asoslangan holda qo‘llash talab etiladi. Navlarni turli muddatlarda ekish uchun tavsiya qilinishining sababi, kechpishar yoki o‘rtapishar navlarni ertagi muddatda ekilsa, ularning hosili etilishi yozning issiq davriga to‘g‘ri kelib hosildorlik keskin pasayadi hamda maydonda takroriy ekinlarni ekish imkoniyati bo‘lmay qoladi. Ertapishar navlar kechki yoki o‘rtagi muddatlarda ekilsa, ularning biologik xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Fransiyaning Sabzavotchilik bo‘yicha “Zwaan-Pannevis” maslahat firmasi –1983 yilda oqbosh karamni “Kvisto” duragayini turli ekish sxemalarida ekib quyidagigarni ma’lum qiladi: ko‘chat 6 mayda 60x40 sm, 18 mayda 60x30 sm, 60x40 va 60x60 sm, 8 iyunda 60x40 sm, 22 iyunda 60x40 sm, 15 iyulda 60x40 sm va 60x50 sm sxemada ekilgan. Erta muddatda (6 may) ekilgan variantda 81–94 kundan so‘ng hosildorlik 538–683 s/ga. ni tashkil qilgan, deb yozadi W.Ott [115; 38–41-b.]
Tula oblasti “Priupskiy” xo‘jaligida karam hosilini konveyer usulida etishtirishni tahlil qilinganda: tezpishar, o‘rtapishar va kechpishar navlari ko‘chatlarini 20 apreldan 6 maygacha ekilganda, karamboshlari yetilishi davri ertapishar “Iyunskaya–3200”, “Nomer pervыy Gribovskiy– 147”, “Zolotoy” navlarida mos ravishda 20 iyun, 10 iyul va 20 iyul; o‘rtapishar “Slava–1305” navida 1 avgust va kechpishar “Amager–611 navida esa – 5 oktyabrda tashkil qilgan I.F. CHuchurov [105; 16-b.].
N.N. Xoroshix, N.I. Tixonovning [8; 6–14-b.] ma’lum qilishicha oqbosh karamning “Belorusskaya–455” navini 4 muddatda (24–31 mayda, 6–12 iyunda) ekib yetishtirilganda 24 may muddatini eng qulay muddat hisoblagan. Iyun oyida ekilgan karam may oyida ekilganga nisbatan hosildorligi 277,4 s/ga. dan 162,6 s/ga. gacha kamaygan.
I.E. Kitaevaning [46; 11-b.] xabar berishicha, aholini kech kuz muddatgacha karamning yangi hosili bilan ta’minlash uchun tezpishar “Iyunskaya” navi aprel oyida ekilsa, birinchi hosili 15–20 iyunda etiladi. “Nomer pervыy Gribovskiy–147” navi hosili iyul oyining boshi-avgust o‘rtalarigacha, “Staxanovka–1513 navi hosili avgust oxiri-sentyabr boshlarida pishib etiladi.
B.N. Krutskix [54; 13-b.] karamdan yuqori hosil olishda ekish muddati muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan. Karamning kechpishar “Zimovka–1474” va “Xarkovskaya zimnyaya” navlarini may oyining 1- dekadasida, “Amager–611”, “Moskovskaya pozdnyaya” tipidagilarni may oyining 2-yarmida, o‘rtagi kechki va kechpisharlarini may oyining 3- dekadasida ekishni tavsiya etadi.
SH. Bekseev [15; 181–184-b.] Rossiyaning janubiy rayonlarida va Markaziy Osiyo davlatlarida karamning ertapishar navlari qishdan oldin oktyabrning o‘rtalarida sovuq kunlar boshlanishidan oldin ekiladi. Kechpishar navlar esa yozning 2-yarmida – iyul oyida ekilib etishtiriladi.
XX asrning boshlarida Rossiyada 18 may karam kuni hisoblangan. SHu muddat payshanbaga to‘g‘ri kelsa, undan ham yaxshi hisoblangan. Dehqonlar payshanba kuni ekilgan karamga qurtlar zarar keltirmaydi deb hisoblagan. 7 iyun – Ivanov kuni kechpishar navlarning asosiy qismi ekilgan, deb yozadi
O. Ganichkina, A. Ganichkinlar [121; 130–137-b.] Rossiya sharoitida oqbosh karam navlarini ekish uchun quyidagi muddatlarda: ertapishar navlar 25 apreldan 5 maygacha; kechpishar navlarni 10 apreldan 20 maygacha, oxirgi ekish muddat 1-iyunda ekishni tavsiya etgan. Ko‘chatlarni bulutli kunlarda ertalabdan; quyoshli kunlarda esa kunning 2-yarmida ekishni tavsiya qilgan.
N.V. Belov [119; 81–83-b.] Belorussiya sharoitida oqbosh karamning quyidagi ekish muddatlarini bayon qilgan: ertapishar navlar aprel oyida va mayning boshlarida; o‘rtapisharlar may oyining birinchi yarmi va kechki navlar iyun oyi boshigacha, o‘rtagi kechkilar iyun oyi o‘rtalarigacha ekiladi.
Rossiyaning qora tuproq bo‘lmagan mintaqalarida YU.N. Korablev, N.S. Siganoklar [49; 17-b.] oqbosh karamni pishishi bo‘yicha 7 ta guruhga ajratib, ularni quyidagi ekish muddatlarini belgilagan: juda ertagi 25–30.04–01.07; ertagi – 25–30.04 – 30.05; o‘rtapishar –18.06–25.06; o‘rtagi kechki – 06.06–0.06; kechpishar – 15–17.05 va juda kechpishar – 29.04 – 05.05.
A.S. Kornilov [50; 62–63-b.] Rossiya Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot institutida karamni ekish muddatlarini navlari bilan bog‘lagan holda tadqiqodlar o‘tkazib quyidagilarni bayon qilgan: o‘rtapishar “Nadejda” navidan eng yuqori hosil may oyining 3-dekadasida ekilganda; kechpishar “Amager–611” navida esa mayning 1 va 2-dekadalarida ekilganda olingan.
Dog‘iston Respublikasi Derbent rayonida D.A. Abdurashidov [10; 223– 226-b.] oqbosh karamni urug‘i bilan bevosita dalaga 7 ta muddatda ekib urug‘ hosildorligi va sifatini o‘rgangan. Ekish muddati 5 iyundan boshlanib har
10 kunda 5-avgustgacha davom etganda eng yuqori hosildorlik 25-iyundan 15-iyulgacha ekilgan muddatlarda kuzatilgan.
N.F. Ivanyuk [42; 17-b.] Tyumen oblasti Tyumen rayonida joylashgan “Astra” nomli ilmiy-ishlab chiqarish markazida karam ko‘chatlarini 10 may nazorat, 20 may, 30 may va 10 iyun muddatlarida ekib, uning hosildorligiga ta’sirini o‘rgangan. 40 kunlik ko‘chatlar 4 ta muddatda ekilganda karamning hosildorligi 1-muddatdan oxirigacha turg‘un kamayib (51,6%) borgan va gektaridan 77,6 tonnadan to 51,2 tonnagacha hosil bergan.
A.S.Bolotskix [18; 131–134-b.], V. Marchenko, V. Opalko [61; 58–63-b.] ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina tuproq-iqlim sharoitida hamda karam pishish muddatlariga ko‘ra quyidagi oylarda ekiladi: Zakarpatiyada ertapishar karam 10–20 martda, o‘rmon-cho‘l mintaqasida – 20 mart-10 aprel, tog‘oldi hududlarida – 1–20 aprel; o‘rtapishar navlar o‘rmon-cho‘l mintaqasida – 1–10 may; cho‘lda 15–20 aprel; Poleseda – 15 may; o‘rtagi kechki va kechpishar navlar o‘rmon-cho‘l tuproqlarida – 25 may–5 iyun; Prikarpat qismida – 5–10 iyun; cho‘l mintaqasida – 10–20 iyun; Qirimda – 1–10 iyul.
Zto H. et al [118; 38–40-b.], K.F. Stoner, A.M. Shrilton [116; 29–32-b.] YAponiya iqlim sharoitida karam navlarini yetishtirish mavsumi uning kimyoviy tarkibiga ta’sir etishini o‘rganib quyidagi xulosani chiqargan. YA’ni karam bilan o‘tkazilgan barcha tajribalarda 100 gramm massasida glyukoza konsentratsiyasi – 0,99–2,14; fruktoza – 1,18–3,21; saxarozalar – 0,04–1,43; umumiy erkin qandlar – 2,35–6,55 mg/% bo‘lgan. Kechki navlar kech kuzda yig‘ishtirilganda esa tarkibida glyukoza, fruktoza, saxaroza va qandlarning umumiy miqdori ertagi navlardagiga nisbatan ko‘p bo‘lgan.
Respublikamizda ertagi karam ko‘chatlarini ochiq maydonlarga ekish markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda ob-havo sharoitiga ko‘ra, fevral oyining 2-dekasidan 20 martgacha, janubiy viloyatlarda ushbu muddatdan 15– 18 kun oldin, shimoliy mintaqalarda esa 18–20 kun keyin amalga oshiriladi. O‘rtagi karam janubiy mintaqalarda 10–20 may, markaziy mintaqa 15 apreldan 1 maygacha va shimoliy mintaqalarda esa 1–15 aprelda ekish tavsiya etiladi. [41; 130–136-b.], [108; 52–56-b.], [5; 30 b.].
Oqbosh karam ko‘chatlari 6–7 tadan chinbarg chiqarganda erta muddatda fevral oyida va kechki muddatda iyun oyida ko‘chatlar SKN-6 va SKN-6A mashinalari yordamida ekiladi [25; 76–79-b.], [72; 130–135-b.].
M.M. Muxamedov, B.J. Azimov, X. Holiqovlar [65; 4 b.] ertagi muddatda oqbosh karamning “Iyunskaya” va “Nomer pervыy Gribovskiy–147” navlari ko‘chatlarini ochiq dalaga ob-havo sharoitiga qarab fevral oyining 25-sanasidan to mart oyining 10-sanasigacha ekishni tavsiya qilgan.
Bir qancha olimlarimiz respublikamiz sharoitida Ertapishar, o‘rtapishar, kechpishar navlarni ekish muddatlarini mintaqalar bo‘yicha: janubiy viloyatlarda 10–12 fevral, 10–12 may, 1–15 avgust; markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 25 fevral-10 mart; 15 aprel-1 may; 15 iyun-1 iyul; shimoliy hududlarda 15–30 mart, 1–15 aprel va 25 maydan 5 iyungacha ekiladi. Bunda ko‘chatlar 6–7 ta bargli bo‘lishi kerak, [63; 127–129-b.].
Ertagi karam ko‘chati Samarqand, Toshkent va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bahorning kelishiga qarab 25 fevraldan 15 martgacha, o‘rtagi karam dalaga bevosita urug‘i bilan 1–10 aprelda, ko‘chati bilan may oyida, kechki karam ko‘chati 25 iyundan 25 iyulgacha ekiladi .
Ma’lumki, oziqlantirish har qanday qishloq xo‘jaligi ekinlarining biologik hosildorligini to‘la namoyon etishida muhim omillardan biri hisoblanadi. Binobarin, R. Kosson, K.Felczyński, J. Szwejda-Grzybowska va boshqalarning [113; 524–533-b.] ta’kidlashicha, azotli o‘g‘itlar 100 kg/ga dan
400 kg/ga gacha me’yorda oshirilganda ikki yil davomida tadqiqotda etishtirilgan karam navlarida quruq moddalar, askorbin kislotasi, eruvchi polifenollar, umumiy flavonoidlar, nitratlar, umumiy azot va antioksidant faollik ortgan. Tadqiqotlarda kuzatilishicha, azotli o‘g‘itlar umumiy va tovar hosilning ortishiga ham olib kelgan.
Hosildorlik va tovar sifatini oshirish bo‘yicha karamda olib borilgan ishlar orasida N.A. Potapov, R.R. Galeev va S.S. Potapovalarning [78; 21– 24-b.] ishlari ayniqsa ahamiyatlidir. Tadqiqotchilar karam hosildorligi va karamboshi sifatini oshirish uchun Kemira kombi mineral o‘g‘iti va Krezatsin o‘stiruvchi moddasini qo‘llashgan. Bunda hosildorlik navlar bo‘yicha nazoratga nisbatan 17% dan 52% gacha ortgan. Oqbosh karamda o‘stiruvchi moddalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar S.S.Slepsov [86; 11–15-b.] tomonidan ham ishlab chiqilgan. Triterpen kislotasi asosli preparatlar (Silk va Novosil) bilan olib borilgan 5 yillik tadqiqotlarda 36,3 ± 8,2 % qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda organik sabzavotchilik keng rivojlanmoqda. Bunday sabzavotchilikning mohiyati kimyoviy unsurlarni ishlatmaslik bo‘lib, unda organik vositalarning o‘rni yuqori baholanadi. SHunga ko‘ra A.A.S Cordeiro, M.B Rodrigues va boshqalar [110; 515–520-b.] karam etishtirishda urug‘larni yangi go‘ng bilan ishlash va o‘suv davrida yangi go‘ng (yashil) bilan oziqlantirishni tavsiya etishgan. Mualliflar ushbu tadqiqotlar natijasi o‘laroq, 60 t/ga sifatli hosil olishga erishgan.
Organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha G.I.Gadjievaning tadqiqotlarida karam 20 t/ga go‘ng (fon) + N90P120K90, (fon) + N90P60K90, (fon) + N120P90K90, ya’ni azot 123,8–133,3 kg/ga, fosfor 41,7–46,0 kg/ga, kaliy 97,5–105,8 kg/ga me’yorida oziqlantirilgan. Eng yaxshi natija 20 t/ga go‘ng (fon) + N90P120K90 qo‘llanilgan variantda olingan.
Azotli o‘g‘itlarni ratsional qo‘llash nafaqat oq boshli, balki pekin karamida ham yuqori natija berishi V.A. Demin va V.A. Rodionovlar [34; 43– 45-b.] tomonidan ta’kidlangan. Tadqiqotda azotli o‘g‘itlarni 120 kg/ga me’yorida qo‘llash navlar bo‘yicha 17-29% qo‘shimcha hosil olishna ta’minlagan. SH.Bekseev [15; 181–184-b.] oqbosh karamga uning o‘suv davrining davomiyligiga qarab mineral o‘g‘itlarni tabaqalashtirib berishni tavsiya qilgan. U o‘rta va kechpishar navlar yetishtirishda gektariga 150-180 kg azot, 200-250 kg kaliy va 100-120 kg fosfor o‘g‘itini, ertapishar navlarga muvofiq ravishda 200-220 kg, 180-200 kg, 120-140 kg o‘g‘itlar solinadi deb ta’kidlagan. S.F. Timofeeva [94; 55–61-b.] oqbosh karamni oziqlantirish to‘g‘risida gapirib, umumiy yillik yillik me’yorni ko‘rsatmagan.
Muallif 1-oziqlantirishda gektariga 30-40 kg azot, 80-100 kg fosfor, 40-50 kg kaliy berishni va 2-oziqlantirishda muvofiq ravishda 60-80; 50-80 va 80-100 kg o‘g‘it solishni tavsiya qilgan.
A.S. Bolotskix [19; 125–130-b.] xabar berishicha, Ukrainada o‘rta va kechpishar karam navlari 3 marta oziqlantirilganda 1 gektar erga 30 tonna go‘ng, 20 kg xlorli kaliy va 24 kg superfosfat solinadi. Ko‘chat ekilgandan 2 haftadan keyin 2-va karamboshi shakllanayotgan davrida 3-oziqlantirish o‘tkazi-ladi. 1-oziqlantirishda ko‘rsatilgan me’yorni 50%, 2-va 3-chisida 25% dan solinadi.
T.YU.Ugarova oqbosh karamni oziqlantirish to‘g‘risida ma’lumot bergan. Ammo, mineral o‘g‘itlarning turlari va me’yorlari to‘g‘risida ma’lumot bermagan. Muallif ertagi karam 4-5 marotaba, o‘rtagi va kechkisi 5-6 marta oziqlantiriladi deb kifoyalangan.
X.Z. Umarov [98; 49–50-b.] O‘zbekistonda karamdan yuqori hosil olish uchun 1 tonna mahsulot hisobiga sof xolda mineral o‘g‘it sarfini kg da keltirgan. Unda ertagi muddatda ekiladigan oqbosh karam uchun 5,7 kg azot, 4,0 kg fosfor va 2,2 kg kaliy sarflanishini qayd etgan. Ushbu ko‘rsatkichlar kechki karam uchun muvofiq ravishda 6,8; 4,5 va 2,9 kg ni tashkil qilgan.
V.I. Zuev, B.J. Azimov, X. Umarov [40; 52–54-b.], V.I. Zuev, A.A. Umarov, O.Q.Qodirxo‘jaev [41; 130–136-b.], O.Q. Qodirxo‘jaev va M.M. Muhamedovlar [108; 52–56-b.] O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ko‘p yillar davomida karam ekinida o‘tkazilgan tajribalarga to‘xtalib, quyidagilarni bayon qilganlar: oqbosh karamni oziqlantirishda bo‘z tuproqli erlarda gektariga 200 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy; o‘tloqi va o‘tloqi-botqoq erlarda – 150 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy solinishini bildirganlar.
B.J. Azimov va boshqalar [5; 30 b.] xabar berishicha, o‘rtagi karamni oziqa bilan ta’min etish va mo‘l hosil etishtirish uchun har 1 gektar maydon hisobiga 25-30 tonna go‘ng, 200-220 kg azot, 150-170 kg fosfor hamda 50-100 kg kaliy o‘g‘itlarini solish lozim.
Oqbosh karam unumdor kuchli erni talab qilishini inobatga olib, unga V.I. Zuev, B.J. Azimov quyidagi miqdorda o‘g‘it solishni tavsiya etgan: erni haydashdan oldin gektariga 20-25 t chirigan go‘ng, 2,5-3,5 s superfosfat va 1,5-2,0 s kaliy tuzini; ko‘chatni ekishdan oldin 1,2-1,5 s superfosfat hamda o‘suv davrida 2 marta oziqlantiriladi. Bunda 1- oziqlantirishda 90-120 kg ammiakli selitra va 150-300 kg superfosfat, 2- oziqlantirishda esa faqat 100 kg ammiakli selitra solinadi.
A.I.Nuritdinov va boshqalarning [68; 5-b.], R.A.Hakimov, A.M.Abbosov, B.J.Azimov respublikamiz sharoitida oqbosh karamni oziqlantirishda gektariga 25-30 tonna chirigan go‘ng, 200 kg azot, 150 kg fosfor va 75 kg kaliy o‘g‘itini solinishini bildirgan. Kuzda go‘ngning to‘liq miqdori, fosforning 75%, kaliyning 50% ni erni haydashdan oldin solinadi. Fosforning (25%) va kaliynining (50%) qolgan qismi ko‘chatni ekishdan oldin 20% azot bilan birga solinadi. Azotning qolgan qismi teng 2 ga bo‘linib, 1-, 2-oziqlantirishda beriladi.
A.T. Tarasenko, O.YA. Juk [92; 22–23-b.] Ukrainada karam yetishtirilganda tuproqqa 60-80 t. go‘ng, sof holda gektariga 60-80 kg. dan fosfor va kaliy hamda ekishdan oldin gektariga 2-3 s. ammiakli selitra solinishini ma’lum qilgan.
Karam ekiladigan dalaga kuzgi shudgordan oldin har gektar yerga 80 t go‘ng, bahorda chizel ostiga 90 kg fosfor, 120 kg kaliy, azot o‘g‘itini esa oziqlantirishda solinadi. Nav va tuproq turiga qarab o‘simlik 1-3 marta oziqlantiriladi. Bunda har gektar maydonga 25-60 kg dan azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlari solinadi .
S.D. Lыsogorov [59; 303–304-b.] yozishicha oqbosh karam o‘simligi 100 s karamboshi hosil qilish uchun 41 kg azot, 49 kg kaliy, 14 kg fosfor o‘g‘itlarini o‘zlashtiradi. Janubda azot o‘g‘itining iste’moli birmuncha ko‘payadi, fosfor va kaliy kamayadi. Rossiya Agrokimyo va agrotuproqshunoslik ITIda karamga yetishtirganda quyidagi miqdorda o‘g‘itlar solishni tavsiya etganlar, gektariga: qora tuproq bo‘lmagan zona uchun – 30-40 tonna go‘ng, 90-120 kg azot, 60-90 kg fosfor va 60-90 kg kaliy; qora tuproqli mintaqalarida muvofiq ravishda – 20-30; 60-90; 60-90 va 90-120 kg solinadi.
N.A. Kravsov [7; 29–33-b.] SHimoliy Kavkazning va Markaziy qoratuproqli rayonlarda oqbosh karamga gektariga 50-60 tonna go‘ng, sof holda 60-180 kg azot, 60-240 kg fosfor va 60-120 kg kaliy solinishi to‘g‘risida habar bergan. Go‘ng etishmasa yozgi-kuzgi muddatlarda siderat – ekinlar ekib, yerni kuzda haydashni tavsiya qilgan.
S.M. Sirota va M.A. Belyakovning [84; 18–19-b.] habar berishicha, Rossiyaning G‘arbiy Sibir sabzavotchilik tajriba stansiyasida karamni o‘g‘itlash bo‘yicha tajribalarida 7 ta NPK va organik o‘g‘itlar 30 t. va N90P90K90 kg hamda 30 t. kompost – organik o‘g‘iti bilan oziqlantirilganda, absolyut nazorat – o‘g‘itlanmagan variantga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkich NPK – 135 kg dan (151,5% ga yuqori) va 30 t. organik o‘g‘it bilan NPK – 90 kg dan solinganda (163,8%) yuqori hosildorlikka erishilgan. NPK90, NPK135 kg va 30 t/ga kompost solingan variantda hosildorlik farqi 0,8-2,1% ni tashkil qilgan.
V.I. Edelshteyn nomli sabzavotchilik tajriba stansiyasida R.Tuvunarivu, V.A. Demin, D.V. Patsuriya [95; 14–15-b.] oqbosh karamda 2003 yil 5 ta variant 3 qaytariqda va 2004 y 5 ta variant 4 qaytariqda mineral o‘g‘itlarning turli me’yorlarini o‘rgangan. Ushbu variantlarda karamni Kolobok, Monarx, Amtrak, Valentina va BI 192 XT 51 PM F1 duragaylari sinalgan. Barcha o‘rganilgan duragaylar bo‘yicha solinayotgan azot o‘g‘itining me’yori oshib borishi bilan birga karamboshi tarkibidagi nitratlar miqdori va gektardan olinayotgan hosildorlik ham oshib borgan. Azot o‘g‘itini gektariga 180-340 kg solinganda karamning hosildorligi 70% ga yuqori bo‘lgan. Gibridlar bo‘yicha olingan hosildorlik gektariga: Kolobokda – 88,1 t, Monarxda – 86,7, Amtrak – 103,9, Valentinada
– 106,6 va 192 XT F1 51 PM F1 da – 102,5 tonnani tashkil qildi. Duragaylar bo‘yicha nitratlarning eng ko‘p miqdori 310-461 mg/kg bo‘lgan.
V.V. Kidin va A.N. Ikonnikov [45; 9-b.] Volgograd viloyati Kirillov rayonidagi tuprog‘i podzollashgan va chim podzolli gumusi kam bo‘lgan yerlarda karamning o‘rtapishar Slava 1305 navida o‘g‘itlash bo‘yicha quyidagi variantlarda tajribalar o‘tkazilgan: 1-o‘g‘itsiz nazorat; 2-P60K90 (fon 1); 3-P90K120 (fon 2), 4- va 5-N90 ,1- va 2-fon bo‘yicha; 6- va 7-N120 ushbu fonlar bo‘yicha; 8- va 9-go‘ng (40 t/ga) ikkala fon bo‘yicha keyingi yillarda variantlar soni 19 tagacha kengaytirilib, P60K90 va P90K120 fonlariga – N60, N90 va N120 variantlari kiritilgan.
V.M. Jidkov, G.G. Mashtыkov [37; 20-b.] Kalmыkiyaning qo‘ng‘ir tusli tuproqlarida mineral o‘g‘itni oqbosh karam hosildorligiga ta’sirini o‘rgangan. Rejalashtirilgan hosildorlik gektaridan 50, 60 va 70 tonna bo‘lgan. Qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning me’yorlari sof holda kg/ga: 1) o‘g‘it solinmagan nazorat; 2) N145P90K60; 3) N175P110K70 va 4) N205P130K80 kg. Rejalashtirilgan hosildorlik (50 va 60 t) 1- va 2-o‘g‘itlash variantlari bo‘yicha olingan. Ammo, N205P130K80 variantida rejadagi 70 t/ga hosildorlik olinmagan. Mualliflar Kalmыkiya sharoitida maqbul sug‘orish va oziqlantirish tartiboti qo‘llanilganda gektaridan 50-65 tonna karam hosilini olish mumkinligini ta’kidlagan.
L.L. Ubugunov va M.G. Merkushevaning [96; 16–17-b.] xabar berishicha, G‘arbiy Zabaykalya sharoitida oqbosh karamning o‘rtapishar navlari 1 tonna tovar mahsulot shakllantirish uchun 4,1 kg azot, 0,5 kg fosfor, 3,3 kg kaliy, 0,4 kg natriy, 3,6 kg kalsiy, 0,5 kg magniy, 0,8 kg oltingugurt o‘zlashtirar ekan. Ular karamdan yuqori hosil olish uchun o‘simlik tuproqdan oladigan azot miqdorining 80% ini solishni tavsiya qilgan.
V.F. Pivovarov, E.G. Dobrutskaya, N.A. Korchemnaya [74; 35–42-b.] Moskva oblasti sharoitida karam navlari hosili bilan turli makro va mikro o‘g‘itlarni tuproqdan olishini o‘rganganlarida Amager 611 navini standart qilib olganlar. Turli nav namunalarining hosili tarkibida kaliy miq- dorining farqi minimal bo‘lgan. Fosfor, kaliy va oltingugurtlar miqdori bo‘yicha ham navlararo farq juda oz bo‘lgan. Amager 611 naviga nisbatan o‘rtapishar Slava gribovskaya 231 navi mahsulotida oltingugurt, mis va sinkdan tashqari barcha mikro va makroelementlarning me’yori katta miqdordaligi aniqlangan.
Oqbosh karam karamboshi o‘rash davrida oziq moddalarga eng ko‘p ehtiyoj sezadi. Oqbosh karam ko‘proq sulfat ammoniy va kaliy sulfat o‘g‘itlarini yoqtiradi. X.Z. Umarov [99; 116–117-b.] ma’lumotiga ko‘ra, kechki karamdan rejalashtirilgan 1 tonna hosil olish uchun sof holda 6,8 kg azot, 4,5 kg fosfor va 2,9 kg kaliy o‘g‘itlari sarflanar ekan. Ta’sir qiluvchi modda hisobida chiqarilgan yillik me’yori, belgilangan koeffitsientlarga ko‘paytirib, fizik holatga aylantiriladi. Bu koeffitsient ammiakli selitra uchun 2,94; ammofosniki – 2,17 va kaliy xloridniki – 1,66 ga teng.
M.S. Grigorov, S.M. Grigorov, M.V. Damkov, M.A. Lixomanova [33; 31– 32-b.] oqbosh karam bilan ko‘p omilli, ya’ni 2 ta nav 3 ta sug‘orish tartiboti va 4 ta o‘g‘itlash me’yori o‘rganilgan. Sug‘orishdan oldingi tuproq namligi to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan 80-90-90% va o‘g‘itlar me’yori N200P180K95 kg/ga bo‘lganda eng yuqori hosil Slava 1305 navidan gektaridan 52,8 tonna va Amager 611 navidan-55,6 tonna olingan.
V.A. Koltunov, A.S. Bolotskix, M.A. Sklyarevskiy va boshqalar [48; 34 b.], A.S. Bolotskix [19; 125–130-b.] Ukraina sharoitida oqbosh karamga turli me’yordagi organik va mineral o‘g‘itlarni qo‘llab, uning hosildorligiga ta’sirini o‘rgangan. Sof holda gektariga N90P90K60 kg o‘g‘itni o‘suv davrida faqat o‘simlik tagiga lokal kultivator yordamida solinganda hosildorlik 70 t/ga, N120P120K90 kg o‘g‘it sochib solinganda - 64 t/ga bo‘lgan.
S.M. Nadejkin, S.M. Sirota [66; 216–219-b.] Butunrossiya sabzavotchilik ITI ning G‘arbiy – Sibir sabzavotchilik tajriba stansiyasida oqbosh karamni etishtirishda organik va mineral o‘g‘itlarni 7 xil variantda oziqlantirib, o‘rganilgan. Sof holda mineral o‘g‘itlarni gektariga N90-100P100-120K90-110 kg oziqlantirilgan variantda gektaridan 80-85 tonna karam hosili olingan.
L.E. Soloveva [87; 3–12-b.] yozishicha, Krasnoyarsk o‘lkasi o‘rmoncho‘l mintaqasidagi o‘rtaqumoq sohil tuproqlarida oqbosh karamni yomg‘irlatib sug‘orib o‘g‘itlansa gektaridan ertagi karamdan 29-56 t, o‘rtagi karamdan 56-84 t, tabiiy sharoitda muvofiq ravishda 16-29 va 32-53 tonna hosil olsa bo‘ladi. Oqbosh karam hosildorligini oshirishda o‘g‘itlarning alohida ahamiyati to‘g‘risida boshqa manbalarda ham alohida ta’kidlangan.
E.V. Blandinskiy, S.M. Nadejkinlarning [17; 18-b.] ta’kidlashicha, VNIISSOK tajriba dalasida oqbosh karamning 5 ta nav va 4 ta duragaylarida turli me’yorlarda mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib ikki omilli tajribalar o‘tkazganlar. Barcha nav namunalari bo‘yicha o‘rtacha hosildorlik gekaridan 51,6 t ni N280P150K250 kg/ga o‘g‘it qo‘llanilganda olingan. Maksimal hosildorlik Zimovka 1474 navida 48 t/ga, G‘1 Krautman duragayida – 68,6 t/ga bo‘lgan.
S.Andressa; G.Thais; F.Claudinei [109; 23-81] o‘z tadqiqotlarida karam hosildorligini oshirish uchun organik mulchalash vositasida tomchilatib sug‘orishdan foydalanishgan. Bunda turli organik vositalar garchi karam hosildorligining oshishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmasada, tuproqda namlikni uzoq vaqt saqlab turishi hisobiga sug‘orish me’yorini 14% gacha tejash imkonini bergan.
Aynan shunday tadqiqot N.V.CHefonova [104; 64–65-b.] tomonidan ham olib borilganda karam ekilgan tuproqni somon bilan mulchalash begona o‘t bosishini, o‘simliklarning o‘tkazuvchi nay bakteriozi bilan kasallanishini kamaytirgan. Mulchalash va tomchilatib sug‘orish qo‘llanilgan variantda eng yuqori – 77,1 t/ga hosil olishga erishilgan.
L. Soloveva [89; 78–80-b.] Krasnodar o‘lkasi sharoitida ertagi karam
hosildorligiga sug‘orish va oziqlantirish me’yori ta’sirini o‘rganib, quyidagilarni habar qiladi. Tuproq namligi nam sig‘imiga nisbatan 73% bo‘lgan sharoitda karam ko‘chati ekilgandan so‘ng 1 marta sug‘orilib, N90P90K90 kg/ga berilgan va 400-500 s/ga hosil olingan. Boshqa variantlarda tuproq namligi 80-100% me’yorida ta’minlanib N120P80K120 kg/ga berilganda gektaridan 700 s/ga hosil olingan.
H.D. Hartmann, K.H. Zengerle [112; 41–42-b.] Geyzenxeym ilmiy tadqiqot institutida karam o‘simliklarini suvga bo‘lgan talabini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazib, sug‘orishni optimallashtiriga asos solganlar. Ya’ni oqbosh karam ko‘chati ekilganidan 2 haftadan so‘ng suvga talabi osha boshlashi va bu talabi maksimumga 6 haftadan so‘ng etishi aniqlagan. Qizilbosh karamda esa bu talab ko‘chati ekilganidan 8 haftadan so‘ng kuzatilgan.
SH. Bekseev [15; 181–184-b.] Rossiyaning janubiy iqlimi quruq cho‘l rayonlarida oqbosh karamning ertapishar navlari uchun vegetatsiya davrining 1-bosqichida gektariga 250-300 m3, 2-bosqichida 300-350 m3, o‘rta va kechpishar navlar uchun muvofiq ravishda 250-300 m3 va 300-450 m3 suv berishni tavsiya qilgan. Mavsumiy sug‘orish me’yori ertapishar navlar uchun 2500-2700 m3, qolganlari uchun 2800-3600 m3, sug‘orish soni muvofiq ravishda 6-8 (har 6-8 sutkada) va 8-10 (8-10 sutkada) marta bo‘lgan.
A.S.Bolotskix [120; 200–281-b.] oqbosh karamning sug‘orish me’yorlari to‘g‘risida to‘xtalib, quyidagilarni bildirgan: ertagi karam ko‘chati ekilganidan to karambosh o‘ray boshlagunga qadar gektariga 150-200 m3 miqdorida sug‘oriladi hamda karambosh o‘ray boshlagandan to hosil yig‘ishitirib olingunga qadar 300-400 m3 suv sarflanadi. Karamning o‘rta va kechpishar navlari yuqorida keltirilgan bosqichlarga muvofiq ravishda; 250- 300 m3 va 350-450 m3 hisobida sug‘oriladi.
A.B. Boqiev [25; 76–79-b.] ertagi muddatda oqbosh karam etishtirilganda gektariga 500-600 m3 suv sarflashni hamda sug‘orish ishlarini har 10-12 kun oralatib takrorlashni tavsiya etgan.
O.Q. Qodirxo‘jaev va M.M. Muhamedov [108; 52–56-b.] oqbosh karamni
sizot suvining joylashishiga qarab sug‘orish sonini quyidagicha tavsiya qilgan: ertagi karam 5-9 marta; o‘rtagi karam 6-11; va kechki karam 7-13 marta sug‘oriladi, deganlar.
Ertagi karambosh o‘rayotgan davrida tuproqning dala nam sig‘imiga nisbatan sug‘orishdan oldingi namlik 70% bo‘lganda, gektaridan 34,0 t, 80% bo‘lganda 40,2 t va namlik 90% ni tashkil etganda 37,1 t hosil olingan. Kechki karamdan esa muvofiq ravishda 37,6 t; 46,9 va 42,0 t hosil etishtirilgan [5;30 b.].
V.I. Zuev va B.J. Azimovning [39; 31–34-b.] ta’kidlashicha, oqbosh karamdan ertagi muddatda yuqori hosil olish uchun tuproq namligi to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan 80-90%, kechki muddatda esa 80% dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunda sizot suvlari yaqin bo‘lgan joylarda ertagi karam 5- 6 marta, o‘rtapishar karam 7-9 marta va er osti suvlari chuqur bo‘lgan erlarda 11-12 marta sug‘oriladi. Kechki karam muvofiq ravishda 7-9 marta va 12-13 marta sug‘oriladi.
Sizot suvlari chuqur joylashgan bo‘z tuproqli erlarda ertagi karam 8-
10 marta, sizot suvlari yuza joylashgan erlarda 6-8 marta sug‘oriladi. Sug‘orish me’yori gektariga 500-550 m3. O‘rtagi karam jami 14-15 marta, kechki karam esa – 10-12 marta sug‘oriladi .
S.S.Vaneyan, A.F.Vishnyakova [27; 29–30-b.] Rossiya sharoitida o‘tkazgan tajribalariga asoslanib oqbosh karam uchun sug‘orish tartibotini ishlab chiqqan hamda quyidagi sug‘orish tartibotini tavsiya qilgan: ertagi muddatda ertapishar navlar sug‘orish oralig‘i 5-8 kun, sug‘orish soni 8-12 marta va mavsumiy sug‘orish me’yori gektariga 1,4-3,5 ming m3; o‘rtagi va kechki karam uchun muvofiq ravishda 6-7; 8-12 va 3,1-4,0 ming m3 suv sarflanadi.
M.S.Grigorov, S.M.Grigorov, M.V.Damkov, M.A.Lixomanova [33; 31–32- b.] Volgograd oblastida 1996-1998 yillarda o‘tkazgan tajribalari asosida karamning Slava 1305 navi uchun eng qulay sug‘orish tartiboti 80-90-90%; sug‘orish me’yori gektariga 200 m3, sug‘orish soni 13 marta va mavsumiy sug‘orish me’yori-2600 m3 bo‘lgan. Amager 611 navida ushbu ko‘rsatkichlar muvofiq ravishda quyidagilarni: 80-90-90%; 200 m3; 15 marta va 3000 m3 ni tashkil qiladi.
X.M. Mirpayazov, S. Mahkamov [63; 127–129-b.] O‘zbekistonning Markaziy mintaqalari uchun karamga tavsiya qilingan sug‘orish tartibotini quyidagicha bayon qilganlar: sizot suvlari 1-2 va 2 m dan chuqur bo‘lganda ertagi karam 5-9 marta sug‘oriladi, sug‘orish me’yori – 600-700 m3/ga, mavsumiy sug‘orish me’yori 3000-6300 m3/ga. Muvofiq ravishda o‘rtagi karam uchun – 6-11 marta; 600-650 m3 va 3600-7150 m3 hamda kechki karam uchun – 7-13 marta; 700 m3 va 4900-9100 m3/ga belgilangan.
Respublikamiz sharoitida ertagi karamni har 4-6 kunda, hammasi bo‘lib 14-16 marta, o‘rtapishar navlarni esa 6-8 kunda , hammasi bo‘lib 18-20 marta sug‘orish lozim .
S.D.Lыsogorov [59; 303–304-b.] ma’lum qilishicha, yil o‘rtacha quruq kelganda ertagi karamdan gektaridan 40 t va kechki karamdan 60 t hosil olish uchun: shimoliy rayonlarda ertagi karam 4-5 marta va kechki karam 6-7 marta; markaziy rayonlarda ertagisi – 6-8 va kechkisi – 10-12 marta; janubiy rayonlarda ertagisi – 10 va kechkisi 15 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orishda tuproq sharoiti va asosiy ildizini tarqalgan qatlamiga qarab gektariga 400- 600 m3 suv sarflanar ekan.
L.E.Soloveva [88; 63–64-b.; 89; 78–80-b.] Krasnoyarsk o‘lkasining o‘rmon cho‘l tuproqli sharoitida ertagi va o‘rtagi kechki karam navlarida 5 xil sug‘orish tartibotini o‘rgangan. Unda sug‘orish soni 3 martadan 12 martagacha, mavsumiy sug‘orish me’yori gektariga 515 m3 dan to 2610 m3 gacha taqsimangan. Gektaridan eng yuqori hosil – 36,0-45,9 t, 80-80-80% NV sug‘orish tartibotidan olingan.
Shimoliy Kavkazda oqbosh karam etishtirishdp o‘simlikning ildizi tarqalgan 60 sm qatlamdagi namlik to‘yingan dala sig‘imiga nisbatan 80% dan kam bo‘lganda vegetatsion sug‘orishlar o‘tkaziladi. Tuproqning mexanik tarkibiga qarab sug‘orish me’yori gektariga – 300-500 m3 ni tashkil qiladi. Yillar kelishiga qarab tuproq namligini optimal miqdorda tutib turish uchun quyidagicha vegetatsion sug‘orishlar o‘tkaziladi: ertagi karam uchun – 2-7 va Markaziy qoratuproqli erlarda – 2-4; o‘rtagi va kechki karam uchun muvofiq ravishda – 8-12 va 3-5 marta sug‘oriladi, deb yozadi [7; 29–33-b.].
Kalmikiyaning qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda V.M. Jidkov va G.G. Mashtыkovlar [37; 20-b.] oqbosh karamni sug‘orish tartiboti bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar. Sug‘orishdan oldingi tuproq namligi bo‘yicha 3 ta variantni: 70-80-70%; 75-85-75% va 80-90-80% o‘rganganlar. O‘suv davrining
1- davrida hisobiy qatlam 0,3; 2- va 3- davrida 0,5 m qilib olingan. Mavsumiy sug‘orish me’yori 1-variantda 2808 m3/ga, 2-variantda 3375 va 3-variantda 3800 m3/ga ni tashkil qilgan. 1- variantda hosildorlik gektaridan 29,6-31,9 tonna, 2- va 3-variantlarda sug‘orishdan tuproq namligi oshirilganda 2-variantda 2,2-0,8 t va 3-variantda 3,2-1,5 tonna qo‘shimcha hosildorlikka erishilgan.
V.V.Berejneva va M.A.Qoraboev [16; 5 b.], I.Qo‘yliboev, R.A.Hakimov, A.M.Abbosovlar respublikamiz sharoitida kechki karamni sug‘orishda tuproq-iqlim sharoitiga qarab 9-13 martagacha, gektariga 550-650 m3 suv sarflashni tavsiya qilganlar. V.V. Berejneva va M.A. Qoraboev [16; 5 b.] tavsiyasida kechki karamni 13-15 marta sug‘orishni tavsiya qilgan. Mualliflar oqbosh karamni kechki muddatda etishtirishda 2 xil 9-13 va 13- 15 martagacha sug‘orish sonini tavsiya qilganlar.
B.J. Azimov [11; 12–18-b.] tadqiqotlari natijalarida, kechki karam sizot suvlari chuqur bo‘lgan yerlarda yozgi issiq kunlarda 6-8 kunda, keyin kuzda oktyabr oylaridan 10-12 kunda sug‘orish lozim. Unga mavsum davomida 13-14 marta suv beriladi. Sizot suvlari yer yuziga yaqin bo‘lgan yerlarida kechki karam 8-10 marta sug‘oriladi, sug‘orish me’yori gektariga 500-600 m3.
S.S. Vaneyan, A.F. Vishnyakovalar [27; 29–30-b.] Rossiyaning turli mintaqalariga sabzavot ekinlarini sug‘orish tartibotini tavsiya qilganlar. Mualliflar namiqtiradigan 1-zonaga kechki muddatda ekilgan karamni 6-7 kunda, jami 8-10 marta sug‘orishni, mavsumiy sug‘orish miqdori 3,1-3,5 ming m3/ga bo‘lishini bildirganlar.
YA.Lev, M. Romaщenko, A. Щatkovskiy, A. Dyachok [79; 60– 62-b.], M. Romaщenko, V. YAsuk, A.S. Bolotskix kabi olimlarning ma’lumotlarida Ukrainada oqbosh karam tuproq-iqlim sharoiti hamda navlarning pishish muddatlariga qarab turlicha sug‘orish tartiboti qo‘llaniladi. Ertapishar navlar yomg‘irlatib – 4-7 marta sug‘oriladi. Karambosh o‘ray boshlagunga qadar gektariga 250-300 m3; karambosh shakllanib yetilayotgan davrida 350-400 m3 suv sarflanadi. Sug‘orish oralaridagi muddat – 7-10 kun. O‘rtapishar va kechpishar navlar ham 7-8 marta sug‘oriladi. Mintaqaga qarab mavsumiy sug‘orish me’yori gektariga 1200 dan to 3200 m3 gacha bo‘ladi.
S.S. Vaneyan, L.E. Soloveva [28; 22–26-b.] ertagi karamni har xil me’yorda, to‘yingan dala nam sig‘imiga nisbatan 80-70-80% va 80-80-80% me’yorda sug‘orilgan variantlarga nisbatan nisbatan, 80-80-80% sug‘orish tartibida eng yuqori – gektaridan 39,7 tonna hosil olinadi deb ta’kidlaydi. T.V. Lizgunova sug‘orish me’yori iqlim sharoiti, tuproqning suv-fizik xossalari, sizot suvining chuqurligini inobatga olib belgilanadi. Rossiyaning Janubiy rayonlarida qumoq tuproqlarda gektariga 300-400 m3, qumloq va kashtan tuproqlarda ko‘p hollarda 600 m3 gacha sug‘orish ishlari o‘tkaziladi, O‘rta Osiyoda esa gektariga 700 m3 gacha sug‘oriladi deb o‘z fikrini bayon qilgan.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə