Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə2/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Oybekjon -1 — копия

Tadqiqot maqsadi. oqbosh karamning 6 ta nav va duragaylarining ertagi muddatada asosiy ekin sifatida o‘stirilganda uning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, yuqori sifatlai tovar hosil chiqimini o‘rganish asosida istiqbollilarini tanlash hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
- oqbosh karamni ertagi muddatda asosiy ekinda o‘sishi rivojlanishi, hosildorligi, hosil sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nav va duragaylarini taqqoslash;
- oqbosh karamning nav va duragaylari orasidan istiqbollilarini ajratish;
- oqbosh karamning ertagi muddatda asosiy ekin sifatida turli nav va duragaylarini o‘stirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
- ertagi muddatda asosiy ekin sifatida o‘stirilgan va ko‘rsatkichlarga ega oqbosh karamning nav va duragaylarini ishlab chiqarishga tadbiq etish va tavsiyalar berish.
Tadqiqot ob’ekti sifatida Samarqand viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari, oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragayi urug‘lari, o‘simliklari, karamboshlari olingan.
Tadqiqotning predmeti. Oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragayini ertagi muddatda asosiy ekin sifatida etishtiriladigan maydonlar, o‘sishi-rivojlanishi, mahsuldorligi hamda hosildorligi kabi ko‘rsatkichlari xizmat qiladi.
Tadqiqotning uslub va uslubiyati. Tuproq va o‘simlik namunalarini tahlili Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti “Agrokimyo, tuproqshunoslik va o‘simliklar himoyasi” kafedrasi va Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi laboratoriyasida amalga oshirildi. Tajribalarni o‘tkazishda “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi” (B.J.Azimov., B.B.Azimov. 2002), “Metodika polevogo opыta” (B.A.Dospexov. 1985), “Metodы bioximicheskogo issledovaniya rasteniy” (1987) uslublaridan foydalanildi.
Tadqiqotning ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Samarqand viloyati Toyloq tumanida joydashgan Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi sharoitida ilk bor oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi nav va duragaylarini ertagi muddatda asosiy ekin sifatida ekib o‘rganildi. So‘ngra ushbu yetishtirlgan nav va duragaylarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi o‘rganilib, yuqori sifatli hosil yetishtirish ilmiy asoslandi. SHuning bilan bir qatorda oqbosh karamning turli nav va duragaylarini ertagi muddatda yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi hisoblandi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə