Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə3/28
tarix24.12.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#159110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Oybekjon -1 — копия

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Oqbosh karamning Navruz, Eliza, Koronet, Burbon F1, Gregorian F1, Kandiza F1 kabi turli nav va duragaylari ertagi muddatda ekib o‘stirilganda navga bog‘liq holda o‘simlikning o‘sishi rivojlanishi, hosilning shakllanishi, hosil tarkibi, hosildorlik, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlar o‘rganildi, eng yuqori hosil olishni ta’minlaydigan nav va duragaylar tanlandi hamda ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Tadqiqotning farazi – Samarqand viloyatining Toyloq tumanida joydashgan Sabzavot poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi tuproqlari sharoitida ertagi muddatda oqbosh karamning xar xil nav va duragaylari ekib o‘stirilganda ularning orasidan iqlim va tuproq sharoitiga mos holda yuqori va sifatli hosil shakllantiruvchi navlarning ajralishi faraz qilinadi.
Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Turli mintaqalarda, turli tuproq iqlim sharoitlarida oqbosh karam etishtirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda S.V.Koroleva, S.V.Sitkinov, V.V.Skorina, V.F.Pivovarov, L.K.Gurkina, T.V.Lizgunova, V.A.Denisov, R.D.Almasker, I.D.Rajabli, N.B.Petrov, O.N.Vishnevskaya, A.F.Buxarov, L.I.Uralets, M.N.SHapturenko, V.N.Lukyanets, G.A.Kostenko, A.D.Djaxangirov, V.P.Kuzmiщev, G.F.Monaxos; respublikamizda V.I.Zuev, O.Qodirxo‘jaev, B.J.Azimov, A.M.Abbasov, M.X.Aramov, A.J.SHokirov va boshqa ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Ammo hozirgi kunda kun sayin yangilanayotgan oqbosh karam navlarini hamda duragaylarini ertagi ekinda o‘zaro taqqoslab ularning turli tuproq iqlim sharoitlarida o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, tovar hosil chiqimi kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Samarqand viloyati Toyloq tumanining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish ilmiy va amaliy jihatdan shu paytgacha yetarlicha taqqoslab o‘rganilmagan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbig‘i. Rayonlashtirilgan va istiqbolli oqbosh karamning nav va duragaylari ertagi muddatda asosiy ekin sifatida o‘stirishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganildi, hosilni shakllantirish xususiyatlari aniqlandi.

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə