Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni


ta’mirlash va sozlash xodimlari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix28.11.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#133114
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
608 18.10.2022

ta’mirlash va sozlash xodimlari
— texnologik uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni 
ta’mirlash, sozlash va sinovdan o‘tkazish bilan bog‘liq xodimlar toifasi; 
rahbar xodimlar va mutaxassislar
— korxona faoliyatining ma’muriy va texnologik 
kuzatuvini ta’minlovchi xodimlar toifasi; 
xodimlar bilan ishlash
— xodimlarning kasbiy funksiyalarini bajarishga tayyorligini 
ta’minlaydigan korxonaning ishlab chiqarish faoliyati yo‘nalishi; 
stajorlik
— ish joyida amaliy mashg‘ulot; 
dublyorlik 
— ish joyida dublyor tayyorlash uchun javobgar bo‘lgan shaxs kuzatuvi ostida 
elektr qurilmalarini boshqarishni va boshqa funksiyalarni amalga oshirish; 
maxsus tayyorgarlik
— o‘quv-amaliy vositalarda ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish 
bo‘yicha tizimli mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan xodimning malakasini saqlash, tashkiliy-rahbarlik 
hujjatlarini o‘rganib chiqish, texnologik buzilishlar va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha uning bilimi
qobiliyati hamda mahoratini shakllantirish; 
malaka oshirish
— tizimli ravishda mustaqil o‘qish, ishlab chiqarish va iqtisodiy 
o‘qishlarni o‘tkazish, ta’lim muassasalarining tegishli kurslarida qisqa muddatli va davriy uzoq 
muddatli o‘qitish orqali amalga oshiriladigan xodimlar bilan ishlash shakli; 
xodimlar bilan ishlashning jamoaviy shakli
— ish natijalarini sarhisob qilib hamda 
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat nazoratini, ko‘rgazmali tashviqotlarni, musobaqalarni va 
boshqalarni tashkil etgan holda mavzuli ko‘riklar, ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, ishlab chiqarish 
yig‘ilishlari o‘tkazishni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi;
xizmat safariga yuborilgan xodim
— elektr stansiyalari, elektr yoki issiqlik tarmoqlarining 
ishlab turgan elektr qurilmalarida ish bajarish uchun yuborilgan, lekin ularning shtat birligiga 
kirmagan energetika tizimining ekspluatatsiya qilish, qurilish-montaj, ta’mirlash va sozlash 
korxonalari xodimlari; 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə