Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


tomonlarning o’zaro yarashishi natijasida konfliktning to’xtashi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə38/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

tomonlarning o’zaro yarashishi natijasida konfliktning to’xtashi; 
-
konfliktni simmetrik hal etish yo’li bilan to’xtatish( bunda ikkala
taraf yutadi yoki yutqizadi) ; 
-
konfliktni assimmetrik hal etish yo’li bilan to’xtatish (bunda faqat
bir taraf yutadi); 
-
konfliktning boshqa qarama-qarshi kurashga o’sib o’tishi; 
-
konfliktning asta-sekin bosilishi. 
Bu tasnifda konfliktning obyektiv boshlanish asoslari uni hal qilishning
subyektiv usullari bilan qo’shilganligini ko’rish mumkin. Ularni yanada
bo’ladigan bo’lsak boshqacha tasnifga ega bo’lamiz. Masalan, konfliktlarga
aralashish natijalariga qarab tasniflasak, unda konfliktning hal qilinishi, uni
tartibga solish yoki bartaraf etishni farqlash mumkin.
Amerikalik tadqiqotchi R.Dal konfliktni yakunlashning uch muqobil
imkoniyatini ajratib ko’rsatadi : tupik, zo’rlikni qo’llash va tinch yo’l bilan
tartibga solish. Turli variantlarni boshqacha uyg’unlashtirib aytish mumkinki,


44
konflikt taraflarning ikkalasi yoki birining halokati bilan tugaydi, ―yaxshi


vaqtlar kelguncha‖ to’xtatiladi yoki biron bir tarzda konstruktiv hal etiladi.
Konfliktni hal qilish mexanizmlari va asoslari. 
Konfliktlarni hal qilishning keng tarqalgan yo’li - bu tinchliksevar
kuchlarning aralashuvidir. Bu kuchlar konfliktli vaziyatning o’ziga (1), konfliktni
saqlab turuvchi holatlarga (2), shuningdek ishtirokchilarning o’ziga (3) ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Konfliktni muvaffaqiyatli hal etishning muhim qoidalaridan
biri - bu ―haq‖ va ―nohaq‖ taraflarni bir-biriga qarshi qo’yish emas, balki
ikkala tarafning manfaatlarini to’la yoki qisman qondirishga imkon beruvchi
qarama-qarshilikni hal qilish yo’llarini topishdir.
Ma’lumki, konflikt asosi bu subyektlar o’rtasidagi qarama-qarshiliklardir. Shu
sababli konfliktlarni hal etishning eng maqbul va natijali yo’li - bu
ko’rsatilgan ziddiyatlarni bartaraf etilishidir. Biroq bu yo’lga har doim ham
erishib bo’lmaydi. Bundan tashqari, ziddiyatlarning turli tiplarini (ochiq, yashirin,
obyektli, obyektsiz va h.), ularning darajalarini, subyektlari xususiyatlarini,
shuningdek, konfliktni to’xtatishga intiluvchi kuchlar ixtiyoridagi obyektiv
imkoniyatlarni ham e’tiborga olish kerak.
Konflikt asosida yotuvchi ziddiyatlarni bartaraf etishning asosiy usullari
quyidagilar bo’lishi mumkin:
-
konflikt obyektini bartaraf etish;
-
konflikt obyektini taraflar o’rtasida bo’lib olinishi;
-
obyektdan foydalanish navbatini yoki birgalikda foydalanish qoidalarini
o’rnatish;
-
obyektni boshqa tarafga berganlik uchun taraflardan biri tomonidan
kompensasiya qilish;
-
konflikt taraflarini ajratib qo’yish;
-
taraflar munosabatlarini ularning umumiy manfaatlarini aniqlashga
yo’naltirish va b.
Konfliktlarning hal qilinishi - bu mohiyatiga ko’ra nizoli masala
bo’yicha taraflar o’rtasida kelishuvga erishishdir. Bunday kelishuvning uch
asosiy turi bor : 1) taraflar fikrining bir-biriga mos kelishi natijasidagi kelishuv
; 2) qonunchilikka yoki tashqi kuchning axloqiy erkiga muvofiq bo’lgan
kelishuv ; 3) qarama-qarshi kurashuvchi taraflardan biri tomonidan
ma’qullangan va ilgari

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə