Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi



Yüklə 57 Kb.
səhifə1/3
tarix23.09.2023
ölçüsü57 Kb.
#122948
  1   2   3
sotsial xizmat faoliyati


Sotsial munosabatlar sotsiologiyasi


Reja:



  1. Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi

  2. Fan va talim sotsiologiyasi.

  3. Jamiyat va davlatning sotsial mohiyati.

Ijtimoiy munosabatlar sotsiologiyasi
Kishilar o’z xayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruhlar masalasi nafaqat sotsial psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo’lib hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlar asosan sotsial guruhlar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko’p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar, tashkilotlar mavjud. Inson butun xayoti davomida gox extiyojdan, gox manfaat yuzasidan, ba’zan majburiylikdan, ba’zan o’zi xoxlamagan holatda yuqorida ta’kidlangan guruhlarga a’zo bo’ladi va ularning vakili bo’lib qoladi. Mana shu kishilik jamoalarini qandaydir mezon (belgi, xususiyat) bilan nisbatan ma’lum guruhlarga ajratish - sotsiologik taxlilning g’oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib o’tish lozimki, garchi “sotsial guruh” termini sotsial tadqiqotlarda keng ko’lamda qo’llanilsa ham, lekin sotsiologik tushunchalar kategoriyasiga muvofiq keladigan maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol kategorik xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o’ziga xos sub’ektni aniqlash uchun ishlatiladi. “Guruh” tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma’noga ega. Bir tomondan, u biror bir umumiy belgilarga qarab kishilarni ma’lum toifalarga ajratilganda qo’llaniladi (ko’pincha statistikada, demografiyada). Ba’zan bu ma’noda “guruh” termini psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, test sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u yoki bu guruhlarga ajratish mumkin.
Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma’lum ma’noda o’zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini xis qiladilar. Masalan, talaba o’zini talabalar guruhining a’zosi sifatida xis qiladi.
Ilmiy adabiyot bilan tanishish “sotsial guruh” terminini, birinchidan, juda keng qo’llanilayotganligini, ikkinchidan turli hodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko’rsatayapti, qaysi nuqtai nazardan qarashlaridan qat’iynazar, konkret ijtimoiy fan vakillari guruhlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-demografik, sotsial-psixologik va boshqa guruhlarga ajratadilar.
Guruh - bu xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo’lgan, boshqa birliklardan o’zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi bilan boglangan kishilar yigindisidan iborat bo’lgan sotsial birlikdir.
Guruhga harakterli xususiyatlar quyidagilar: guruh soni, ichki tashkilot, ya’ni institutlar, na’zorat shakillari; faoliyat namunalari; norma va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.
Guruh soni deyilganda, mavjud birlikni xajm jihatdan tashkil etadigan a’zolar yig’indisi tushuniladi, xozirgi kungacha sotsialogiyada a’zolar soni qancha bo’lishi keraqligi haqida aniq bir tuplamga kelingani yuk. Bu to’g’risida guruh turlari haqida so’z ketganda, gapirib utiladi.
Guruh o’zining sonini a’zolari sonini chegaralashi yoki chegaramasligi mumkin. Mana shu asosga ko’ra guruhlarni “berk” guruhlar, yani yangi a’zolarni qabul qilishda aniq mezon kuyadigan guruhlar; chegaralangan guruhlar, yani guruh a’zoligi qabul qilish mezoni kam talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar; va nihoyat xoxlagan kishi qurishi mumkin bo’lgan ochik guruhlar va bu guruhlarda a’zolarga nisbatan aniq talablar quyilmaydi, ko’pincha guruhlar a’zo qabul qilish va a’zolarni guruhdan chiqishi uchun aniq talab kuyadi. Buning natijasida guruhning bir xilligi va uning tasir doirasi taminlanadi.
Guruhni paydo bo’lishi uchun ichki tashkilot, ya’ni institutlar, na’zorat shaqllari, faoliyat namunalari bo’lishi kerak. Shuning uchun ham o’z shaxsiy tashkilotiga ega bo’lmagan faqatgina kontaktlar(aloqalarga) asoslangan erkin sotsial birliklar guruh deb atalmaydi.
Guruh o’zining shaxsiy norma va qadriyatlariga, ya’ni birlashish markaziga ega bo’lishi kerak. Bularga g’oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar, moddiy predmetlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga mansublik va birlashish xissini uyg’otish va rivojlantirish uchun zarur.
Bu qadriyatlar asosida guruhda “biz” so’zi bilan ifodalanadigan birlik xissi paydo bo’ladi. Bu xis kishilarni birlashtiradigan psixik(ruhiy) aloqa bo’lib hisoblanadi.
Nihoyat, guruh o’zining shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo’lishi kerak. Bular yordamida guruh boshqa sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar bo’lib, bir xududda yashash, alohida ritual harakatlar, til, mafkura va boshqalar hisoblanadi.
Bu 4 shart juda ko’p guruhlarni ta’riflash uchun kul keladi.lekin guruhlarni tasniflash (klassifikatsiya qilish)vaqtida bu tug’rida to’xtalib o’tamiz. Chunki bu shartlar nisbiy harakterga ega. Bular ko’pgina guruhlarni kanoatlantirsa ham, ba’zi guruhlarni tahlilqilish vaqtida tug’ri kelmasligi mumkin.
Guruhlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo’linadi. Sotsiologiya va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruhlar o’zining aniq ta’rifiga ega emas. Umuman katta sotsial guruh deganda, a’zolar soni ko’p bo’lgan kishilar guruhlari tushuniladi.

Yüklə 57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə