Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti



Yüklə 108,73 Kb.
səhifə1/6
tarix27.09.2023
ölçüsü108,73 Kb.
#124028
  1   2   3   4   5   6
iqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI FAKULTETI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI

IQTISODIYOT” TA’LIMI YO’NALISHI 3-KURS
I-80-2 GURUHI TALABASI
ABDUKUDUSOV ISKANDARNING

IQTISODIYOT” FANIDAN
MUSTAQIL ISHI

TOSHKENT-2023


Mavzu: Rasmiy va norasmiy norma, qoidalar, institutlarning shakllanishi.
Reja:
1.“Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati
2. Rasmiy va norasmiy normalar va ularning shakllanishi
3. Institutsional matritsa
4. Institutsional o‘zgarishlar va institutlarning o‘zaro bog‘liqligi

Institut” va “norma” tushunchalarining mohiyati


Institutlar jamiyat hayotida muhim o`rin tutadi. Agar bir daqiqaga barcha institutlar yo`q bo`lib ketganligini tasavvur qiladigan bo`lsak, u holda tartibsizlik boshlanib ketib, bu o`z navbatida abadiy davom etmas edi. Chunki insonlarning o‘z hayotini tartibga keltirishga urinishlari yangi institutlarning paydo bo`lishiga olib kelgan bo`lar edi. Institutlar tabiatini yanada chuqurroq tahlil qilish global xususiyatlarga ega bo`lgan qator savollarga, xususan, nima uchun bozorlar “ishlaydi” yoki “ishlamaydi”? Iqtisodiy siyosatning u yoki bu tadbirlari nima uchun samarali yoki samarasiz bo`ldi? Iqtisodiyotdagi qaysi o`zgarishlar ichki sabablarga ko`ra yohud hukumatning u yoki bu qarori tufayli yuzaga keldi, degan savolga javob berish imkonini beradi. Institutlar o`zi nima? Turli davrlar tadqiqotchilari institutlar mohiyatini va ularning faoliyat ko`rsatish mexanizmini yoritvchi bir necha ta’riflarni asoslashgan.
Institutlarni T.Veblen quyidagicha ta’riflagan: “Institutlar – bu insonlar ularga amal qilgan holda turmush kechiradigan odatiy tafakkur tarzi” yoki “Institutlar – bu o`tmishda sodir bo`lgan jarayonlar natijasi bo‘lib, ular o‘tmish sharoitlariga moslashgan va, o‘z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to‘liq moslashmagan”.

Yüklə 108,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə