Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Konfliktli vaziyatni qabul qilish



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə34/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Konfliktli vaziyatni qabul qilish. Konfliktli vaziyatni subyektiv tarzda aks
ettirish ishning haqiqiy holatiga to’g’ri kelishi shart emas. Adabiyotda konfliktni
anglab olish har doim o’zida subyektivizm elementini aks ettirishi va shu sababli
muayyan darajada buzib aks etilishi haqida fikr to’g’ri bildirilgan.
Vaziyatni noto’g’ri qabul qilish keng ko’lam kasb etishi mumkin. Ma’lumki,
konflikt sababi bo’lib boshqa subyektni tushunmaslik hisoblanishi mumkin.
Mutaxassislar «adekvat tushunilmagan» va «soxta» konfliktlar kategoriyalarini
ajratadilar
1
.
Birinchisiga shunday holatlar kiradiki, bunda konfliktli vaziyat mavjud va taraflar
uni shundayligicha qabul qiladilar, biroq haqiqiy ahvoldan jiddiy chetga chiqqan
holda qabul qiladilar. Jiddiy chetga chiqish deganda paydo bo’lgan muammoning
ko’lamlarini haddan ziyod kengaytirish (mutloq xususiy sabab yuzasidan paydo
bulgan kelishmovchilik umumiy xarakterga ega kelishmovchilik sifatida noto’g’ri
talqin qilinishi mumkin) yoki aksincha uni haddan ziyod toraytirish mumkin, ya’ni
konfliktli vaziyat to’liqmas yoki qisman aks etishi mumkin. Boshqa turdagi chetga
chiqish «shartli» konflikt vaziyatida mavjud bo’ladi, bunda ziddiyatlarning mavjud
bo’lishi kurashuvchi taraflar tomonidan anglashilmaydigan yengil o’zgaruvchi
vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Millatlararo konfliktlarda bu hol tez-tez uchraydi.
«Soxta» konfliktda esa obyektiv konfliktli vaziyat butunlay bo’lmaydi, subyektlar
o’rtasida birorta ziddiyat yuq, shunga qaramasdan taraflar o’zaro munosabatlarining
konfliktliligini his etadilar va qarama-qarshi kurashni boshlaydilar. Yuridik
adabiyotda bu masalada bildirilgan yana bir fikr diqqatga sazovordir, ya’ni :
―Insonlar hayotni va unga xos bo’lgan qiyinchiliklarni turlicha tushunadilar,
chunki :
- har birimizda takrorlanmas xarakter va o’ziga xos hayotiy tajriba bor;
- har birimiz erkak yoki ayol bo’lib tug’ilamiz;
- har birimiz tug’ilishda muayyan muhitga tushib qolamiz va butunlay
boshqa tajriba, dunyoqarash va rolga ega bo’lamiz;
- har birimiz turli qadriyatlarga ega bo’lamizki, bular bizning tafakkurimizga
va xulq-atvorimizga ta’sir etadi hamda bir xil harakatlarni sodir qilishga va
boshqalaridan voz kechishga majbur qiladi.
Shu sababli biz boshqa odamlar bilan tanishganimizda va ishlaganimizda
hammamizning aynan bir xil narsalarni turlicha qabul qilishimiz ajablanarli
emas»
1
.

1
Қаранг:Петровская Л.А. О понятийной схеме социально-психологического анализа конфликта. М., 1977г.


1
Қаранг: Работа с конфликтом: навыки и стратегия действия. Лондон, Конфликтологический центр, 2001. С.23.


40
Yuqorida ko’rsatilgan hollarda noadekvat bo’lgan yoki soxta qabul qilishning


ikkala tarafga xosligi kam kuzatiladi.Odatda faqat bir subyekt vaziyatni xato yoki
buzib, boshqasi esa to’la adekvat holda tushunadi. Birinchi subyekt vaziyatni
konfliktli deb tushunib, shunga mos harakat qila boshlaydi, boshqasi esa, konfliktli
harakatlarni o’ziga yo’naltirilganligini bilgandan so’ng bu vaziyatni «konfliktli» deb
baholash uchun ko’proq asosga ega bo’ladi. Mabodo ikkinchi subyekt vujudga kelgan
muammoning tasodifiyligini anglab yetmasa, vaziyatni u tomondan baholanishi
obyektiv bo’la olmaydi.Soxta qabul qilish kimningdir oldindan ko’zlanmagan
harakatlarini qasddan, ataylab qilingan, ya’ni shaxsning muayan manfaatlariga mos
keluvchi harakat deb tushunish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday muammoni hal qilish
uchun odatda konfliktni boshlagan harakatlar ehtiyotsizlik tufayli, qasddan
bo’lmaganligini aniqlash va tushunish yetarli hisoblanadi. Biroq, ko’pincha bu
imkoniyatlar e’tibordan chetda qoldiriladi va taraflar bir-birlarining harakatlarida
yovuz qasdni ko’radilar, bu esa konfliktning kuchayishi va chuqurlashishiga olib
keladi.
Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida
qaraganda shuni ta’kidlash muhimki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt
genezisida bayon qilinayotgan nuqtai nazar mazmunini buzib sharhlash bilan bog’liq
bo’lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu, eng avvalo, opponent motivlarini
baholashdagi xatolar bilan belgilanadi.
Soxta qabul qilish odatda boshqalarning so’zi va harakatlarini noto’g’ri tushunish
bilan bog’lik. U turli sabablardan kelib chiqadi: xabarning ikki xil mazmunga ega
bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga muloqot matni orqali kiritiladigan xatoliklar
bilan va b. Muayyan holatlarda savol berish yoki hatto xushomad qilishni haqorat
sifatida qabul qilinishi kuzatilgan. O’zgalarning hatti-harakatlaridagi ma’noni bunday
qabul qilishdagi tafovutlar ko’pincha madaniyatdagi farqlar, muloqotning turli
qoidalari bilan belgilanadi.
Afsuski, xatolik orqasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o’zining real
predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining
o’zidayoq haqiqiy konfliktli vaziyat vujudga keladi.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə