13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu



13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va 
funksiyalari Reja:
1.
 
 
Muloqot 
– yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va 
o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq 
kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot jarayonida ijtimoiy 
tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va 
mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida 
kamolotga yetadi. Kishilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot pedagogik–psixologik 
fanlarning asosiy kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo 
munosabatning eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi. 
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi 
hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro 
ta’sir va o‘zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni 
ifodalaydi. 
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘za- ro 
ta’sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot 
almashishida, ta’lim va tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini 
tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga 
ega: 

muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy 
qurol hisoblanadi; 

muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni 
ta’minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim aha- 
miyatga ega; 

o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi 
muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham 
xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi; 

pedagogikada muloqot – o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘t- 
kazish asosida o‘zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir 
maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiya- sini 
bajarishidir;


muloqot – hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chi- qadi 
va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;

Noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchi- ga 
ishonchsizlik paydo bo‘ladi, ularning diqqat – e’tibori, ishchanlik harakati 
susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati 
pasayadi. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə