13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

Jonli muloqot 
– o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday 
ta’lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og‘zaki so‘z bilan o‘quv- chilarga 
yetkazadigan, o‘qituvchini ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga 
ega bo‘lgan faoliyatdir. 
Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning 
jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir 
dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-
tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari 
ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o‘qituvchi 
jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi 
jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo 
quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob 
bera olishi kerak: 
1.
 
Nimaga o‘rgatish: 
a)
o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklar- dan 
xabardor etish, fan terminlarini tushuntirish, o‘quv predmetini to‘liq 
o‘zlashtirish; 
b)
o‘quvchilarda shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish; 
v) o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fan bo‘yicha qobiliyatlarini
ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; 
g) yangi mavzuni fanlararo aloqadorlik asosida tushuntirish; 
d)
dars jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalarining qizi- 
qarli metodlari asosida tashkil etish. 
2.
 
Kimni o‘rgatish: 
a)
kelajakda mamlakat taraqqiyoti uchun mas’ul, davlat siyosa- tining 
ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol insonga ta’lim-tarbiya berish; 
b)
o‘quvchilarni bilim olish va tarbiyalanishi jarayonida duch kela- 
digan muammolar va qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etishga o‘rgatish; 
v) o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish; 
g) dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchilar 
fikrlarini inobatga olgan holda tashkil etish; 
d)
yosh va murg‘ak qalb egasi bo‘lmish o‘quvchilarning psixologik 
o‘zgarishlari va rivojlanishlarini inobatga olish; 
e)
iqtidorli o‘quvchilar bilan yakka holda pedagogik faoliyat olib 
borish. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə