13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

O‘qituvchi ta’lim 
– tarbiyaviy faoliyatni o‘quvchilar bilan birga- likda 
tashkil etadi. Bunda sinfning faol o‘quvchilari hamda norasmiy liderlari 
bilan o‘zaro muloqotning adolatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: 
o‘quvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil 
bajarishga jalb etish, bunda o‘quvchilarga tashkilotchilik va ijro etish 
rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim. 
O‘qituvchining to‘g‘ri tashkil etilgan muloqoti o‘quvchining o‘zli- gini 
anglash funksiyasini takomillashtiradi. Bunda o‘qituvchining vazi- fasi 
muloqot asosida o‘quvchilarga o‘zining “Men”ni anglashni, shaxs sifatida 
o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilish- ni, o‘z-o‘zini 
baholashni o‘rgatishi kerak. 
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob 


namunasidir. Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga 
ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, 
o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. 
Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, 
rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining pedagogik 
muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 
1.
 
Prognostik bosqich (modellashtirish): 
O‘qituvchi tomonidan 
sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish. 
2.
 
Kommunikativ aloqa: 
O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv 
jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish. 
3.
 
Pedagogik jarayon: 
O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik 
mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
4.
 
Natijalar tahlili: 
Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va 
kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun model- lashtirish. 
Olimning 
fikrlari 
asosida 
muloqotning 
ushbu 
yo‘nalishlarini 
quyidagicha ta’riflash mumkin? 
Natijalar tahlilida o‘qituvchi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq 
va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi ta’lim-tarbiyaviy faoli- yatida 
tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu yo‘nalishda maqsad, reja va 
natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi 
o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni, 
tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak. 
O‘quvchilarning axloqiy jihatdan tarbiyalanganligi uning atrof-mu- 
hitga nisbatan bo‘lgan munosabatlarida ham namoyon bo‘ladi. Axloqiy 
tarbiyalanganlik o‘quvchining his-tuyg‘ularida ichki kechinmalarida 
ifodalanadi va xulq-atvorida, o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida yuzaga 
qalqib chiqadi. O‘quvchilar bilan yaqin munosabatda bo‘lish va 
mehribonlikni namoyish etish, o‘qituvchining sinf jamoasi bilan 
munosabatda to‘g‘ri va odilona muloqotini tashkil etishda asosiy zamin 
bo‘ladi. 
Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon 
yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini shakllantiradi. O‘qituvchi ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini 
namoyish etadi. Dars jarayonida esa o‘qituvchi o‘quvchilarni tashkilotchi va 
ijrochi rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs 
o‘zligini tanishni o‘rganadi. O‘qituvchi darsni rejalashtirar ekan, faqat 
o‘rganilayotgan dars mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida 
o‘quvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki 
o‘qituvchining yordamiga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni topishi, ularga 
yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir o‘quvchining qiziqishini 
ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi 
lozim. 
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan 
yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va 


birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu 
o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda ta’lim va tarbiya 
muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining 
boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu 
vaziyatda o‘qituvchi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi 
baho oluvchi hisoblanadi. Bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish 
vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining o‘quvchilar bilan pedagogik 
muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi: 


Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə