13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

Kommunikativ muloqot. 

Interaktiv muloqot. 

Perseptiv muloqot

1.
 
Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi

Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro 
axborot almaShuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida 
tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir - birlari bilan muloqotga 
kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq 
faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi. 
2.
 
Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir- biriga 
ta’sir etishdir
. Muloqotga kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, 
o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr 
almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi 
tushuniladi. 
3.
 
Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro 
bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. 
Bunda muloqotga 
kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri 
ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak 
tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi. 
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro 
hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok 
etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot 
muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlik 
faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama 
shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib 
borishi lozim. 
Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil 
fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida 
yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat siyosatining 
ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul – o‘qituvchilar 
zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun yuksak ongli, 
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan 
bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr 
kadrlarini tayyorlash mas’uliyati yuklangan. 
O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim 
bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin 


muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z 
san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar bilan 
so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi 
usullaridan o‘rinli foydanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan 
qizg‘in muloqotni amalga oshiradi. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə