13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

3.
 
Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib 
borish. 
Yosh avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy 
muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omillarning 
eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga ta’sir 
etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmuyi tushuniladi. Muhit 
tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit 
xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, 
tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash 
jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan 
e’tirof etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida 
shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun 
o‘qituvchi muloqotni tashkil etishda ota- 
onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan 
doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. 
Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni 
maqsadli tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi. 
4.
 
Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni
. Ta’lim 
muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va 
iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat – yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil 
fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini 
uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. 
O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir 
etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, 
xulq mukammalligini ta’min- laydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib 
shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni 
ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham bo‘ladi. 
Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik 
ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida 
tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida 
o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim-tarbiyaviy 
faoliyatda muvaf- faqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan 
aloqadorlikda olib borilishi lozim. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə