13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

1.
 
Tarbiyaviy 
maqsadni 
amalga 
oshirishda 
demokratik 
yondashuv
. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb 
tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos 
xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e’zozlashi 
lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada 
demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan 
yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyala- nuvchining bir-birlariga o‘zaro 
ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy 
tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil 
etishdan maqsad, ta’lim- tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat 
markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho 
boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish 
vazifasi bajariladi. 
2.
 
O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. 
Aslida muloqotdan
maqsad o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. 
O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u- 
laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-
muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan hurmat 
tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch 
tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O‘quvchi 
shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli talabchanlik mezonlari 
asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi 
bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal shaxsiy 
fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir 
bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchi- larning axloqiy madaniyati, 
tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kasbiga, 
o‘quvchilarga bo‘lgan munosa- bati uning muloqotida yaqqol namoyon 
bo‘lishi mumkin. 


O‘z faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilar ayniqsa, har bir 
o‘quvchining kelajagiga umid bilan qarashlari, unga individual yonda- 
shishga harakat qilishlari, tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qo‘lla- 
masliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsadlarni 
qo‘yishga intilishlari lozim. Yosh o‘qituvchilar ma’lum bir pedagogik 
mahorat sirlarini egallashga intilmasalar, o‘z fanidan bilimlari sayoz bo‘lsa, 
shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondashmasalar, kommu- nikativ 
qobiliyatini takomillashtirib bormasalar, o‘quvchilar uni asta - sekin tan 
olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar mulo- qotida tuzatib 
bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə