13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

3.
 
Qanday o‘rgatish: 


a)
o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari 
asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda 
ta’lim berishi; 
b)
yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vazi- 
yatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar asosida 
tashkil etish; 
v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida peda- 
gogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish; 
g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, 
mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustah- kamlash. 
O‘qituvchining o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan uzviy 
aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning 
hurmat-e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va ta’lim-
tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning 
uchun o‘qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat sirlarini 
egallaydi, tajribali ustoz o‘qituvchilarning yutuqlaridan foydalanadi. Yosh 
o‘qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyidagi vazifalarga e’tibor 
berish talab qilinadi: 

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur 
o‘rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan 
tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish;


jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr- qimmatini 
anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga 
intiluvchi erkin shaxsga ta’lim-tarbiya berishi shartligini unutmaslik;


jonli muloqotning pirovard natijasi o‘quvchilarni o‘z aqli, o‘z 
tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni ongli 
ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishini ta’minlash;


jonli muloqot tufayli o‘quvchilarning yuksak darajadagi intellek- tual 
salohiyatlarini, aql-zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish. 
Pedagogikada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning vositalaridir.
Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, 
baho beruvchi, 
intizomga 
undovchi bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o‘qituvchi o‘z ishining
mohir ustasi bo‘lishi uchun 
tashkilotchilik 
qobiliyati
asosida ta’sir ko‘rsatishga ko‘proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi.

O‘qituvchilarning jonli muloqoti uchta qarama qarshi shakllarga ega 
bo‘lgan faoliyatlardan birida namoyon bo‘ladi: 

ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning bir- 
galikda hamkorlik qilishlari;


o‘qituvchining o‘quvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning faolli- gini 
ro‘yobga chiqarmasligi;


o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotda, nisbatan mo‘- 
tadil munosabatda bo‘lishi va o‘quvchi jamoasi tomonidan hal etila- yotgan 
barcha muammolardan o‘zini chetga olishi.



Muloqotdagi noo‘rin vaziyatlarni o‘qituvchining o‘zi tajribasizligi 
tufayli paydo qiladi. U o‘quvchilar bilan bir xil o‘zaro jonli muloqot olib 
bora olmaydi, ba’zi ishtirokchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazsa, ba’zi 
ishtirokchilarga muvofiq ravishda faoliyat olib boradi. 
O‘qituvchi jonli muloqotga emotsional tus berish bilan neytral holat 
orqali muloqotdagi faoliyatini ijodiylikdan salbiylikka o‘zgartirishi 
mumkin. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfdagi ma’lum iqlimni 
o‘zgartiradi. Takomillashgan pedagogik muloqot o‘qituv- chining o‘z jonli 
muloqoti jarayonida va erishilgan yutuqlari natijalarini muntazam nazorat 
qilib borishini nazarda tutadi. 
To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi tanlagan 
vositalar ta’lim-tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga muvofiq kelishini 
o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi. 
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi jonli muloqot orqali quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
birinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka 
holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi; 

ikkinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltiril- gan 
ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi; 

uchinchidan, ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning 
tashkil qilinishi; 

to‘rtinchidan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida 
shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish 
imkoniyatlaridan foydalanish; 

beshinchidan, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor 
sohasi sifatida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi 
ekanligini unutmaslik. 
Jonli muloqot jarayonida o‘quvchilarning xulqi ijtimoiy qonuni- yatlar 
maromiga zid kelsa, u holda uning xatti-harakatiga tarbiyaviy ta’sir 
ko‘rsatiladi, ya’ni e’tiroz, tanbeh, ogohlantirish kabi vositalar qo‘llaniladi. 
Jonli muloqot o‘qituvchilarning axloqiy namunalari muhim ahamiyatga ega 
bo‘lib, axborot almashinuv, o‘zaro ta’sir kabi muloqot vositalarining 
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. 
Har bir fikr va e’tiroz bildirilganda, muloqotdan o‘quvchining ruhiy 
o‘zgarishlariga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish, lozim bo‘lganda 
o‘qituvchining uzr so‘rashi, tavoze bilan o‘quvchiga murojaat qilishi 
o‘qituvchi muomala odobining muhim belgisidir. 
Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan pedagogik faoliyatda o‘qi- 
tuvchi muloqot jarayonida nojo‘ya xatti–harakati, qo‘polligi, o‘ylan- may 
bildirilgan noto‘g‘ri fikri, ortiqcha imo-ishoralari natijasida o‘quvchilar 
bilan bo‘ladigan jonli muloqotning buzilishiga, tuzatib bo‘lmas qaltis 
vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Buning natijasida muloqot odobi, yaxshi muomala bilan fikr alma- shuv 


o‘z o‘rnini nizoli vaziyatga bo‘shatib beradi. Ushbu salbiy holat- larga yo‘l 
qo‘yilmaslik uchun, pedagogik muomalada o‘quvchilar bilan o‘zaro 
munosabat hurmat va ishonch negizida qurilishi kerak. Bunda o‘qituvchi 
o‘quvchining huquq va majburiyatini, maktabda, jamoada, oilada 
bajaradigan vazifalari nimalardan iborat ekanligini har lahzada eslatib 
turishi lozim. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun 
suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish 
uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan 
pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari 
o‘quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir. 
Ishonchini qozonish usuli o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir 
ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga 
qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va 
ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash 
orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida 
darsdan tashqari jarayonlarda, o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, 
ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi. Ishonchini qozonish usuli 
yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda 
o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi. 
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jara- yonida, 
balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir 
qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo 
qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy 
xislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi 
shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini 
hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quvchilar psixik jihatdan turli 
xarakterga ega bo‘lishi mumkin. 
O‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy xislatlari 
har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini 
qozonish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir 
o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi 
muntazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, 
tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini 
bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, 
sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, 
serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va 
chala ishlaydigan yoki ishga 
tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi 
o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan 
xulosalarni ishlab chiqishi shart. 
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati 
o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-
o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, 


ijtimoiy mavqeyini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. 
O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga 
chiqadi. 
O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi ta’lim- 
tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan 
ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda 
shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi 
kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga 
atrof-muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi 
va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli 
sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har 
tomonlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi 
uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi 
tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim: 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə