13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

Pedagogik muloqot 
– bu, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va 
darsdan tashqari faoliyatda eng qulay psixologik muhitni vujudga keltirib, 
ijobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy 
munosabatidir. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy 
maqsad: 



salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham 
berish;


o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;


o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fik-mulohazalarini 
cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;


o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;


dars va darsdan 
tashqari 
jarayonlarda 
quvonch 
va
shodlik kayfiyatini paydo qilish.

A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hupmat va 
talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim. 
V.D.Suxomlinskiy o‘qituvchining “…maktab hovlisida gapirgan har bir 
so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy 
maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak” deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir 
so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga aytiladi, balki uning 
qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman ilg‘or o‘qituvchilarning 
fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik 
pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi. 
Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik 
bilimlariga tayanib o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal 
bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy 
holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, 
tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni 
tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z 
“qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi. 
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xusu- 
siyatlari, uning sinf jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf 
jamoasida ro‘y berayotgan har qanday voqea va hodisalar o‘qituv- chilar 
nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil 
qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar bilan axborot 
almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituvchining 
o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va 
ijobiy natijalar beradi. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə