13-Mavzu: Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari Reja: 1



Yüklə 295,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix11.05.2023
ölçüsü295,61 Kb.
#109573
1   2   3   4   5   6   7   8   9
13-mavzu

5.
 
Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi
. Bunday 


muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi 
mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot, ko‘pincha, o‘quv- 
chilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat 
qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiqlash 
vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashab- buskorligi inkor 
etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-
qarshiliklar paydo bo‘ladi. 
Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z 
tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituv- 
chining o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoni- yatlari 
o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan 
o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki 
o‘qituvchining o‘quvchilar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri
qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini 
bilmasliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi 
ushbu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o‘qituvchining o‘zi qizg‘in 
faoliyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim 
bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadri- 
yatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchi eng yaxshi insoniy 
fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini asosan o‘qituvchi 
timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. O‘quvchilar jamoasida 
o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlar insonparvarlik tamoyillariga 
asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy 
muomala deyiladi. 
Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining 
qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi. 
Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning qonuniyat- lariga va 
o‘qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan 
ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, odob 
normalari va qoidalari, talablari hamda o‘qituv- chilar jamoasining fikri 
asosida boshqariladi. 

Yüklə 295,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə