Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə31/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Dinamik funksiya . Ijtimoiy konflikt dinamik funksiyasining siyosiy
ahamiyati o’z vaqtida marksizm tomonidan sinfiy kurash va ijtimoiy
inqilobga oid xulosalarida ishonchli qilib ochib berilgan. Markscha
tushunchalarda har qanday ijtimoiy konflikt ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi
va ijtimoiy o’zgarishlarga olib keluvchi vosita ekanligi umumiy tarzda aks
ettirilgan. Tub qayta o’zgarishlarning umuman bo’lmasligi ijtimoiy hayotning
tinch va bir maromda kechishini ta’minlaydi, kichik o’zgarishlar muammo
mohiyatiga ta’sir etmaydi va vaqt ichida sekinlik bilan yuz beradi. Biroq
konflikt yuzaga kelsa hamma narsa harakatga keladi. Odamlarni yillar
davomida qoniqtirib kelgan xulq-atvor va faoliyatning odatiy normalari
hayratlanarli darajadagi keskinlik va afsuslanishsiz uloqtirib tashlanadi. Konflikt
zarbalari ta’sirida jamiyat qayta o’zgaradi, avvalgi tinchlik holati yo’qoladi.
O’zgarishlar avvalgicha kam ahamiyatli va sezilarli emasdek tuyuladi, biroq
insonlar o’rtasidagi munosabatlarda , qarashlarda, xulq-atvorda darz ketishlar
kuzatiladi. Ijtimoiy konflikt qanchalik kuchli bo’lsa, uning ijtimoiy jarayonlarni
borishiga bo’lgan siyosiy ta’siri shunchalik yaqqol bo’ladi, yuzaga kelgan
o’zgarishlar va ularni amalga oshirish tezligi shunchalik sezilarli bo’ladi.
2. Konfliktlar sohalari va tipologiyasi 
1. Konflikt sohalari. Konflikt subyektlari va ularning namoyon bo’lish 
sohalariga qarab konfliktlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: iqtisodiy, 
siyosiy, millatlararo, turmush, madaniy va ijtimoiy konfliktlar.
Bozorga o’tishda boshqacha manzarani kuzatish mumkin. Mohiyatiga ko’ra
bozorning o’zi doimiy konfliktlar uchun maydondir, biroq u raqobat kurashi yoki
raqibini siqib chiqarish ko’rinishida emas, balki, avvalo, dialog, ba’zida sherigini
foydali kelishuvga majburlovchi turli harakatlar (tahdid solish, shantaj, zo’rlik) bilan
birga ro’y beradigan savdo bitimlari shaklida yuzaga chiqadi. Shu bilan birga bozor
iqtisodiyoti sharoitida boshqa kuchli konfliktli vaziyatlar ham yuz beradi: ish
tashlashlar, pul muomalasidagi inqirozlar va b. Bozor iqtisodi maxsus ishlab
chiqilgan qoidalar bilan tartibga solinuvchi, doimo yuzaga keluvchi mehnat
konfliktlarini ham taqozo etadi. Garchi mehnat nizolari har qanday ijtimoiy tuzumda
mavjud bo’lsada, ular aynan istagan tovarni (ishchi kuchini ham) oldi-sotdisiga
asoslangan bozor iqtisodi uchun ko’p darajada xosdir.
Katta ko’lamdagi iqtisodiy konfliktlarning xususiyati shundaki, ularga aholining
keng qatlamlari jalb qilinadi. Aviadispetcherlarning ish tashlashi faqat aviasiya
kompaniyalariga emas, shuningdek minglab yo’lovchilarga ham talluqli. Agar ish
tashlash vrachlar tomonidan amalga oshirilsa, millionlab jabrlanuvchilar paydo
bo’ladi. Shu bois ba’zi turdagi ish tashlashlarni man qilish jamiyat hayotini
barqarorlashtirishning muhim vositasi hisoblanadi.
Siyosiy sohadagi konfliktlar - bu umuman demokratik jamiyatdagi odatiy
voqyelikdir. Ularning xususiyati shundaki, ular katta miqyosdagi ijtimoiy
hodisalarga, qo’zg’olonlarga, ommaviy tartibsizliklarga, oqibat natijada fuqarolik
urushiga aylanishi mumkin. Hozirgi davrdagi ko’pchilik siyosiy konfliktlar uchun
millatlararo jihat xarakterlidir. Deyarli barcha hollarda siyosiy konflikt bir vaqtning


37
o’zida milliy ham hisoblanadi yoki har qalay uning milliy tomoni bo’ladi


(vatanparvarlik, separatizm yoki diniy harakat).
Mehnat, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, ta’lim sohasidagi manfaatlar qarama-
qarshiligi bilan kechuvchi konfliktlar yuqorida bayon qilingan konfliktlarning ikki
turi - iqtisodiy va siyosiy konfliktlar bilan uzviy bog’liq. Bu konfliktlar bevosita
ijtimoiy tuzum tabiatiga bog’liq emas va ularning ko’lami unchalik katta emas. Xuddi
shunday fikrni kishilar o’rtasida ularning ish yoki yashash joylarida sodir bo’ladigan
turmush konfliktlariga nisbatan ham bildirish mumkin.
Ma’lumki, individlar, ijtimoiy guruhlar yoki davlatlar o’rtasidagi konfliktlar
o’z-o’zidan tugashi, zo’rlik qo’llash orqali to’xtatilishi yoki tinch ma’rifiy yo’l va
vositalar bilan hal qilinishi mumkin. Shuningdek, sud, parlament va
konstitusiyaviy tartiblar kabi ichki davlat va xalqaro-huquqiy institutlari hamda
kelishuvga erishishning boshqa norasmiy vositalari (oqsoqollar kengashi, hakamlik
sudlari va b.) ham qo’llaniladi. Shunga qaramasdan, aynan konfliktlarni hal
qilishning psixik mexanizmlari eng maqbul va samarali usullar bo’lib
hisoblanadi, chunki ular ziddiyatlarni qonuniy yo’l bilan bartaraf qilish
imkonini beradi, vaziyatni barqarorlashtiradi, muayyan huquqiy, ijtimoiy va
iqtisodiy oqibatlarni yuzaga keltiradi hamda qabul qilingan qarorlar ijrosining
davlat yoki xalqaro hamjamiyat kuchi va obro’si bilan ta’minlanishini
kafolatlaydi.
Konfliktlar tabiatini o’rganish bo’lajak pedagog-psixologlarga hozirgi zamon
murakkab ijtimoiy muhitida maqbul yo’lni izlashga, odatdan tashqari
vaziyatlarda va favqulodda sharoitlarda ishonchli qarorlar qabul qilishga,
«inson tabiati»ga xos bo’lgan kuchli va zaif jihatlarni chuqur anglashga
yordam beradi. Psixik konfiliktologiya fani hozirgi davrda pedagog-psixolog uchun
zarur bo’lgan bilimlar doirasini kengaytiradi.


Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə