Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə27/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

Irrasional elementlar. Konfliktlarning paydo bo’lishida ijtimoiy subyektlar
manfaatlarining to’qnashuviga olib kelgan u yoki bu obyektiv sabablarni aniqlash
mumkin.Masalan,bir ayolni sevuvchi ikki erkak o’rtasidagi konflikt yoki transport
vazirligi bilan fermerlar o’rtasidagi ularning hududida avtomagistral qurilishidan
kelib chiqqan to’qnashuv obyektiv shakllangan vaziyatdan qonuniy tarzda kelib
chiquvchi ziddiyatlarga asoslanadi, bu vaziyatda har kaysi tarafning haqiqiy
ehtiyojidan to’qnashadi.
Biroq jamiyatda ziddiyatlar va demak, konfliktlar ham juda ko’p uchraydi,
ularning hammasi ham biror jiddiy sabablar bilan bog’liq emas, balki odamlarning asl
ehtiyojlari va maqsadlariga to’g’ri aloqador bo’lmagan subyektiv omillar va
kishilarning xarakterlari, kayfiyatlari, oddiy, arzimagan injiqliklari kabi sabablar
bilan ham ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin.
Bunday «subyektiv» ziddiyatlar oilada, xizmatda va boshqa ishlarda doimiy
muloqotda bo’lishga majbur bo’lgan ayrim individumlar o’rtasida tez-tez sodir bo’lib
turadi. Bu ziddiyatlar juda mayda, boshqa kishilar nazarida arzimaydigan,soxta
bo’lishi mumkin, biroq xarakter xususiyatlariga ko’ra normal o’zaro munosabatlar
uchun yengib bo’lmas to’siqlar bo’lishi mumkin. Psixologlarning ta’kidlashicha,


32
xarakter yoki xulk-atvorning eng ta’sirchan jihatlari bo’lib, me’yordagi, tabiiy sifatlar


bo’lishi, biroq bunday sifatlar boshqa odamlarda bo’lmasligi mumkin: punktuallik,
tejamkorlik, aniqlik, sabrlilik va b.
Boshqa bir odamning kiyinish odati yoki ovqat yeyish usuli ham norozilikni
yuzaga keltirishi mumkin. Ko’pincha temperament, ta’sirlanishning tezligida
farqlanuvchi kishilar o’rtasidagi to’qnashuv-larni tushunish qiyin bo’ladi. Nihoyat,
konflikt sababi bo’lib kimningdir shunchalik ta’sirchanligi, axmoqona qilig’i bo’lishi
mumkin.
Konflikt haqidagi odatdagi fikr shundan iboratki, konflikt doimo o’z manfaatlarini
oqilona qo’llab-quvvatlovchi kishilar o’rtasidagi mantiqan tushuniladigan ziddiyatdir.
Biroq, dastavval bunday tushunishga mutaxassislar tomonidan kuzatiladigan ko’p
omillar qarama-qarshi turadi. Masalan,oilaviy janjalda er ziddiyatni iloji boricha
yumshatishga harakat qilib xotiniga yon bosadi , ayol esa, erning bunday harakatini
«bejiz emas» deb tushunib, battar «to’nini teskari kiyib oladi» va konflikt yangi kuch
bilan avj oladi. Davlatlararo muzokaralarda bir taraf unga birinchi so’z berilmagani
uchun o’zini haqoratlangan (kamsitilgan) deb biladi va muzokaralar uziladi. Mana
shunga o’xshash konfliktlar sabablarining murakkabligini tasdiqlovchi shu kabi
ko’p misollarni keltirish mumkin, biroq bular har doim ham qat’iy mantiqiy tuzilma
(rekonstruksiya)da e’tiborga olinavermaydi va ko’pincha yo’qotib bo’lmaydigan
irrasional elementlari bilan kechadi, bu esa, konfliktning individual o’ziga xosligini
tashkil qiladi va uni oddiy vositalar bilan hal qilishga yo’l qo’ymaydi.
Bu, ayniqsa, milatlararo konfliktlarda ko’rinadiki, bu konfliktlar odamlar hatti-
harakatining puxta ishlab chikilmaganligi, oqilona emasligi (irrasional bo’lishi),
destruktiv (buzg’unchi) xarakterdagi hissiyotlarning ustun kelishi oqibatida boshqara
olinmaydi va mabodo ular kengayib, avj olsa, haqiqiy halokatga aylanishi mumkin.
Psixoterapevtik amaliyotdan ma’lumki, odamning muloqot jarayonida sodir
etadigan xulq-atvori, harakatining noaniqligi, boshqa kishilarda asabiy reaksiyani
tug’dirishi mumkin va konfliktlarga olib kelishi mumkinki, bular go’yo boshqa
shaxslarga butunlay bema’ni va sababsizdek bo’lishi mumkin. Shu bilan birga
barcha muammo munosabatlarning tartibga solinmaganligida va chalkashligida,
psixologik jihatdan «turli tilda» ekanligidadir.
O’z-o’zidan tushunarliki, «obyektiv» va «subyektiv» ziddiyatlar, shuningdek
«irrasional» elementlar deb atalgan narsalar real hayotda qat’iy chegaralarga ega
emas va bu yerda konfliktli xulq-atvor sabablarida bo’lishi mumkin bo’lgan
variantlar doirasini ko’rsatish uchun juda shartli qilib belgilanadi. Hamma hollarda
biz u yoki bu tarzda kishilar manfaatlari bilan ish ko’ramiz, bu manfaatlar ko’p yoki
kam ahamiyatli, barqaror va o’zgaruvchan, oshkora yoki yashirin bo’lishi mumkin.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə