Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə24/107
tarix27.12.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#162401
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti psixologiy-fayllar.org

2. Konflikt chegaralari 
Konflikt tabiatini va uning o’xshash voqyeliklardan farqini tushunish uchun uning
chegaralarini, ya’ni uning makon va vaqtdagi tashqi doirasini aniqlash muhim.
Konflikt chegaralarini aniqlashda uch xil nuqtai nazarga asoslanish mumkin:
makon - fazoviy chegara, vaqt chegarasi, ichki tizim chegarasi.
Konfliktning makon (maydon) chegarasi konflikt yuz beradigan joy, hudud bilan
belgilanadi. Bu hudud turlicha bo’lishi mumkin, masalan, turar-joy maydonidan
boshlanib, butun yer shari bilan tugashi mumkin, ya’ni oshxonadagi janjal yoki jahon
urushi. Konfliktning makondagi chegaralarini aniq belgilash asosan xalqaro
munosabatlarda muhim bo’lib, konflikt ishtirokchilarining muammolari bilan bog’liq.
Bunday masala yaqin o’tmishda Tog’li Qorabog’, Dnepr bo’yi , Tojikiston, Shimoliy
Kavkaz, Checheniston va boshqa joylarda millatlararo konfliktlarda bir necha marta


28
o’rtaga qo’yildi. Bu yerlarda zarur choralarni ko’rish uchun konfliktning hududiy


chegaralari zonasini aniq belgilash lozim bo’ldi.
Vaqt chegaralari - bu konfliktning davomiyligi, uning boshlanishi va tugashidir.
Konflikt boshlanganligi, davom etayotganligi yoki tugab bo’lganligi haqida xulosa
qilish vaqtning u yoki bu daqiqasida konflikt ishtirokchilari harakatlariga yuridik
baho berishga bog’liq. Bu holat ayniqsa konfliktga yangidan kelib qo’shilgan
shaxslarning roliga to’g’ri baho berishda o’ta muhim.
Konfliktning boshlanishi ikkinchi tarafga yo’naltirilgan ta’sir harakatning
obyektiv (tashqi) harakatlari bilan boshlanadi, bunda ikkinchi taraf bu harakatlarning
unga qarshi yo’naltirilganligini tushunishi shart va shunda u ham qarshi kurash
boshlaydi. Konfliktni boshlangan deb hisoblash uchun kamida uchta shartning
bo’lishi shart:
1) birinchi ishtirokchi ikkinchi ishtirokchiga, ya’ni o’z raqibi manfaatiga zid
ravishda faol va ongli tarzda harakat qiladi; bu yerda harakat deganda ham jismoniy
harakat, ham axborot berish (og’zaki nutq, matbuot, televideniye va b.) tushuniladi;
2) ikkinchi ishtirokchi (raqib) ushbu harakatlar uning manfaatlariga qarshi
qaratilganligini tushunib yetishi kerak;
3) yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ikkinchi ishtirokchi birinchi ishtirokchiga
qarshi qaratilgan va unga javoban faol harakat-choralarni ko’radi. Shu daqiqadan
boshlab konflikt boshlangan deb hisoblanadi.
Agar faqat birgina ishtirokchi harakat qilsa (bir tomonlama) yoki harakatlarini
fikran rejalashtirsa (harakatlarini oldindan o’ylab reja tuzsa, raqib harakatlarini
tasavvur etsa, bo’lajak konfliktni qanday kechishini bashorat qilsa) - bu hollarda
konflikt bo’lmaydi. Biroq bo’lg’usi harakatlarni oldindan rejalashtirish konflikt
uchun poydevor bo’lib hisoblanishi mumkin, ba’zi olimlar buni konflikt
rivojlanishining latent (yashirin) bosqichi deb ataydilar.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə