Mavzu: 11,12. Suvda va yog‘da eriydigan vitamin preparatlari



Yüklə 34,52 Kb.
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü34,52 Kb.
#183494
  1   2   3   4   5
Mavzu;11


Mavzu: 11,12. Suvda va yog‘da eriydigan vitamin preparatlari

VITAMINLAR Vitaminlar tirik mavjudotlar organizmi uchun juda zarur, fiziologik ahamiyati katta, ferment uchun muhim, kimyoviy tuzilishi jihatidan ko‘pchiligi murakkab faol organik moddalar hisoblanadi. Ular tana tarkibidagi kofermentlar bo‘lib, fermentlar hosil bo‘lishida, moddalar almashinuvining normal kechishida va boshqa muhim jarayonlarda qatnashib, organizmning fiziologik jarayonlarini ta’minlaydi. Vitaminlar, asosan, ovqat mahsulotlari bilan o‘zlashtiriladi. Ularning ayrimlari ichak mikroflorasi ishtirokida hosil bo‘ladi, lekin bu yo‘l bilan o‘zlashtiriladigan vitaminlar miqdori tana uchun yetarli bo‘lolmaydi. Vitaminlar miqdori yetishmaganda tanada giðovitaminoz va avitaminoz kasalligi rivojlanadi. Har bir vitaminning o‘ziga xos giðovitaminoz alomatlari bo‘lib, ular muayyan o‘zgarishlar bilan kechadi. Umuman olganda, giðovitaminoz holati ko‘pincha ovqat tarkibida vitaminlar yetishmasligi, ularning me’da-ichak yo‘lida yaxshi so‘rilmasligi (jigar faoliyatining buzilishi, me’da-ichak kasalligi), tanada vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi (homiladorlik, og‘ir operatsiyalardan so‘ng, surunkali yuqumli kasallik va boshqalar), tanadan vitaminlarning ko‘p miqdorda chiqib ketishi (havo va tana haroratining ko‘tarilishi, og‘ir jismoniy mehnat va hokazo) natijasida kuzatilishi mumkin


Vitamin saqlovchi preparatlar faqat giðo- va avitaminoz bilan bog‘liq xastaliklarni davolash uchungina emas, balki ularning oldini olish maqsadida, turli kasalliklarni davolashda ham tavsiya etiladi.


Yog‘da eriydigan vitaminlar


A vitamini (akseroftol, retinol). Ovqat tarkibida bo‘ladigan murakkab tuzilishli spirt bo‘lib, tanada karotin pigmentining o‘zgarishi natijasida sintez qilinadi. Karotin har xil ko‘katlarda, ayniqsa, sabzi, ismaloq hamda tuxum sarig‘i, sut, moylar, pomidor va pishloqda ko‘p bo‘ladi. Organizmning A vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 1,5 mg. A vitamini qorong‘ilikda ko‘rishni ta’minlaydigan rodopsin biosintezi uchun zarur. Rodopsin ko‘z to‘r pardasidagi tayoqchalarning yorug‘likni sezuvchi pigmenti hisoblanadi. Yorug‘lik tushishi natijasida pigment parchalanib, nerv impulslari hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, A vitamini epitelial hujayralarning butunligini saqlaydi va glukokortikoidlar, xolesterin sintezi holida tana o‘sishi uchun zarur hisoblanadi. A vitamini yetishmasligida shabko‘rlik (gemeralopiya), ko‘z pardasining qurib qolishi (kseroftalmiya) holatlari yuz beradi. A vitaminli oziq-ovqat ko‘p iste’mol qilinsa, surunkali zaharlanish sodir bo‘lishi mumkin. Bunda ishtahaning buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin va bosh og‘rig‘i, teri va shilliq pardaning qurib qolishi, kamqonlik alomatlari kuzatiladi. A vitamini va uning preparatlari shabko‘rlikda, kseroftalmiyada beriladi. Undan tashqari, tananing kasalliklarga chidamliligini oshirish hamda uning o‘sishini ta’minlash maqsadida ham buyuriladi. Xalqaro birlikda (XB) o‘lchanadi. Gipervitaminoz—vitaminning ko‘payishi holatida qon tomirlarida, buyrakda, miokard va boshqa a’zolarda kalsiy yig‘iladi. Bu holda tarkibida kalsiyni kam saqlagan oziq-ovqat, ko‘p miqdorda suv ichish tavsiya etiladi.

Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə