Mavzu: 11,12. Suvda va yog‘da eriydigan vitamin preparatlari



Yüklə 34,52 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü34,52 Kb.
#183494
1   2   3   4   5
Mavzu;11

Folat kislota (Acidum folicum). 0,001 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 0,0005-0,001 g dan kuniga 1-2 marta ichiladi.
Sianokobalamin (Cyanocobalaminum). 1 ml da 30mkg,100 mkg,200 mkg va 500 mkg dan ampulada ishlab chiqari-ladi. 0,00005 g sianokobalamin va 0,0008 g folat kislota saqlagan tabletka holida ishlab chiqariladi. 100-200 mkg dan kunora,kamqonlikning og‘ir shakllarida 400-500 mkg dan mushaklar orasiga inyeksiya qilinadi.
Askorbin kislota (Acidum ascorbinicum). 0,5 g dan kukun, draje; 0,05 g tabletka holida (ovqatga solish uchun),0,05 g dan draje, 0,025 g tabletka holida bolalar uchun glukoza bilan 5% li eritmasi 1,5 ml dan, 10% eritmasi 1, 2, 5 ml dan ampulada ishlab chiqariladi. Profilaktika uchun 0,05-0, 1 g dan kuniga 1 marta. Davo muolajasi sifatida 0,05-0,1 g dan kuniga 3-5 marta ichish uchun buyuriladi. Inyeksiya uchun 5%li eritmasi 1-2 ml dan buyuriladi.
Kalsiy pangamat (Calcii pangamas). Glukonat kislota, kalsiy tuzlari aralashmasi. 0,05-0, 1 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi. 1-2 tabletkadan 3-4 mahal ichiladi. Davolash kursi30-40 kun.
Vitamin P. Rutin. (Rutinum). 0,02 g dan tabletka holida ishlab chiqariladi.

Suvda eriydigan vitaminlar Bu guruhga vitamin B kompleksi (tiamin bromid, riboflavin, piridoksin, folat kislota, sianokobalamin), nikotin kislota, askorbin kislota va rutin kiradi.


B1 vitamini (tiamin). Tiamin dukkakli va boshoqli o‘simliklarda (no‘xat, loviya, suli), har xil mevalarda va hayvon mahsulotlarida uchraydi. U ichakdan oz miqdorda so‘riladi. Odamning sutkalik ehtiyoji 2—2,5 mg. Ishqoriy muhitda parchalanadi. Viamin so‘rilganidan so‘ng ATF yordamida fosforlanadi va fiziologik faol tiaminning pirofosfor efiriga (kokarboksilazaga) o‘tib, pirouzum kislotaning karboksillanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, u quvvat almashinuvida (aketoglutar kislotaning karboksillanishida) qatnashadi. Shuning uchun yurak faoliyatida, mushaklar qisqarishida va nervto‘qimasi uchun ushbu vitaminning ahamiyati katta. B1 vitamini yetishmasligi natijasida, birinchi navbatda, karbonsuv almashinuvi buzilib, tanada sut kislota, pirouzum kislota yig‘ila boradi. Bu esa yurak, markaziy va periferik nerv tizimi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Avitaminozning og‘ir turlarida beri-beri yoki polinevrit kasalligi kuzatiladi. Preparat yarim yoki to‘la falajlik, mushaklar atrofiyasi, yurak va me’da-ichak hamda jigar kasalligida beriladi. Tiamin tanada hosil bo‘lmaydi va bezarar hisoblanadi, lekin ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kabi nojo‘ya alomatlarda ifodalanuvchi allergik holatga sabab bo‘ladi. Tiamin katta dozalarda qon bosimini keskin tushirib, shok holatini hosil qilishi mumkin. Tiamin bromid preparati markaziy va periferik nerv tizimi jarohatlanganda yoki kasallanganida, miokardiodistrofiyada, homiladorlikda, og‘ir jismoniy mehnat bajarilganida va zaharli moddalar bilan zaharlanishda tavsiya etiladi.

Yüklə 34,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə