Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Jadid ma‘rifatparvarlari



Yüklə 41,5 Kb.
tarix17.12.2023
ölçüsü41,5 Kb.
#149808
Shiroq


Mamlakatimiz erki va ozodligi uchun kurashganlar: Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Jadid ma‘rifatparvarlari

Reja:




  1. Shiroq

  2. Spitamen

  3. Jaloliddin Manguberdi

  4. Jadid ma‘rifatparvarlari

Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro I bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat “Harbiy hiylalar“ („Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan.


Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan.
Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: „Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!“.
Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqga yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jonni fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.
Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar „Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha keltirib oʻtgan. Yozuvchi Mirkarim Osim „Shiroq“ hikoyasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida Shiroq jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli koʻcha mavjud.
Shiroq milliy qahramon sifatida Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblarda oʻziga munosib oʻrnini egallagan.

Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi 370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329–328- yillarda Sugʻdiyonada makedon bosqinchilariga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari. Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (qarang Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, S.ning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib S.ni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar" , Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona" , M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.


Uning onasi - sug'd, otasi sak qabilasi rahbarlaridan edi. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon, jasur yigit bo'lib o'sgan. Hayoti Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab axamoniylar davlati podshosi Doro III ning, so'ngra uning o'limidan so'ng Baqtriya satrapi (hokimi) Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo'lgan. Bess o'limidan so'ng yunon-makedon istilochilariga qarshi uch yil mardonavor kurashgan.
Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) boʻyidagi qal’alarni egallash bilan mashgʻul boʻlib Makedonlarga qarshi kurash turganda, baqtriyaliklar va sugʻdiylar Spitamen boshchiligida Sugʻdiyonada qoʻzgʻolon koʻtarib, Maroqandani
qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qoʻzgʻolonchilar makedon qoʻshinlari ustidan ketma-ket ajoyib gʻalabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qoʻshinining ruhini tushirib yubormoqda edi. Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qoʻshini yetib kelgan boʻlib, Spitamenga qoʻshilishga tayyor edi. Aleksandr qoʻshini bilan saklarga zarba berish uchun oʻq yomgʻiri ostida daryodan oʻtadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan soʻng choʻl ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qoʻshini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u koʻlmak suvdan ichib, ichburugʻ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur boʻlgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo boʻladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yoʻliga pistirma qoʻyib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq oʻldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qoʻshin yuborgan. Lekin Spitamen vaziyatga toʻgʻri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini boʻshatib, massagetlar bilan qoʻshilish uchun chekinadi. Spitamen oʻziga qoʻshilgan 600 massaget otliqlari bilan choʻlga yaqin sayxonlikda oʻrnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, oʻzi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga oʻq yomgʻiri yogʻdiradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek boʻlsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qoʻshinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan koʻpi oʻlgan, yarador boʻlgan. Makedon qoʻshini koʻp talafot bergach, toʻrtburchak boʻlib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi oʻrtasida joylashgan oroldagi toʻqayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qoʻymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshligʻidan beruxsat daryoni kechib oʻta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan oʻtganlarni oʻldirib, oʻtishga harakat qilayotganlarni esa kamondan oʻqqa tutadilar. Ayni paytda
Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi boʻlgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar.
Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qoʻygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari oʻldiriladi, bor-yoʻgʻi 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari ketma-ket jangga kirishmay, raqibni astasekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik magʻlubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi oʻzi otlanadi, Spitamen atayin choʻlga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga oʻt qoʻyib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi. Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning koʻchmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor boʻlgach, ularga qarshi qoʻshin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan toʻsatdan Baqtriyada paydo boʻlib, Aleksandr qoʻshiniga hujum qilgan. Biroq jangda magʻlub boʻlgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan choʻlga yashirinadi. Aleksandrning oʻch olishidan qoʻrqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qoʻzgʻolon rahbari halok boʻlishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.

Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198— 1231) – Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Muhammad Xorazmshohning toʻngʻich oʻgʻli, kelib chiqishi turkmanlarning Begdili urugʻiga borib taqaladi [1][2] . Jaloliddin 33 yil umr koʻrgan boʻlib, shundan 11 yili turli janglar ichida oʻtgan. Toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad. Onasi – Oychechak boʻlgan. Jaloliddining burnida xoli (mank) boʻlgani uchun ham Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib „Manguberdi“ nomi bilan mashhur boʻlib ketgan.


Jaloliddin Anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazmshoh Alovuddin Muhammad va uning rafiqasi Oychechakning toʻngʻich oʻgʻli edi. Xorazmshohning zamondoshi, tarixchi an-Nasaviyning yozishicha, u oʻzini turkman deb hisoblagan, xususan: „Men turkman, arab tilidan bexabarman“ , degan [3] . Sulton Jaloliddinning shaxsiy kotibi Shihob addin Muhammad ibn Ahmad anNasaviy uni shunday taʼriflaydi: „U qora tanli, boʻyi past, nutqi va ifodasi turkiy edi, lekin forscha ham gapirardi. Uning Biografiya jasoratiga kelsak, men aytib oʻtgan janglar bu haqda gapirishga kifoya qiladi. U sherlar orasida sher, jasur otliqlari orasida eng jasur edi. Yumshoq edi, jahli chiqmasdi, soʻkmasdi“ [4] . Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215), biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatʼiy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qarang Irgʻiz daryosi boʻyidagi jang).
Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashura orolidan panoh topgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga Gurganj Moʻgʻullarga qarshi kurashi mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoʻl olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etadi. Bir oydan soʻng Gʻazna tomon yoʻl oladi. Yoʻlda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshilgan. Qandahorni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. Jaloliddin Gʻaznaga 1221- yilda kirib kelgan. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, Balx voliysi Aʼzam Malik, afgʻonlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar yetakchisi Hasan Qarluq kelib qoʻshilgan. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonadi, biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Bu tark etishni sababi turlicha boʻlgan. Masalan, Turkmanlar yoʻlboshchisi boʻlgan Sayfuddin Agʻroq bilan bir arabiy ot ustida talashib qolishadi. (Oʻljalar orasida eng noyob ulush ot hisoblagan. Otlar zotiga va chiroyiga qarab bir necha ming tilloga baholangan.) Tortishuv paytida qizishib ketgan Amin Malik Sayfuddin Igʻroqni boshiga qamchi bilan uradi. Jaloliddin esa Amin Malikni bu ishi uchun jazolamaydi (Amin Malik
Jaloliddinning qaynotasi edi, balki Amin Malikni jazolamaganiga sabab shu ham ham boʻlishi ehtimol.) Bu nomusga chiday olmagan va qattiq ranjigan Aʼzam Malik Muzaffar Malikni olib, Jaloliddin qoʻshinni tark etadi. Buning natijasida xoramzshoh qoʻshini yarmiga qisqaradi. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Amin Malik oʻz lashkari bilan qolgan, xolos.
Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini Jaloliddin Manguberdini daryodan oʻtishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan 18-20 metrlik jarlikdan Sind daryosiga sakrab, uning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: „Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!“ , degan.
O‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida „Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida“ qaror qabul qildi (1998-yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni taʼsis etilgan (2000- yil 30-avgust). Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan.
Jaloliddin koʻp yillar davomida Chingizxon qoʻshinlariga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi, ammo moʻgʻullarga birlashgan qarshilik frontini tashkil eta olmay, Kurdiston togʻlarida halok boʻldi. Alamut hukmdori orqali moʻgʻullar Jaloliddin yaqinda boʻlgan magʻlubiyatdan zaiflashganini bilib oldilar. Oʻsha yili Choʻrmagʻon boshchiligidagi oʻttiz minglik moʻgʻul qoʻshini Jaloliddinni osonlikcha yengib, Shimoliy Eronni egalladi. Xorazmshoh Ganjaga chekindi. Moʻgʻullar ergashib Arranni egallab olishdi. Jalol ad-Din Mayafarikin togʻlarida panoh topdi va shu yilning Vafoti avgust oyida u saljuqiylar tomonidan yollangan nomaʼlum bosqinchi tomonidan oʻldirilgan.
Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: جديد jadīd — yangi) — XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakatdir. [1] Jadidchilik dastlab, XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqaldi.
Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritgan. Bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishgan. Keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishgan. [2] Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal, millatchilik harakati“ deb taʼrif berilgan. [3] Bu davrda asosan tanqid qilingan jadidchilik namoyandalari nomi SSR parchalanib ketganidan keyin qayta tiklandi.
Jadidchilik dastlab XIX asrning 80- yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar oʻrtasida vujudga keldi. Kelib chiqishi Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895-1905; 1906-1916; 1917-1920; 1921—1929- yillarni oʻz ichiga oladi. Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy eʼtiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon) xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si (1898)da yaxshi bayon qilgan. Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari – hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish – siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.
Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, Gʻoya va maqsadlari keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.
Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxoʻja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Turkiston mintaqasidagi asoschilari Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (Ubaydulla Xoʻjayev), Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Choʻlpon, Isʼhoqxon Ibrat, Muhammadsharif Soʻfizoda (Fargʻona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (Oʻsh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.
Turkiston mintaqasidagi jadidchilik harakati, tarqalish joyi va yoʻnalishiga koʻra, uchga boʻlinadi: Turkiston, Buxoro va Xiva jadidchiligi.
Turkiston jadidlari bilan Buxoro va Xiva jadidlari oʻrtasida bir muncha tafovut bor. Turkiston oʻlkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qildi. Ular Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi kurashning oldingi saflarida turib, chorizmning xomashyo manbaiga Turkiston mintaqasidagi yoʻnalishlari aylantirilgan Turkistonning dastlab muxtor, soʻng mustaqil davlat boʻlishini yoqlab chiqdilar.
Buxorodagi jadidchilik Turkistondagiga nisbatan ogʻir ijtimoiy-siyosiy sharoitda yuzaga keldi. Uning tarkibi asosan Buxorodagi shahar aholisining taraqqiyparvar qismi: ziyolilar, mullalar, mayda doʻkondorlar va maʼmurlar, hunarmandlar, savdogarlardan iborat edi. Jadidlarning dehqonlar va askarlar oʻrtasida nufuzi avvaliga past boʻlgan. Jadidlar iqtisod va boshqaruv sohasida bir qator talablar, chunonchi, soliqlarni kamaytirish talabi bilan chiqishdi. Ular dastlab Buxorodagi amirlik tuzumi doirasida islohotlar joriy qilmoqchi boʻlishdi. Buxoroda vobkentlik dehqon Joʻraboy ilk yangi usul maktabini ochgan edi. Buxorodagi jadidchilik harakatiga ayrim johil mullalar, har qanday yangilik va islohotlarning dushmani boʻlgan qadimchilar oqimi qarshi chiqdi. 20-asr boshlarida Buxoro jamiyati 2 guruhga: Ikrom domla rahbarligidagi taraqqiyparvarlar va Mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimchilarga boʻlingan edi. 1908-yil „Buxoroi sharif shirkati“ tuzilib, darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shugʻullandi. Ahmadjon Hamdiy (Abusaidov), Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev (Usmon Xoʻja), Homidxoʻja Mehriy, Abdulvohid Burhonov, Abdulqodir Muhiddinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saʼdiy shirkatning tashkilotchilari edi. 1909-yil dekabrda jadidlar Buxoroda „Tarbiyai atfol“ („Bolalar tarbiyasi“) maxfiy jamiyatini tuzishdi (asoschilari: Abdulvohid Burhonov, Homidxoʻja Mehriy, Ahmadjon Hamdiy, Mukammil Burhonov, Hoji Rafe). Bu jamiyat turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi „Buxoro taʼmimi maorif jamiyati“ boʻlimiga oʻqishga joʻnatdi. Xorijdagi taʼlim yoshlar dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. Jadidchilik Buxoro va Turkistonda bir vaqtda boshlangan boʻlsa ham, amirlikdagi ogʻir muhit uning taraqqiyotini tezlashtirdi. 1910-yildan boshlab Buxoroda jadidchilik harakati tashkiliy tus oldi va „Tarbiyai atfol“ maxfiy jamiyati asosida partiya tashkil topdi.
20-asr boshlarida Xivada shakllangan jadidchilik bir qadar boshqacharoq tarixiy shart-sharoitda vujudga keldi. U bu yerda asosan ikkita oqimdan iborat edi. Uning oʻng oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo-sanoat korxonalari egalari hamda yirik boylarning vakillarini oʻziga birlashtirgan edi. Bu oqimga Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxoʻja boshchilik qilgan. Jadidchilikning oʻng oqimi oʻz oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda ijtimoiyiqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali erkin bozor munosabatlarining rivojlanishiga keng yoʻl ochib berishni maqsad qilib qoʻygan edi. Xivada jadidchilikning soʻl oqimi esa mayda sarmoyadorlar, hunarmandlar va xalqning turli tabaqa vakillarini birlashtirgan boʻlib, qozikalon Bobooxun Salimov uning rahbari edi. Ular Xiva xonligida yangi usul maktablari tashkil qilish orqali xalq ommasining siyosiy faolligini oʻstirish maqsadini qoʻyishgan edi. 1904-yil „jamiyati xayriya“ tuzilib, uning koʻmagi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi (1904-yil 10-noyabrda). Xiva jadidlari maʼrifiy ishlar bilan kifoyalanib qolmasdan, xon tuzumiga qarshi kurash ham olib bordilar. Birinchi jahon urushigacha Xiva jadidlarining yagona markazi va dasturiy hujjatlari boʻlmagan. Biroq jadidchilik harakati Xiva xonligida katta ijtimoiy-siyosiy kuchga aylanib, 1914-yil avgustda u partiya shaklini olgan.
1904—1905-yillardagi rus-yapon urushi, 1905—1907-yillarda boʻlgan 1-rus inqilobi, 1905—1911-yillardagi Eron inqilobi, 1908- yil Turkiyada boʻlgan Yosh turklar inqilobi jadidlar dunyoqarashiga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Jadidlar oʻz gazeta va jurnallari, yangi usul maktablari, turli kutubxona va qiroatxonalar, havaskor teatr truppalari tevaragida toʻplanishar edi. Ularning koʻpchiligi shu davrning koʻzga koʻringan ijodkorlari shoir-u yozuvchilar edi. Ular oʻz asarlari bilan tarixan yangi milliy adabiyot yaratdilar. Adabiyot davr voqealariga hamohang bordi. 1910-yillardayoq maʼrifat va ozodlik gʻoyalari uning Adabiyoti va sanʼati markaziy mavzuyiga aylandi. Adabiyotga „millat“ va „vatan“ tushunchalari kirib keldi. Milliy sheʼrlarga ragʻbat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik maydonga keldi, publitsistika (Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Mirmuhsin) rivojlandi, realistik proza shakllandi. Shuning uchun ham bu davr adabiyoti Oʻzbekiston mustaqilligidan keyin milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti deb davrlashtirildi. Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi. Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi. Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga — adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar. Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.
Jadidchilik harakati davomida ularning oʻz matbuoti shakllandi. Jadidlar Toshkentda 1905—1906-yillarda „Taraqqiy“ (muharriri — Ismoil Obiliy), „Xurshid“ (muharriri — Munavvarqori), 1907—1908-yillarda „Shuhrat“ (muharriri — Abdulla Avloniy), „Osiyo“ (muharriri — Matbuoti Ahmadjon Bektemirov), „Tujjor“ (muharriri — Saidkarimboy Saidazimboy oʻgʻli), Buxoroda 1912-yilda „Buxoroyi sharif“ (muharriri — Mirzo Jalol Yusufzoda), „Turon“ (muharriri — Gʻiyos maxsum Husayniy), Samarqandda 1913-yilda „Samarqand“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda „Sadoyi Turkiston“ (muharriri — Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev), Qoʻqonda „Sadoyi Fargʻona“ (muharriri — Obidjon Mahmudov) gazetalari va Samarqandda 1913—1915-yillarda „Oyina“ (muharriri — Mahmudxoʻja Behbudiy), Toshkentda 1915-yil „Al-isloh“ (muharriri — Abdurahmon Sodiq oʻgʻli) jurnallarini nashr qilishdi. Shuningdek, 1917—1918- yillarda Toshkentda „Najot“ (muharriri — Munavvarqori), „Kengash“ (muharrirlari — Ahmad Zakiy Validiy va Munavvarqori), „Turon“ (muharrirlari — M. Afandizoda, Abdulla Avloniy), „Ulugʻ Turkiston“ (muharriri — Kabir Bakirov), „Shuroy Islom“ (muharriri — Abdulla Battol), „Turk soʻzi“ (muharriri — Temirbek Xudoyorxonov), „Turk eli“ (tahririyati), Samarqandda „Hurriyat“ (muharrirlari — Mardonqul Shohmuhammadzoda, Akobir Shomansurov, Fitrat), Qoʻqonda „Tirik soʻz“ (muharriri — Obidjon Mahmudov), „El bayrogʻi“ (muharriri — Boʻlat Soliyev) gazetalari va „Kengash“ (muharriri — Hamza), „Yurt“ (muharriri — Ashurali Zohiriy) jurnallari chop qilindi. Matbuot millat dilidagi gaplarni oʻz sahifalariga koʻchirish bilan kifoyalanmay, qanday ishlarni birinchi navbatda amalga oshirish masalasini oʻrtaga qoʻydi. 1909- yilda Toshkent yosh ziyolilari tomonidan „Jamiyati xayriya“ tashkil etildi. Mahalliy yoshlardan davlat mahkamalarida, sanoat, tijorat sohasida ishlaydigan mutaxassislar tayyorlash, kambagʻal musulmonlarga madaniy-maʼnaviy yordam koʻrsatish masalasi qoʻyildi. Bu millatning boshqa xalqlar ichiga singib ketmasligi yoʻlida koʻrilgan tadbirlar edi. Bu davrda jadidlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida koʻrindilar. Xalq ularda oʻz himoyachilarini his etdi. Sirdaryo viloyatidan Peterburgda oʻtadigan Davlat dumasiga aʼzolikka saylangan Abduvohidqori Abduraufqoriyevga Toshkent, Chimkent va boshqa joylarning aholisidan 12 moddadan iborat talabnomani Davlat dumasiga topshirish yuklandi. Bu hujjatda koʻpgina ijtimoiy talablar koʻrsatilgan edi. Abduvohidqori 1907-yil 20-fevral-3-iyunda Peterburgda Sadri Maqsudiy, Muso Jorilloh, Alimardon Toʻpchiboshev kabi musulmon ziyolilari bilan tanishib, musulmon fraksiyasining raisi Biglovga Turkiston xalqi dardini yetkazdi. Biroq Abduvohidqori, oradan koʻp oʻtmay, qamoqqa olindi va Tulaga surgun qilindi. Shu tarzda, jadidchilik harakati 1906— 1916-yillarda oʻzining asosiy yoʻlini belgilab oldi. Jadidlarning nashrlari xalqni yangi davr boshlangani bilan tanishtirar ekan, oʻzligini anglab, uyushishga chakirdi. Oʻlka moddiy va maʼnaviy boyliklari talanayotganini oshkor qildi. Choʻlpon sheʼr va maqolalarida mustamlakachilarning asl qiyofalarini ochib tashladi. Mashhur advokat Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev oliy oʻquv yurtini tashkil etish, soliqlarni tartibga solish, bolalar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berish masalasini bayon qildi. Lev Tolstoy bilan fikrlashish chogʻida mashhur yozuvchini yon berishga majbur etgan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev chor hukumati maʼmurlarining poraxoʻrligi va zolimligini fosh etib, ayrimlarini davlat ishidan chetlatishga erishdi. Musulmon aholisiga amaliy tarzda yordam berib, mavjud hokimiyat qonun-qoidalarini tushuntira bordi. Jadid matbuoti oʻz vakillarining fikrlarini eʼlon qilar ekan, xalqni „har vaqt gʻaflat uyqusidan uygʻotuvchi millat ongining ochqichi“ ekanligini namoyon etish bilan birga Turkiston xalqini hur fikrlashga va katta siyosiy kurashga hozirlay oldi. Bu davrda „Erk“ , „Turon“ , „Oʻqituvchilar jamiyati“ kabi uyushmalar paydo boʻldi. Munavvarqori aytganidek, „Ularning butun umidi Rossiyadagi inqilob jarayonida mahalliy aholini milliy, diniy cheklash va jabrlashdan ozod qilish, ularning haququqlarini ovrupoliklar bilan tenglashtirish, xilma-xil maktab va matbuot ishlari hamda turli-tuman jamiyatlar tashkil etishga keng imkoniyat yaratib berishga qaratilgan edi“. Jadidlar bu davrda „Ozodlik, tenglik va adolat“ shiori ostida ishladilar. Ularning 1916-yil mardikorlikka olish voqeasiga munosabati gʻoyatda eʼtiborga molikdir. Mardikorlikka olish — Birinchi jahon urushi ketayotgan joylardagi ishlarga turkistonliklarni jalb qilish oq podshoning 1916-yil 25-iyun farmoniga muvofiq amalga oshirildi. Bu kutilmagan tadbir, birinchidan, 1865-yil shartnomasiga zid edi. Ikkinchidan, general Aleksey Kuropatkinning xulosasiga qaraganda, „Aholi va maʼmuriyat turar joydan tashqaridagi ishlarga mutlaqo tayyorlanmagan va bunday shoshilinch amalga oshirilgan tadbir ogʻir tartibsizliklarni keltirib chiqargan“. Aholi uchun ana shunday musibatli paytda jadidlarning koʻzga koʻringan namoyandalaridan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev („Turkiston mardikorlikka olish qoʻmitasi“ raisi) va millatparvar boy Mirkomilboy Mirmoʻminboyev Rossiya jamoatchiligining eʼtiborini bu masalaga jalb etish, farmonni bekor qildirish uchun Peterburgga yoʻl oldilar. Davlat dumasining 1916-yil 13- va 15-dekabr kunlari oʻtgan majlisida Nikolay IIning 25- iyundagi farmoni Rossiya imperiyasining qonunchiligida koʻrsatilgan hollarga zid ravishda qabul qilingani tan olindi. Farmon Dumada muhokama qilingunga qadar iyun—avgust oylarida jadidlar harakati orqali bir necha eshelon toʻxtatib qolindi. Jadidlarning mardikorlarni qaytarishga urinishlari 1917-yil feval inqilobi boshlanishi bilan toʻla amalga oshdi. Bu hodisa el orasida ularning obroʻsini koʻtardi. Mazkur holat jadidlar maʼrifatparvarlikdan siyosiy kurashga allaqachon oʻtganliklarini bildirar edi.
1917-yil jadidchilik harakati oʻzining yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Fevral inqilobidan soʻng oʻzbek, tatar va qozoqlar birlashishga ahd qiladilar va „Turon“ uyushmasi zaminida „Shuroi Islomiya“ jamiyati tuzildi (asoschilari Munavvarqori, Abduvohidqori Abduraufqoriyev, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev). 1917-yil 14-martda ish boshlagan bu jamiyat qishloq va shaharlarga targʻibotchilar yuborib, ozodlik, tenglik haqida tushuntirish olib borish, saylov toʻgʻrisida maʼlumot berish bilan shugʻullandi. Uning dasturini Munavvarqori yozgan edi. Jadidlar Panturkizm joylarda „Shuroi Islomiya“ tizimi yaratilishining tashabbuskori boʻldilar. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish harakati Turkiston mustaqilligi uchun kurashga aylandi. Turkiy xalqlarni birlashtirish gʻoyasi kun tartibidan mustahkam oʻrin oldi. Oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, boshqird, tatar, turkman kabi negizi bitta xalqlarni birlashtirish va shu asosda federativ yoki muxtoriyatli davlat qurish masalasi boʻy koʻrsata bordi. Ammo, Munavvarqori soʻzi bilan aytganda, koʻpgina kishilar jumhuriyat bilan muxtoriyat oʻrtasidagi farqni tushunmagan edi. Xususan, Turkiston namoyandalari chin maʼnodagi respublikani barpo etish va uning davlat tarkibini tashkil etishga toʻliq tayyor boʻlishmagan. Qozoq va boshqird namoyandalari — Mustafo Choʻqay, Zakiy Validiy va boshqalar Peterburg ularga hech qachon mustaqillik ham, muxtoriyat ham bermasligini sezgach, Turkistonga kelib, mahalliy jadidlar bilan birga ish boshladilar. Toshkentda „Shoʻroi Islomiya“ , „Turon“ , „Shoʻroi Ulamo“ , „Ittifoqi muslimin“ , Qoʻqonda „Gʻayrat“ , Buxoroda Yosh buxoroliklar, Xivada Yosh xivaliklardan tashqari, Samarqandda „Ittifoq“ , „Mirvaj ul-islom“ , „Miftah ul-maorif“ kabi tashkilotlar faoliyat koʻrsata boshladi. Bularning ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishini belgilashda Munavvarqori, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Mahmudxoʻja Behbudiy, Majid Qori Qodiriy, Ashurali Zohiriy, Zakiy Validiy, Mustafo Choʻqay, Fitrat, Fayzulla Xoʻjayev, Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sherali Lapin, Mirkomilboy Mirmoʻminboyev, Obidjon Mahmudov, Polvonniyoz hoji Yusupov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar faollik koʻrsatdilar. „Shoʻroi Islomiya“ning tashabbusi bilan 1917-yil 16-22-aprel kunlari Butun Turkiston musulmonlarining 1-qurultoyi chaqirildi. Qurultoy ishtirokchilari bir qancha masalalar qatorida Turkiston oʻlkasining davlat maqomi masalasini ham muhokama qildilar. 1-qurultoyda Turkiston oʻlka musulmonlari Shoʻrosi (Kraymussovet) — Milliy markazni tashkil etishga qaror qilindi. Milliy markazga rais boʻlib Mustafo Choʻqay, unga oʻrinbosarlar qilib Validiy va Asadullaxoʻjayev saylanadi. Bu esa tashkilotlarni birlashtirish bilan birga milliy ozodlik harakatini izga solib, tashkiliy jihatdan markazlashtirar edi. Milliy markazning 1917-yil 12-iyunda boʻlib oʻtgan yigʻilishida barcha jamiyat va uyushmalarning Markaziy musulmon deputatlari Shoʻrosiga boʻysunishi haqida Nizom qabul qilinadi. Markazning maqsadi xalqning eng quyi qatlamlari — mardikor va dehqonlarga toʻliq huquq berish va Turkiston musulmonlarini madaniy, ilmiy, iqtisodiy va gʻoyaviy tarbiyalash edi. 1917-yil aprel-iyun oylari orasida jadidlar koʻpgina siyosiy masalalarni va ularga oʻz munosabatlarini belgilab oldilar. Pirovardida hududiy muxtoriyat uchun siyosiy vaziyat pishib yetilganini anglab yetdilar. 1917-yil 1-11-mayda Moskvada boʻlgan Butun Rossiya musulmonlarining 1- qurultoyi bergan turtki natijasida muxtoriyat masalasi yanada jiddiylashdi. 1917-yil 12-14-iyulda Fargʻonada boʻlib oʻtgan musulmon tashkilotlarining qurultoyida dasturiy masalalar koʻrib chiqildi. Unda „Turk Adami Markaziyat (Federalistlar)“ firqasining dasturi (maromnomasi) va 22 moddadan iborat nizomi qabul qilindi. 1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston musulmonlarining qurultoyida „Shuroy Islomiya“ va „Shoʻroi Ulamo“ , „Turon“ va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yoʻli bilan „Ittifoqi muslimin“ siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi. Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4- qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat, Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar bitishdi.
1918-yil fevralda Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan qonga botirilgach, jadidchilik harakati kuchli oʻzgarishga uchradi. Sovet rejimi bilan murosa qilishni xohlamagan Turkiston jadidlarining katta qismi istiqlolchilik harakati saflarida va yashirin milliy tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, ayrimlari sovet hukumati idoralarida ish boshlashga majbur boʻldilar. Buxoro amirligi va Xiva xonligida ahvol sal boshqacharoq kechdi. 1920-yilda qizil Sovet hukumati oʻrnatilgandan keyingi ahvoli armiya har ikki davlat hududiga bostirib kirdi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilib, jadidlar hokimiyat tepasiga kelishdi. Demak, 1920-yildan jadidchilik harakati oʻz taraqqiyotining yangi bosqichiga, yaʼni sovetlar bilan murosa yoʻliga qadam qoʻydi. 1920-yil 1-7-sentabrda Bokuda Sharq xalqdari qurultoyi chaqirildi. Qurultoyda qabul qilingan qarorlar Turkiston xalqlarining keyingi taqdirida muayyan rol oʻynadi. Unda Munavvarqori, Turor Risqulov, Choʻlpon, Salimxon Tillaxonov, Rajab Muhamedov, Qudratilla Yunusov, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov, Obidjon Mahmudov, Toʻraqul Jonuzoqov, Zayniddin qori Nasriddinov, Hoji Safo Joʻraboyev, Gʻozi Yunus kabi turkistonlik millat fidoyilaridan jami 90 kishi ishtirok etdi. Qurultoy ishida Turkiyadan kelgan va shaxsan Leninning oʻzi yuborgan Anvar posho ham qatnashdi. Biroq, mazkur qurultoy bolsheviklarning Angliyaga qarshi qaratilgan doʻq-poʻpisasi ekanligi majlislarda ayon boʻldi. Shu bois turkistonlik 40 nafar delegat qurultoy tugagach, oʻzaro kengash oʻtkazib, unda „Turkistondagi sovet hokimiyatiga qarshi tashviqot ishlari“ni avj oldirishga va „Oktabr inqilobining uch yilligi kunida umumxalq qoʻzgʻoloni koʻtarish“ga axd qildilar. Biroq, ularning bu rejasi toʻliq amalga oshmadi. Turkiston jadidlari faoliyati butun oʻlkani qamraydigan, inglizlarning skauting maktab dasturiga yaqin dastur asosida ishlaydigan „Turon kuchi“ , „Turk kuchi“ , „Temur“ , „Izchilar“ , „Lochin“ kabi guruhlarni tuzdilar. Bu guruxlar oʻrta maktab taʼlimi, hunar, sanʼatdan tashqari, harbiy mashqlar bilan shugʻullanib, shoʻrolarga asosiy zarba beruvchi kuch sifatida koʻrina boshladi. 1920-yil sovet rejimi bu guruxlar faoliyatini tugatdi. Fargʻona va Toshkentdagi voqealar yakuni jadidlarning umidlarini soʻndira olmadi. Ular Buxoro respublikasi rahbarlari bilan birgalikda ish boshladilar. Buxoroda jadid taraqqiyparvarlar firqasi tuzildi. Bu firqa dasturiga koʻra, davlatni jumhuriyat raisi (prezident) va parlament boshqarishi koʻzda tutilgan edi. 1921-yil 2-5-avgustda Buxoroda Validiy boshchiligida Turkiston milliy birligi tashkiloti tuzildi. U istiqlolchilik harakatini jipslashtirishda muhim rol oʻynaydi. Turkiston milliy birligi tashkiloti bilan Munavvarqori rahbarligidagi „Milliy ittihod“ (1919-yil tuzilgan) tashkiloti oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatdi. Har ikki tashkilotning asosiy maqsadi Buxoro respublikasi, umuman, Turkiston mintaqasini sovetlashtirish va ruslashtirish taʼsiridan saqlab qolish, Turkistonning mustaqilligiga erishish boʻlgan. 1925-yil „Milliy ittihod“ tashkiloti asosida „Milliy istiqlol“ tashkiloti tuziladi.
Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“ , „Inogʻomovchilik“ , „Qosimovchilik“ , „Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining qamoqqa olinishi Soʻnggi yillari (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli zarba berildi. Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik jarayonning namoyandalari edi. Turkistonda sovet xo kimiyati zoʻravonlik yoʻli bilan oʻrnatilgach, jadidlarning bir qismi faol siyosiy xayotdan chetlashib, faqat badiiy ijod bilan shugʻullandi (Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy va boshqalar). Ayrim jadidlar sovet idoralari madaniy-maʼrifiy shohobchalarida mehnat qilishdi (Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev, Munavvarqori, Hamza, Saʼdullaxoʻja Tursunxoʻjayev, Toshpoʻlatbek Norboʻtabekov va boshqalar). Baʼzi jadidlar „mahalliy kommunistlar“ sifatida yuqori davlat va hukumat lavozimlarida ishlashni davom ettirdi (Fayzulla Xoʻjayev, Abdulqodir Muhiddinov, Nizomiddin Xoʻjayev va boshqalar). Ayrim jadidlar boʻlsa, Turkistondagi istiqlolchilik harakati saflariga borib qoʻshildi va xorijga muhojirlikka joʻnab ketdi (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev, Sadriddinxon Sharifxoʻjayev, Abdulhamid Oripov va boshqalar). Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30-yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida halok boʻldi. Jadidchilik harakatiga sovet davrida „millatchilik“ , panturkizm, panislamizm tamgʻalari bosilib, qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.
Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Oʻzbekiston mustaqilligidan keyingi talqin Xoʻjayev, Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999) albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi. 1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda „Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar, yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“ mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar yuzasidan oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.

Adabiyotlar:





  1. Ayniy S., Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926;

  2. Risqulov Toshkent, Revolyusiya i korennoye naseleniye, Toshkent, 1926;

  3. Ziyo Sayd, Oʻzbek vaqtli matbuotiga oid materiallar (1870—1927), Toshkent, 1927;

  4. Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000. Qahramon Rajabov

  5. Oʻzbekiston xalq^ari tarixi, 1j., T., 1950;

  6. Shaxermayr F., Aleksandr Makedonskiy, M., 1986;

  7. Gafurov B., Sibukidis D.I., Aleksandr Makedonskiy i Vostok, M., 1980.

  8. Shaxobiddin Muhammad al-Nasaviy, Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti, T., 1999;

  9. Jaloliddin Manguberdi (oʻzbek, ingliz, rus tilida), T., 1999;

  10. Jaloliddin Manguberdi, Vatan, yurt himoyachisi, T., 1999;

Yüklə 41,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə