Заголовок Lorem Ipsum



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə1/6
tarix11.12.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#148073
  1   2   3   4   5   6
topshiriq

BUJET XISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR

Bajardi: MMT-93-2 GURUH TALABASI PARDAYEV BEKZOD

Mavzu: Turli xil faoliyat bilan shug'ullanuvchi xo'jalik yurituvch subyektlarning moliyaviy resurslari tahlili

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ulardagi resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xomashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushunchalarini farqlamoq lozim. «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallanilgan vositalar va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi. Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va resurslarning yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, halqaro amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra bankrotga uchragan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘linishi mumkin. Shu munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mablag‘iga aylanadi


Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə